2- mavzu: Zamonaviy kompyuterlar va ularning arxitekturasi
Download 35.5 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Klaviatura.
6. Klaviatura va sichqoncha. Klaviatura va sichqoncha ma’lum ma’noda bir-birining oʻrnini bosadigan, ma’lumotlarni kiritadigan va kompyuter bilan muloqot qilish vazifasini oʻtaydigan qurilmalardir. Ularsiz kompyuterda ishlab boʻlmaydi. Ular yordamida Siz operatsion tizimga va uning boshqaruvi ostida ishlaydigan dasturlarga buyruqlar, shuningdek, bu qurilmalar yordamida dasturlarga kerak boʻlgan ma’lumotlar kiritiladi.
Klaviatura. Klaviatura 101-105 asosiy klavishlardan tuzilgan. Oʻz vazifalariga koʻra tugmalar beshta guruhga boʻlinadi: 1. Harflar va sonlarni kiritadigan tugmalar, u oddiy yozuv mashinkalarning tugmalariga oʻxshaydi. 2. Boshqaruvga oid tugmalar. 3. Funktsional yoki amal tugmalar. 4. Sonlar kiritadigan tugmalar. 5. Maxsus belgilardan iborat tugmalar. Eng katta guruh - birinchi guruh boʻlib, ular yordamida rus va lotin katta-kichik harflari, sonlar, maxsus belgilar, tinish belgilari kompyuterga kiritiladi. Pastda joylashgan uzun, hech qanaqa belgisi boʻlmagan klavishning nomi Spacebar yoki Space deb ataladi va boʻshliq belgisini kiritishga moʻljallangandir. Boshqa klavishlar bir necha nomga ega, chunki ular klaviaturaning ish tartibiga (registriga) qarab turli belgilarni kiritishga moʻljallangan. Pastki registrda kichik, yuqori registrda esa katta harflar kiritiladi. Kirill (rus) alifbosidan lotin (ingliz) alifbosiga yoki aksincha, lotinchadan ruschaga oʻtish Siz ishlaydigan dasturga bogʻliq. Masalan, Windows da alifbo avtomatik ravishda tanlanadi. (Ekranning eng pastki qismida). Ekranga belgi tushadigan joy maxsus usul bilan belgilanadi. Buning uchun maxsus belgi bor, u kursor deb ataladi. Agar ekran matn kiritish holatida ishlab turgan boʻlsa, unda kursor oʻchib-yonib turadigan vertikal chiziqcha yoki harfning ustiga tushadigan toʻrtburchakka oʻxshaydi va matn kursori deb nomlanadi. Agarda ekran grafik holatda ishlab turgan boʻlsa, unda kursor yonib-oʻchib turadigan gorizontal chiziqchaga oʻxshaydi. Xullas, kursor koʻrinishi holatga qarab oʻzgaradi. Boshqarishga oid klavishlar har xil boshqarish vazifalarini bajaradi. Ayrim klavishlar, masalan: CapsLock, NumLock va Scroll Lock klavishlarining ishlash vazifasini oʻzgartirib turadi. Shift, Ctrl, Alt klavishlari boshqa klavishlar bilan birga ishlaydi. Masalan, Ctrl+Alt+F degani Ctrl, Alt va F klavishlarini birdaniga bosishni bildiradi. F1 dan F12 gacha boʻlgan klavishlar funktsional klavishlar deb nomlanadi. Dastur tuzilishiga qarab, ushbu klavishlar har xil vazifalarni bajarishi mumkin. Bular 12 ta boʻlishiga qaramasdan, koʻpincha F1 dan F10 gachasi ishlatiladi. Odatda F1 klavishi yordamchi ma’lumotlarni olish uchun xizmat qiladi (Spravochnik). Num Lock (sonlarni saqlash) - sonlar kiritishning kichik klaviaturasi sonni kiritishga yoki kursorni boshqarishga moslanadi. Sonlarni kiritish klavishlari ikki rejimda ishlashi mumkin: sonlarni kiritganda, kursorni boshqarishda. Ikki holatning biridan ikkinchisiga oʻtishni Num Lock klavishi bajaradi. Sonlarni kiritish paytida sonlar klaviaturasi kalkulyatorning klaviaturasiga oʻxshaydi. Sonlarni va arifmetik amallar belgilarini kiritish uchun qulaylik yaratadi. Sonlarni kiritgan paytda Num Lock chirogʻi yonib turishi kerak, agarda Num Lockni koʻrsatuvchi chiroq oʻchgan boʻlsa, ushbu kichik klaviatura bilan kursorni boshqarish mumkin. Download 35.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling