2-mavzu: antik davr psixologiyasi reja: 1


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/23
Sana03.02.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1155809
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23
Bog'liq
2-ma\'ruza

Avgustin Avreliy hayoti:  Avgustin 354 yilda Shimoliy Afrikadagi Tagast 
shahrida tug‘ildi. Uning onasi xristian otasi esa majusiy edi. Avgustinning 
o‘smirligi Karfagenda qayg‘usiz o‘tdi.
Avgustin ulg‘aygach, Karfagendagi notiqlik maktabida uch yil davomida 
tahsil oldi. Ana shu vaqt ichida u sitseronning falsafiy qarashlarini katta qiziqish 
bilan o‘rgandi. 
Avgustin 375 yildan boshlab 8 yil davomida notiqlik san’ati bo‘yicha 
talabalarga saboq berdi.
384 yilda u Italiyaga yo‘l oldi va Milan shahridagi notiqlik maktabida 
muallimlik qildi. Bu yerda nasroniylik diniga kirib, uni chuqur o‘rganishga 
kirishdi.
388 yili Avgustin Afrikaga qaytib, oradan uch yil o‘tgach, o‘zini butkul diniy 
ilmlarni o‘rganishga bag‘ishladi va ko‘p vaqt o‘tmay Gippon shahrining
yepiskopi Valeriy homiyligi ostida ruhoniylikni qabul qildi. 
395 yil yepsikop Valeriyning o‘limidan so‘ng, Avgustin Gippondagi 
yepiskoplik kafedrasiga yetakchilik qilib, 34 yil – umrining so‘nggi damlarigacha 
shu yerda ishladi. 
U tinmay mutolaa qilar va shunga yarasha o‘ta ma’rifatli, bilimdon edi. 
Avgustin o‘zidan juda boy ma’naviy meros qoldirdi. Faylasuf 75 yoshiga 
qadar umumiy hajmi 232 ta kitobga jo bo‘lgan 90 ta traktat yozib ulgurdi. Bulardan 
atigi o‘ntasigina bizga qadar yetib kelgan. 
Mashhur qomusiy olim Isidor Sevilskiy (570-638) Avgustin haqida shunday 
deb yozgan edi: “Avgustin tafakkuri va bilimi jihatidan hammadan ustundir”. 
Chunki hatto kechasiyu kunduzi harakat qilgan taqdirda ham hech kim u kabi
ko‘p yozaolmaydi va o‘qiy olmaydi. 
Dastlab Avgustin o‘z davrining mashhur diniy oqimlaridan biri- manixeylik 
bilan tanishdi. Manixeylik dunyoda ezgulik va yovuzlik dualizmi haqida ta’lim 
beradi hamda inson ikki ruhga ega bo‘lib, ulardan biri ezgu va yorug‘, ikkinchisi 
esa yovuz va qora deya uqtiradi. Har bir insonning harakatlari mana shu ikki 
ruhning to‘qnashuvi natijasi bo‘lib hisoblanadi. Avgustin bu ta’limotni qabul qildi 


– u bu dunyoda yovuzlikning mavjudligini tushuntirardi. Ammo bu ko‘pga 
cho‘zilmadi, chunki manixeylik Avgustin intilgan ma’naviy hayot uchun kuch 
bermasdi. Avgustinning bu oqimga qiziqishi intellektual jihatdan ham yo‘qotdi. 
Manixeylikdan qaytgach, u skeptitsizm tarafdorligi qatoriga qo‘shildi.
Ammo skeptitsizm ham Avgustinni qoniqtirmadi va u neoplatonizmga yuz 
burdi. Avgustin neoplatonizmda yovuzlik haqidagi savolga ma’qul javob topdi. 
Ma’naviy hayotni neoplatoncha real tushunish ham Avgustinga ma’qul keldi. U 
Platon va Plotinni o‘rganishdan intellektual orom topdi.
Ammo uning shaxsiy tajribasi “to‘g‘ri tushunish to‘g‘ri harakatlarga olib 
boradi”, degan neoplatoncha tafakkurga ishonchiga zid kelib qoldi. Zotan, 
Avgustin o‘zi to‘g‘riligini biladigan hayotni boshdan kechirishga qodir emasligini 
anglardi.
Shu bilan bir vaqtda, Avgustin xristianlar nazariy jihatdan undan zaif 
bo‘lishsa-da, ma’naviy jihatdan undan kuchli ekanliklarini ham tushunardi. 
Shuning uchun Avgustin xristianlar nazariy jihatdan Avgustinni qoniqtirmasa-da, 
yuksak boholardi. Umrining ushbu bosqichida u ritorika muallimi sifatida Milanga 
sayohat qildi. Bu yerda Avgustin yepiskop Ambroziy (Ambrose, 339-397)ning 
va’zlari ta’sirida qariyib o‘ttiz yoshida xristianlikni qabul qildi. 
Avgustin Shimoliy Afrikaga qaytib keldi va yepiskoplik qila boshladi. Butun 
qolgan umrini u cherkovga bag‘ishladi. Avgustin 430 yilda, ya’ni vandallar 
G‘arbiy Rim imperiyasiga bostirib kirgan davrda vafot etdi. 
 Avgustin lotin tilida juda ko‘p kitoblar yaratdi. Shulardan faqat eng mashhur 
to‘rttasini tilga olib o‘tamiz.
“Akademiklarga qarshi” unda Avgustin skeptitsizmni rad etadi va o‘zining 
skeptitsizm bilan qiziqqan davrini tanqid qiladi. 
“Erkin iroda haqida”, unda yovuzlik muammosi va iroda erkinligi muhokama 
qilinadi. 
“Va’z” Avgustin unda o‘z hayotidagi murakkab ma’naviy kurashlarni ochib 
beradi. 


 Bu kitobda ilk grek antik davridan tugab borayotgan xristian antik davriga 
o‘tish ko‘rsatiladi. Avgustin unda ratsional grek fuqorosi bo‘lib, emas balki alohida 
individ, his-tuyg‘ular aqldan ustun keluvchi ruh va tananing ichki kurashiga 
berilgan shaxs sifatida namoyon bo‘ladi. 
“Xudo shahri haqida” asarida Avgustin tarix haqidagi o‘z tasavvurini va ikki 
shahar “Podsholik” Zamin shahri va Xudo shahri haqidagi ta’limotni ishlab 
chiqadi. 
Irodaning ustunligi haqida, ayniqsa, Duns Skott (1265-1308) ning ta’limoti 
juda yaqqoldir. Uning aytishicha, iroda aqldan ham yuqori turadi. 
Butun o‘rta asr tarixi mobaynida, undan keyin ham, falsafa va psixologiyada 
iroda erkinligi haqidagi tortishuvlar juda katta o‘rin egalladi. Bu masala bo‘yicha V 
asrdayoq ikkita oqim – determinizm va indeterminizm paydo bo‘lgan. 

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling