2-mavzu: antik davr psixologiyasi reja: 1
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
2-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Indeterministlar
- F. Akvinskiy hayoti
Deterministlar inson irodasi ham, dunyodagi hamma narsalar singari,
sababiyat qonuniga bo‘ysunadi, binobarin, insonning barcha irodaviy harakatlari ham erkin emas, balki zaruriyat bilan, o‘z sabablari bilan belgilanadi, deb o‘z g‘oyalarini ilgari suradilar. Indeterministlar, aksincha, inson irodasi va uning hatti-harakatlari har qanday sababiyatdan xoli hamda zaruriyatga bog‘liq emas, deb ta’lim berdilar. Indeterminizm sof idealistik ta’limot edi. Determinizmda esa idealistik tendensiyalar ifodalangan edi. Umumiy va mavhum tushunchalar haqidagi masala ham iroda erkinligi haqidagi masaladan kam tortishuvlarga sababchi bo‘lmaydi. Bunda ikki oqim: realistlar va nominalistlar o‘rtasida tortishuv ketadi. Realistlar – umumiy tushunchalar (“universallilar” o‘sha vaqtda shunday deb atashardi) real, ob’ektiv holda mavjuddir va inson aqlida yakka narsalarga bog‘liq bo‘lmagan holda aks etadi, deb da’vo qildilar. Shunday qilib, realistlar faqat Platonning narigi dunyo g‘oyalar dunyosi haqidagi, har bir kishi aqlidagi bu g‘oyalarning tug‘ma ekanligi haqidagi ta’limotini takrorladilar, xolos. Realizm ilk bora o‘rta asrlar falsafasida hukm surdi. O‘rta asrlarning ravnaq topish davrida (taxminan 1250 yillar) Foma Akvinskiy mo‘tadil realizm g‘oyasini ilgari surdi. Universaliyalar Xudoning fikrlashida, yakka narsalarda va inson tafakkuridagi abstraksiya tarzida mavjud bo‘ladi. Ammo tugab borayotgan o‘rta asrlarda birinchi o‘ringa nominalistlar, masalan, Okkam va keyinroq Lyuter ko‘tarildi. F. Akvinskiy hayoti: Foma Neapol shahri yaqinidagi Akvino qishlog‘ida dunyoga keldi. U Monte Kassino benediktchilar monastirida tarbiyalandi, Neapol universitetida tahsil oldi. Ota-onasining istagi qarshi o‘laroq, u yaqinda tashkil qilingan dominikanlik ordenining monaxi bo‘ldi. Uning otasi graf Landolf Akvinskiy qirol Fridrix 2 saroyida ritsar bo‘lgan. Foma Neapol dorilfununining tayyorlov qulliyotida falsafa va mantiq ilmini o‘rgandi. U 17 yoshida Parijga jo‘nadi va uch yil davomida o‘z davrining nihoyatda mashhur olimi Buyuk Albert fon Bolshtedt qo‘lida tahsil oldi. Foma 1249 – 1251 yillarda ustozi Buyuk Albertga ergashib, Kyoln shahriga boradi va u yerda talabalarga ilohiyotdan saboq beradi. 1252 yilda esa Parijga qaytadi va Parij dorilfununida yirik ilohiyotchi olim sifatida ish boshlaydi. Oradan ko‘p o‘tmay shogird ustozidan o‘zib ketadi. Foma Buyuk Albertni yo‘lda qoldirib, o‘z ilmi bilan hammani hayratga soldi. Dunyoning turli burchaklaridan ko‘plab nasroniy o‘spirinlar uning huzuriga oqib kela boshlashadi. O‘ta muloyimligi va yuvoshligi uchun Fomaga “farishta doktor” deb nom berishgan. Foma 1272 yili Italiyaga jo‘naydi va qadrdon Neapol dorilfununida ilohiyotdan dars bera boshlaydi. Shunisi hayratlanarliki bu ilohiyotchi olimning ilmiy asarlari lug‘ati qariyb 13000000 atamadan iborat. Bu raqamning salmog‘ini anglab yetishingiz uchun mana bu dallilarga diqqat qiling: - rus tili ilmgohining ma’lumotlariga qaraganda, rus tilida jami 440000 ta so‘z mavjud: - sermahsul ijodkor A.S.Pushkinning asarlarida jami 60000 ta so‘z ishlatilgan. 20 yoshida Foma Parij universitetiga tahsil olish uchun yo‘l oldi va ma’lum vaqt Kyolnda bo‘lgach, bu yerga yana tahsilni davom ettirish uchun qaytib keldi. 1245-1248 yillarda u xristianlik bilan aristotelizmni birlashtirish ustida ish olib borgan Albert Buyukning qo‘lida tahsil oldi. Foma bir umr ishlab va o‘qib o‘rganish uchun sayohat qilib yashadi. U salkam 50 yilgina umr ko‘rganiga qaramay juda ko‘p asarlar yaratdi. U 1323 yilda o‘limidan so‘ng 49 yil o‘tib cherkov tomonidan ilohiylashtirildi. 1879 yilda uning ta’limoti Rim katolik cherkovining rasmiy falsafasi sifatida tan olindi. Fomaning eng mashhur asarlari bo‘lib, “Teologiya summasi” va “Katolik e’tiqodining majusiylikka qarshi haqiqatlari summasi” nomli teologiya bo‘yicha darsliklari hisoblanadi. Bu katta va tez yozilgan asarlarga qo‘shimcha ravishda u falsafiy va teologik mazmunda juda ko‘p asarlar yaratdi. Ular orasida “Bibliyaga sharhlar”, “Knyazlar hukmronligi haqida” va “Bahsli masalalar” asarlari ham bo‘lib, ular yovuzlik, haqiqat, ruh va boshqa shu kabi muammolarni ko‘taradi. Fomaning quyidagi asarlari bizgacha yetib kelgan: “Tafakkurning yaxlitligi xususida ibn Rushdga qarshi mulohazalar”, “Olamning manguligi haqida vaysaqilarga qarshi mulohazalar”, “Mo‘jizalar xususida”, “Ollohning qudrati xususida”, “Farishtalar xususida”, “Iblislar xususida”, “Tabiatning sirli ishlari xususida”, Arastuning “Metafizika kitobiga sharh” va xokozo. Foma 1274 yilning bahorida vafot etdi. Anzelm Kenterbenskiy (1033-1109y) va Shampolik Vilgelm (1121-1170 y)lar ham realizmning eng ko‘zga ko‘ringan vakillari edi. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling