2- mavzu: Zamonaviy kompyuterlar va ularning arxitekturasi
Download 35.5 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xotira
- Doimiy xotira
Tezkor xotira (RAM-Random Access Memory-ixtiyoriy kirish mumkin boʻlgan) mikroprossesor, qurilmalar nazoratchilari, (ya’ni kontrollerlar, adapterlar, elektr manbai bilan ta’minlash bloki), yumshoq disk yurituvchi qurilmasi (FDD-Floppy Disk Driver), qattiq disk qurilmasi (HDD-Hard Disk Driver), faqat oʻqish uchun moʻljallangan lazer disk qurilmasi (CD ROM-Compact Disk Read Only Memory), (CD Writer) lazer disk yozish qurilmasi, shinalar, modem va boshqa qurilmalar. Tizim blokiga uning parallel (LPT) va ketma-ket (COM) portlari orqali koʻplab tashqi qurilmalarni ulash mumkin.
Mikroprossesor- kompyuterning amal bajaradigan qismi boʻlib, u ma’lumotlarni berilgan dastur asosida qayta ishlaydi. Mikroprossesor 140 ta atrofida turli arifmetik va mantiqiy amallarni bajaradi. IBM rusumli kompyuterlarda Intel tipidagi (shu nomli firma ishlab chiqqan) mikroprossesorlar ishlatiladi. Xotira- kompyuterda dasturlar va berilganlarni, amal natijalarini saqlaydigan qurilma. Xotiraning turlari koʻp: tezkor, doimiy, tashqi, kesh, video va boshqalar. Tezkor xotira kompyuterning muhim qismi boʻlib, muharrir undan amallarni bajarish uchun dastur, berilganlarni oladi va amalni bajarib, natijani yana unda saqlaydi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, kompyuter oʻchirilsa, tezkor xotirada saqlanayotgan dasturlar va berilganlar yoʻq boʻlib ketadi. Shuning uchun ularni qattiq diskda yoki disketalarda saqlab qolish kerak. Barcha turdagi xotiralar uchun muhim tushuncha uning hajmidir. Kompyuterlarda ma’lumot birligining eng kichik oʻlchovi sifatida bayt qabul qilingan boʻlib, 1 bayt 8 bit (ikkili raqam)ga teng. Oʻz navbatida bayt bir simvolni (belgini) tasvirlaydi. Familiyangizni kompyuterga kiritish uchun familiyangizda nechta harf boʻlsa, u xotirada shuncha bayt joyni egallaydi. Xotira hajmi birligi sifatida kilobayt qabul qilingan va u Kb bilan belgilanadi. Oʻz navbatida bir kilobayt 1024 baytga teng. 1024 kilobayt esa 1 Mbayt (Megabayt)ga teng. 1 Megabayt tezkor xotiraga ega kompyuterlarda faqat DOS tizimida ishlash mumkin boʻlsa, 4 Megabaytli kompyuterlarda imkoniyatlari koʻproq boʻlgan dasturlarni, xususan Windows 3.1, 3.11 dasturlarini ishlatish mumkin. Windows 95 ni toʻlaqonli ishlashi uchun 16 Megabayt xotira va kamida 486 prossesorli kompyuter, Windows 98, 2000 operatsion tizimida ishlash uchun, FotoShop, Corell Draw va boshqa hozirgi zamon dasturlarini ishlatish uchun kamida 32 Mbayt tezkor xotirali va Pentium-2,3 prossesorli kompyuterlar lozimdir. Bu koʻrsatkichlar yangi prossesorlar va dastur mahsulotlarini paydo boʻlishi bilan yil sayin oshib boradi. Doimiy xotira (kompyuterga avvaldan joylashtirilgan doimiy xotira (BIOS-Basic Input-Output System - kiritish chiqarishning asosiy tizimi) mavjud. Bunday xotiradan ma’lumotlarni faqat oʻqish mumkin. Shuning uchun ham u ROM (Read Only Memory-faqat oʻqish uchun) deb ataladi. IBM PC kompyuterlarda bu xotira kompyuter jihozlarini ishlashini tekshirish, operatsion tizimini boshlangʻich yuklanishini ta’minlash, qurilmalarga xizmat koʻrsatishning asosiy funktsiyalarini bajarish uchun ishlatiladi. Kesh xotira. Kesh xotira kompyuter ishlash tezligini oshirish uchun ishlatiladi. U tezkor xotira va mikroprossesor orasida joylashgan boʻlib, uning yordamida amallar bajarish tezkor xotira orqali bajariladigan amallardan ancha tez bajariladi. Download 35.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling