2-mavzu: antik davr psixologiyasi reja: 1


Abu Hamid Muhammad al G‘azzoliy (1058-1111)


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/23
Sana03.02.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1155809
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
2-ma\'ruza

Abu Hamid Muhammad al G‘azzoliy (1058-1111) Faylasuf al G‘azzoliy 
Tus shahrida tug‘ilib o‘sdi. 
Juda yoshlik chog‘idanoq olimlik pog‘onasiga ko‘tarildi. 1091 yildan 
boshlab u Bog‘doddagi mashhur Nizomiy madrasasida talabalarga falsafa va 
ilohiyot ilmidan saboq berdi. U 34 yoshida kuchli ruhiy inqirozni boshidan 


kechirdi. Shundan so‘ng haqiqatni faylasuflar belgilagan yo‘ldan topa olmasligini
tushunib, mudarrislikni tashladi va mustaqil ravishda tasavvuf ilmini o‘rganishga 
kirishdi. Oradan 11 yil o‘tgach, imom G‘azzoliy yana madrasaga qaytib
talabalarga tahsil bera boshlaydi. U butun umrini haqiqatni odamlarga
tushuntirish va adashganlarni to‘g‘ri yo‘lga qaytarishga bag‘ishladi. 
G‘azzoliyning falsafa, tasavvuf ilmiga oid asarlari juda yorqin, ravon va 
tushunarli uslubda bitilgan. Quyida uning ana shunday asarlaridan ba’zilarini 
sanab o‘tamiz: “Faylasuflarning maqsadlari”, “Faylasuflarning raddiyasi”, “Din 
haqidagi fanning tug‘ilishi”, “Olam javoni” va hokazo.
Tirik mavjudotlarning quyi darajadagi turlari, chumoli va chivinlarni ham 
faqat chumoli hamda chivinlargina anglay oladi. Afsuski, faqat insongina o‘zi 
haqida haqiqiy bilimga ega emas. Biz o‘zimizni faqat sirtdan – u yoki bu 
qilmishimiz va tashqi qiyofamiz orqali bilamiz. Ruhiy mohiyatimizni bilishga 
urinmaymiz. 
Uchta olam mavjuddir: ularning biri zohiriy, ikkinchisi botiniy olam bo‘lsa, 
har ikkisining orasidan yana bir olam – ruhiy olam o‘rin olgan.
VIII asrda islomda turli yo‘nalishlar paydo bo‘ldi. Bulardan mutakallimlar
ularning psixik ta’limotiga ko‘ra hissiy bilishning ahamiyatini, bilimlarimizning 
voqelikka muvofiq kelishini inkor etishdir. Ular nimaiki o‘zlari uchun nomaqbul 
bo‘lsa (hissiy bilish bilan bog‘liq bo‘lgan sezgi ma’lumotlari va bilimni inkor etish 
yordamida), hammasini inkor etadilar va ularga nimaiki tasdiqlash lozim bo‘lsa, 
hamma tasavvur qilish mumkin bo‘lgan narsaga yo‘l qo‘yish yordamida
hammasiga yo‘l qo‘yish mumkin deb hisoblaydilar. 
Mutazaliylar ta’limotida muhim masalalardan biri - inson irodasining erkinligi 
to‘g‘risidagi masaladir. Inson o‘z hatti- harakatlarida erkindir. Insonning erkin 
irodasi haqidagi fikr xudoning “oliy qudrati” to‘g‘risidagi diniy aqidalarga zid 
keladi. Ollohning o‘z yaratganlariga nisbatan majburiyati bilan almashtirdilar. 
Mutazaliylar taqdirning avvaldan belgilab qo‘yilganligi to‘g‘risidagi ta’limotni- 
tavakkul ta’limotini inkor etadilar. 
So‘fizm ta’limotida butun olam xudoning mujassamlanishidan boshqa narsa 
emas. Xudo hamma ko‘rinadigan narsalarda mavjud. Narsalar esa o‘z navbatida 
xudoda mavjud. Dunyo - ruh shaklida butun olamga tarqalgan xudo singari 
yagonadir. Inson esa ana shu ruhning bir qismi, ertami kechmi u bilan qo‘shiladi. 
Bu qo‘shilish xudoga yaqinlashishning asosiy bosqichi- shariat, taraqqiyot, ma’rifat 
va haqiqat olib keladi. So‘fizmga ko‘ra xudo bilan qo‘shilishning o‘zi-eng oliy 
rohat. So‘fizm xudoga aql yordamida ishonish emas, balki unga ichki hissiyot 
orqali yaqinlashishga katta e’tibor beradi. 

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling