2-mavzu: antik davr psixologiyasi reja: 1


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/23
Sana03.02.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1155809
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23
Bog'liq
2-ma\'ruza

Arastu (Arastu) hayoti: Qadimiy Yunon faylasufi Arastu Frakiyaning
Stagira shahrida tug‘ilgan. Shu tufayli ba’zan Arastuni Stagirit deb ham atashadi. 
Arastuning otasi Nikomax Makedoniya hukmdori Amint II ning shaxsiy 
tabibi bo‘lgan. Arastu Makedoniyaning bo‘lg‘usi hukmdori Filipp bilan 
bolaligidanoq birga o‘ynab katta bo‘lgan. U 17 yoshidan 37 yoshigacha (367-347) 
yillar faylasuf Aflotunning Akademiyasida tahsil olgan. 
Miloddan avvalgi 343 yildan boshlab Arastu Iskandar Maqduniy (Aleksandr 
Makedonskiy)ga murabbiylik qila boshlaydi. Iskandar Maqduniy hukmdorlik 
taxtiga o‘tirgach, o‘z ustozi va do‘stiga atab haykal barpo etadi. Bu haykalning 
poyida shunday yozuvlar bor edi: “Iskandar ushbu yodgorlikni Nikomaxning 
o‘g‘li, buyuk donishmand va avliyo Arastu xotirasiga o‘rnatdi” . 
Sharq asotirlarida yozilishicha, bir kuni Iskandar Zulqarnayndan so‘radilar: 


- Ne sababdan ustozing Arastuni otang Sulton Faylaqus (Filipp)dan ham a’lo 
ko‘rasan? 
Shoh Iskandar shunday javob qaytaradi: 
- Otam mening jismimni tarbiyalab, osmondan yerga olib tushdi. Ustozim 
Arastu esa mening ruhimni tarbiya qilib, yerdan osmon qadar yuksaltirdi. 
Arastu peshonasiga sochini tushirib, kalta soqol qo‘yib yurgan. 
Zamondoshlarining guvohlik berishicha, lablari chetidagi doimiy kinoyali
tabassum natijasida paydo bo‘lgan ajinlar Arastu o‘zini faylasuf Aflotunninig 
shogirdi, deb bilishidan darak berardi. Arastu Yunon ilm fani qo‘lga kiritgan 
bilimlarni egallash borasida Aflotunni hatto shoh Iskandardan ham ustun qo‘ygan. 
Miloddan avvalgi 336 yilda Arastu Afina shahrida o‘zining xususiy 
maktabini ochdi. Bu ilmgoh kurash maktablari qatorida va Afinaning shimoliy 
darvozasidagi Likey maydonlariga tutash yerda joylashgandi. 
Arastuni hayajonga soluvchi muammolar favqulodda qiziqarli va teran edi. 
Masalan: inson eng avvalo o‘zining sevishi kerakmi yo boshqanimi, degan savol 
uni ko‘p o‘ylantirardi. O‘zini ko‘proq sevgan odamni xudbinlikda ayblaydilar. 
Boshqa tomondan olib qaralganda esa, inson avvalo o‘zining eng yaqin do‘sti 
bo‘lgan kimsani ko‘proq qadrlashi va sevishi lozim, deyiladi. Vaholanki, har bir 
odamning o‘zidan o‘zga sadoqatli do‘sti bormi dunyoda? Demak, inson avvalo 
o‘zini hurmat qilishi va sevishi lozim, deb fikr yuritadi Arastu. 
Agar faylasuf Zenon Eleyskiy Arastuga zamondosh bo‘lganida shu so‘zlari
uchun unga ta’zim qilishi turgan gap edi. 
Arastu havas qilarli darajada o‘tkir zehn sohibi bo‘lgan. 
U 445270 satrdan iborat 28 ta kitob yozgan. Faylasufning “Metodika”, 
“Metafizika”, “Jon haqida”, “Poetnika”, “Osmon haqida”, “Fizika”, “Ritorika”, 
“Sevgi haqida”, “Uyqu va bedorlik haqida” asarlari shu kitoblar sirasiga kiradi. 
Epikur aytadiki: Insonlar yo hasad, yo ko‘rolmaslik, yoki nafrat tufayli bir-
birining dilini og‘ritadilar. Dono kishi esa aql idrok ila bularning barchasidan 
ustun turadi. Donolikka erishgan odam hatto atayin urinsa ham buning aksini
qilolmaydi. 


Sezgi hech qachon aldamaydi. (Epikur beqaror va yuzaki sezgini barqaror va 
umumiy sanalmish fikrga qarama-qarshi qo‘ygan qadimiy falsafa aqidalarini rad 
etgan. U sezgini haqiqatning mezoni deb hisoblagan.) 
Donolik hamma narsaning ibtidosi va buyuk ezgulikdir. Shu bois u hatto 
falsafadan ham qimmatliroqdir. 

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling