2- mavzu: Zamonaviy kompyuterlar va ularning arxitekturasi


Strimer. Ma’lumotlarni kasetali tasma koʻrinishidagi xotira qurilmasiga yozish va undan oʻqish uchun ishlatiladigan moslama. Proyektor


Download 35.5 Kb.
bet9/10
Sana07.01.2023
Hajmi35.5 Kb.
#1081849
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Strimer. Ma’lumotlarni kasetali tasma koʻrinishidagi xotira qurilmasiga yozish va undan oʻqish uchun ishlatiladigan moslama.
Proyektor. Kompyuterdagi ma’lumotlarni proyektsion ekranda kattalashtirib koʻrsatish uchun xizmat qiladi.
qattiq disklar. qattiq disklar ma’lumotlarni uzoq vaqt saqlashga moʻljallangan disklardir. Ular ikki tarafi magnit qobigʻi bilan qoplangan 1 tadan 5 tagacha aylana metal plastinalardan iborat boʻlib, umumiy oʻqda katta tezlikda toʻxtovsiz aylanib turadi. Bunday disklarni mexanik buzilishini oldini olish maqsadida maxsus metal korpus bilan himoyalab qoʻyiladi. Ularning hajmi hozirda 300 Gbgachani tashkil qiladi.
Lazerli (kompakt) disk. Keyingi paytda bu qurilma juda muhim rol oʻynamoqda. Uning asosiy sababi unga 650 - 700 Mbayt hajmdagi ma’lumotni sigʻishi boʻlsa, ikkinchi tomondan uni ishlatishda qulayligi bilan alohida e’tiborga loyiq. Uning CD ROM, CD-R va CD-RW koʻrinishdagilari mavjud boʻlib, birinchisiga zavodda maxsus usul bilan yoziladi va faqat oʻqish uchun moʻljallangan, ikkinchisi ma’lumotlarni faqat bir marta yozishga moʻljallangan va oxirgisi ma’lumotlarni koʻp marta yozish uchun keng qoʻllanilmoqda. Bunday disklarning ikki tarafiga ham yoziladiganlari hozirgi kunda keng qoʻllanilyapti.
DVD disklar. Bu nomdagi disklar raqamli koʻpmaqsadli audio-video ma’lumotlarni saqlashga moʻljallangan boʻlib, ularning ma’lumot sigʻimi 4.7 Gbdir. Ularning ham faqat bir marta va koʻp marta yoziladigan koʻrinishlari mavjud. Bunday disklarning ham ikki tarafiga yoziladiganlari bor.
Flesh-xotira. Bunday xotira qurilmasi mikrosxemelardan iborat boʻlib kompyuterning USB portiga ulanadi. Unlarning 2, 4, 8, 16, 32 Gb va undan katta hajmlilari ham mavjud. Ularga ma’lumotlarni katta tezlikda yozib olish va saqlash imkoni bor.
Disk yurituvchilar (Diskovodi). Bu qurilmalarning ayrimlari tashqi xotiralarga ma’lumotlarni yozish va oʻqish, ayrimlari esa faqat ulardan ma’lumotlarni oʻqish uchun xizmat qiladi.
Egiluvchan 3.5 dyumli disklarga ma’lumotlarni ham yozish ham oʻqish uchun xizmat qiladigan disk yurituvchilar nisbatan arzon narxda boʻlgani uchun, ularni barcha shaxsiy kompyuterlarga oʻrnatilgan boʻladi.
qattiq disklar kompyuterni ishlashi uchun kerak boʻladigan xizmatchi dasturlarni va foydalanuvchining ma’lumotlarini uzoq muddat saqlashga moʻljallangan. Ularning hajmi juda katta boʻlgani uchun undagi ma’lumotlarni qidirib topish yoki ma’lumotlarni saqlash uchun boʻsh joy tanlash birmuncha vaqt talab qiladi. Shuning uchun bunday diskning har bir qavtida shu diskni har ikkala tarafini oʻqiydigan golovkalar oʻrnatilgan. Diskni esa odatda mantiqiy ravishda ikki yoki undan koʻp boʻlaklarga boʻlib har birini alohida disk deb e’lon qilishadi. Shuning hisobiga diskda ma’lumot bilan ishlashda katta tezlikka erishiladi.
Lazerli disklarga odatda zavodda yuqori aniqlikdagi lazer yordamida ma’lumotlar yoziladi va keyinchalik bu ma’lumotlarni faqat CD ROM qurilmasi yordamida oʻqiladi. Hozirgi kunda CD Writer va DVD RW qurilmalari ham bor boʻlib, ular yordamida lazer disklarga kompyuterning oʻzida ma’lumot yozish va oʻqish mumkin.

Download 35.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling