2- mavzu: Zamonaviy kompyuterlar va ularning arxitekturasi


Videoxotira. Videoxotira monitor ekraniga video ma’lumotlarni (videotasvirlarni) saqlab turish uchun ishlatiladi. Shina


Download 35.5 Kb.
bet4/10
Sana07.01.2023
Hajmi35.5 Kb.
#1081849
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Videoxotira. Videoxotira monitor ekraniga video ma’lumotlarni (videotasvirlarni) saqlab turish uchun ishlatiladi.
Shina. Kompyuterda har bir qurilmaning ishini boshqaruvchi elektron sxemalar mavjud boʻlib, ular adapterlar (moslovchilar) deb ataladi. Barcha adapterlar mikroprossesor va xotira orqali berilganlarni ayirboshlovchi magistral yoʻl deb ataluvchi shinalar orqali bogʻlangan boʻladi. Shunday qilib, oddiy soʻz bilan aytsak, shinalar turli qurilmalarni bogʻlovchi maxsus simlardir.
Tizim platasi kompyuterning asosiy platasi hisoblanib, unga BIOS, mikroprossesor, tezkor xotira, kesh xotira, shinalar joylashtirilgan boʻladi. Bundan tashqari, unda ba’zi bir qurilmalar, ishni boshqaruvchi elektron sxemalar, klaviatura, disk qurilmalari adapteri ham joylashgan boʻladi. Kompyuterda kiritish-chiqarish portlari kontrollerlari mavjud boʻlib, ular tizim blokining orqa qismida joylashgan slot deb ataluvchi joylar orqali printer, sichqoncha va boshqa qurilmalar ulanishi uchun xizmat qiladi. Kiritish-chiqarish portlari parallel va ketma-ket boʻladi va ular mos ravishda LPT1-LPT4 va COM1-COM3 deb belgilanadi. Odatda LPT portga printer va COM portga faks-modem, sichqoncha va boshqa qurilmalar ulanadi.
Monitor. Monitor (displey) kompyuterda matn va grafik ma’lumotlarni tasvirlash (koʻrish) uchun xizmat qiladi. Uning elektron-nurli (SRT – Cathode Ray Tube) va suyuq kristalli (jidkokristallicheskoe yoki LCD - Liquid Crystal Display) koʻrinishlari mavjud. Garchand tashqi koʻrinishidan u televizorga oʻxshab ketsada, ular bajaradigan ishlari bilan keskin farq qiladilar. Monitorlar rangli va rangsiz boʻladi. Kompyuter tarqatadigan nur umuman aytganda zararli, shuning uchun ham bahzi kompyuterlarda past radiatsiya (Lowe radiation) soʻzlarini uchratish mumkin. Lekin ularning inson organizmiga tahsiri tobora kamayib boradigan rusumlari yaratilmoqda. Buning misoli keyingi yillarda chiqarilgan 17-21 dyuymli SVGA (SUPER Video Grafic Adapter-katta video grafik adapter) monitorlarda nurlarning tahsirini ancha kamaytirilishiga erishilganligini keltirish mumkin. Monitor asosiy tavsiflaridan biri uning tasvirlash qobiliyatidir. Tasvirlash qobiliyati ekranning gorizontali va vertikalidagi nuqtalar soni bilan beriladi. Masalan 14 dyuymli (36.56 sm) monitorda tasvirlash qobiliyati 800x600, 15 dyuymli (38.1 sm) monitorda 1024x768, 17 dyuymli (43.2 sm) monitorda 1280x1024 va 21 dyuymli (53.54 sm) monitorda esa 1600x1200. Bundan tashqari, monitorning yana bir tavsifi tasvirlarni hosil qiluvchi piksellar (nuqtalar) oʻlchovining katta-kichikligidir. Tasvirlash qobiliyati 800x600 ga teng boʻlgan monitorlarda yaxshi tasvir piksel 0,31mm ga, 1024x768ga teng boʻlgan monitorlarda esa piksel 0,28 yoki 0,25ga teng boʻlishi kerak. Monitorning tez ishlashi uning adapteriga bogʻliq boʻladi. Matn holatida monitorlar nisbatan tez ishlasada, grafik holatda u sekinroq ishlaydi. Uning tezligini oshirish yoʻllari ham mavjud.
Hozirda monitorlarning suyuq kristalli (jidkokristallicheskoe yoki LCD) koʻrinishdagilari keng tarqalmoqda. Bunga sabab uning zararli nur tarqatib inson koʻziga salbiy tahsir koʻrsatmasligi hamda kam energiya sarfidir. Bundan tashqari bunday monitorlar satxi oʻta tekis boʻlib, unda tasvirlar buzilmasdan koʻrinadi.
Shuningdek hozirda plazmali monitorlar ham ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilmoqda. U ichi inert gazi bilan toʻldirilgan, satxi tekis shisha idish shaklida boʻlib ichki satxida esa minglab mayda elektrodlar joylashtiriladi. Har bir elektrod esa monitor ekranining bitta pikselini tashkil etadi. U ham inson uchun zararli boʻlgan nur tarqatmaydi. Suyuq kristalli monitorlardan farqi uning katta dioganalli koʻrinishlarini ham yaratish imkoniyati mavjud.

Download 35.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling