25
Bilim yaratuvchi kompaniyalarni qurish
Yagona aniqlik noravshanlik hisoblangan iqtisodiyotda yagona mustahkam
raqobat ustunligi manbasi bilimdir. Bozorlar oʻzgargan paytda, texnologiyalar
koʻpayganda, raqobatchilar soni oshganda, mahsulotlar bir soat ichida eskirganda,
muvaffaqiyatli kompaniyalar doimiy bilim yaratadi, uni tashkilot miqyosida keng
tarqatadi va tezda yangi texnologiyalar va mahsulotlarga qoʻllaydi. Bu chora
tadbirlar yagona biznesi uzluksiz innovatsiyadan iborat bilim yaratuvchi
kompaniyalarni aniqlaydi.
Koʻplab kompaniyalar bugungi kunda faqat mustahkam
raqobat ustunlikni
realizatsiya qilishi mumkin, agarda ular bilim yaratuvchi kompaniya yoki oʻquv
tashkiloti boʻlsalar. Bu ketma-ket yangi biznes bilimlarni
yaratib uni kompaniya
miqyosiga keng tarqatib va tezda yangi bilimlarni oʻzining mahsulotlari va
xizmatlariga kiritishni anglatadi.
Bilim yaratuvchi kompaniya
ikki turdagi bilimlardan foydalanadi.
Birinchisi
yangi bilim hisoblanib, u hujjatlarda
yozilgan yoki kompyuterda
saqlanadigan berilganlardan tarkib topadi. Ikkinchisi
oshkormas bilim boʻlib u
xodimlar xotirasida saqlanadi. Oshkormas bilimlar koʻpincha
tashkilot doirasida
eng muhim ma’lumotni ifodalashi mumkin. Korxonaning eski xodimlari koʻpincha
mahsulotni ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatish va konkret
yetkazib beruvchi bilan
ishlash yoki apparat jihozlari bilan ishlashni bilishadi. Ushbu oshkormas bilim hech
qayerda yozilmagan, chunki bu bilim yillar davomida xodimlar ongida rivojlangan.
2.16-rasmda koʻrsatilganidek, bilimlarni muvaffaqiyatli boshqarish xodimlar
va korxona toʻplagan bilimlardan unumli
foydalanish uchun metodikalar,
texnologiyalar, tizimlar va foydalar yaratadi.
26
2.16- rasm. Bilimlarni boshqarish.
Bilimlarni boshqarishni korxona bilimlarini yig‘ish, tartibga solish, ulardan
foydalanish texnika, texnologiya va tizimning uchta darajasi sifatida qarash mumkin
Do'stlaringiz bilan baham: