2- mavzu: Zamonaviy kompyuterlar va ularning arxitekturasi
Download 35.5 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat uchun savollar
- Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Drayverlar. Bu shunday dasturki, u mahlum qurilmalarni amaliyot tizimi bilan birga ishlashini tahminlaydi. Agar tizimga biror qurilma ulangan boʻlsa-yu unga mos drayver oʻrnatilmagan va sozlanmagan boʻlsa, u holda Windows bunday qurilmani tanimaydi. Masalan: klaviatura, monitor, disk, printer va boshqa qurilmalar drayverlari bor.
Mulitimedia qurilmalari. Tovushlar va videoelementlar (video) bilan ishlash mulitimedia vositalari deb ataladigan maxsus texnik va uskunaviy qurilmalar bilan amalga oshiriladi. Bunday texnik vositalar bilan jihozlangan kompyuter mulitimedia – kompyuter deb ataladi. Mulitimedia atamasining lugʻaviy ma’nosi multimuhitni anglatadi. Ammo multimedia tushunchasining aniq ta’rifi mavjud emas. Odatda multimedia deganda turli shakldagi ma’lumotlarni qayta ishlovchi vositalar majmuasi tushuniladi. Ayni vaqtda bu avvalo tovushlar, videoelementlarni qayta ishlovchi vositalardir. Shu bilan birga multiplikatsiya (animatsiya) va yuqori sifatli grafika hollarida ham multimedia haqida gapirish mumkin. Kelajakda multimedia vositalari ma’lumotning boshqa turlari, masalan, virtual voqelik bilan ishlash imkonini berishi ehtimoldan xoli emas. Raqamli foto va videokameralar kompyuterga tasvirli va tovushli ma’lumotlarni (fototasvir va videofilmlarni) kiritish uchun moʻljallangan. Mikrofon tovushli ma’lumotlarni kiritish uchun moʻljallangan. Kolonkalar va naushniklar tovushli ma’lumotlarni eshitish uchun moʻljallangan. Web kamera kompyuterga videotasvirli ma’lumotlarni kiritish uchun xizmat qiladi. Nazorat uchun savollar: 1. «Kompyuter» soʻzi qanday ma’nosini anglatadi? 2. Kompyuterning tuzilishiga koʻra qanday turlari bor? 3. EHM deganda nimani tushunasiz? 4. Kompyuterlar hajmiga koʻra nechta turga boʻlinadi? 5. Dastlabki EHMlar qanday imkoniyatlarga ega boʻlgan? 6. EHMni avlodlarga ajratishda qanday nuqtai nazarlar mavjud? 7. Amal qilish qoidasiga koʻra EHM ning tasniflanishini keltiring. 8. Vazifalariga koʻra EHMlar qanday tasniflanadi? 9. Hajmi va funktsional imkoniyatlariga koʻra EHM qanday turlarga boʻlinadi? Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: David A. Patterson, John L. Hennessy. Computer Organization and Design, Fifth Edition: The Hardware/Software Interface. Morgan Kaufmann. USA 2014 452-525 pp. M. T. Azimjanova, Muradova, M. Pazilova Informatika va axborot texnologiyalari. O‘quv qo‘llanma. T.: “O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati”, 2013 y. 28-39 b M.Aripov, M.Muhammadiyev. Informatika, informasion texnologiyalar. Darslik. T.:TDYuI, 2004 y. 8-11 b Download 35.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling