2- mavzu: Zamonaviy kompyuterlar va ularning arxitekturasi


Download 35.5 Kb.
bet8/10
Sana07.01.2023
Hajmi35.5 Kb.
#1081849
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Lazer printerlar. Lazer printerlar ham sifati, ham tezligi jihatidan eng yaxshi printer hisoblanadi. Ular rangli va rangsiz boʻladi.
Bunday printerlarning andozasi sifatida Hewlett-Packard (HP) firmasi chiqaradigan HP LaserJet rusmli printerlar qabul qilingan. Lazer printerlarda chop etish juda qulay boʻlib, u tez (minutiga 8-15 hatto 40 varaqqacha) chop etishi mumkin. Ammo tabiiyki, bunday printerlarning narxlari nisbatan balandroqdir. Uning bir kamchiligi - unda ishlatiladigan toner rang va kortrijning tez almashtirib turilishidadir. Uning bir toneri taxminan 1500-2500 varaqqa yetadi. Albatta bu raqam tejab ishlatishga bogʻliq. SHuning uchun lazer printerda chiqarilgan nusxani kseroks orqali koʻpaytirish maqsadga muvofiqdir.
Modem. Modem modulyatsiya, demodulyatsiya soʻzlaridan olingan boʻlib, uzluksiz signallarni raqamli (modulyatsiya) va raqamli ma’lumotlarni uzluksiz (demodulyatsiya) signalga almashtirib beradigan qurilmadir. Uning asosiy vazifasi kompyuterlararo aloqani oʻrnatishdir. U oʻzining kommunikatsion dasturlariga ega boʻlib, bu dasturlar yordamida uzoq masofalarga ma’lumotlarni uzatishi va qabul qilishi mumkin. Modem ichki va tashqi boʻlishi mumkin. hozirda koʻp kompyuterlar modem bilan birga sotilmoqda.
Skaner. Skaner – matn, grafika, tasvirlarni kompyuterga kiritishni avtomatlashtirish uchun xizmat qiluvchi qurilma. U hozir asosan rangli koʻrinishda chiqarilayapti. Uning andozasi sifatida HP (hewlett packard) firmasi ishlab chiqaradigan hP Scanjet rusumli skanerlar qabul qilingan. Uning asosiy tavsifi ma’lumotlarni aniq, tiniq, lozim boʻlgan rangda (xususan qora rangli) koʻrinishda chiqarish qobiliyatidir. Ushbu tasvirlash qobiliyati gorizontal va vertikal chiziqlardagi nuqtalar (piksellar) soni orqali belgilanadi.
Skaner dastur boshqaruvida ishlaydi. Matnlarni yaxshi tanish uchun maxsus obrazlarni tanuvchi dastur vositalaridan foydalaniladi. Bunday dasturlar hatto qoʻlyozmani ham tanish qobiliyatiga ega. Shunday dasturlar Fine Reader va Cunei Form nomlari bilan ataladi.

Download 35.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling