2-mavzu: antik davr psixologiyasi reja: 1


Epikur hayoti: (miloddan avvalgi 341-270 yillar)


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/23
Sana03.02.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1155809
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23
Bog'liq
2-ma\'ruza

Epikur hayoti: (miloddan avvalgi 341-270 yillar) 
Yunon faylasufi Epikurning vatani – Lampaska shahri bo‘lib, Afinadan 
Samos oroliga ko‘chib o‘tgan oilada tug‘ilgan. Epikur Aflotunning shogirdi Pamfil 
qo‘lida tahsil olgan. Donishmand miloddan avvalgi 310 yilda Lebosdagi Mitilen 
shahrida, 306 yildan o‘limiga qadar Afinadagi o‘z “BOG‘”ida talabalarga 
falsafadan saboq bergan. Bu bog‘ Epikurchilarning muqaddas dargohiga aylangan. 
Epikur umri davomida hech qachon o‘zgalarning fikriga tayanmaslikka xarakat 
qilgan. Jami 300 ga yaqin asar yozgan, biroq ular bizga qadar yetib kelmagan. 
Epikurning ta’limotiga asoslari bayon etilgan uchta maktubi va ba’zi
qo‘lyozmalaridan parchalargina saqlanib qolgan. 
Donishmand umrining so‘nggi 14 kuni davomida buyragidagi toshdan 
qattiq azob chekkan. Rivoyatlarga qaraganda, u issiq suv to‘ldirilgan jomga yotib 
o‘tkir sharobni simirgan-da, do‘stlariga saboqlarini unutmaslikni vasiyat qilib
hayotdan ko‘z yumgan. 
Keyinchalik Epikur g‘oyalari Lukresiy tomonidan takomillashtirildi. 
Quyida Lukresiyni bir nechta fikrlarini mushohada uchun keltirib o‘tmoqchimiz. 
- Bir qarashda ulug‘vor va ajoyib ko‘ringan har qanday narsaning jozibasi
ko‘zimga vaqt o‘tishi bilan ozaygandek ko‘rinaveradi. 
- Vaqt ildamlagani sayin buyumlarning mohiyati ham o‘zgara boradi. 
- Qalbni ham jism kabi davolash mumkin. 
- Jism ulg‘aya borgani sayin ruhiy sifatlar ham takomillasha boradi. 
- Sariq kasaliga chalingan bemor qaerga qaramasin, hamma narsa ko‘ziga sariq 
tusda ko‘rinadi. 
- Hech narsa yakka holda rivojlana olmaydi. 
Lukresiy Tit Kar hayoti: (miloddan avvalgi 99 – 55 yillar) 


Qadimgi Yunon shoiri va faylasufi Lukresiyning tug‘ilgan yeri, ijtimoiy 
kelib chiqishi va mavqei xususida aniq ma’lumotlar yo‘q. Uning asl ismi Tit, 
laqabi Kar bo‘lgan. Lukresiyning ta’limoti va dunyoqarashi faylasuf Epikurning 
izdoshi bo‘lganidan dalolat beradi. 
Tarixiy manbalarga qaraganda, Lukresiy o‘z joniga qasd qilib, hayotdan 
ko‘z yumgan. U birinchi bo‘lib, falsafa faniga materiya atamasini kiritadi. Bu 
atama lotincha mater – “ona” so‘zidan olingan.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling