2-mavzu: antik davr psixologiyasi reja: 1


Abu Rayhon Beruniyning falsafiy qarashlari


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/23
Sana03.02.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1155809
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
2-ma\'ruza

Abu Rayhon Beruniyning falsafiy qarashlari. Abu Rayhon Beruniy (973-
1043) ruh va ruhiyat masalalariga qiziqish bilan qaraydi. Buning sababi bor albatta, 
chunki olim o‘zidan oldin o‘tgan Yunon, Rim, Sharq olimlari, jumladan, 
M.Xorazmiy, Forobiy va boshqa mutafakkirlarining asarlarini qunt bilan o‘rgangan 
va ruhiyatga doir qarashlarning ahamiyatini tushunib yetgan. Qolaversa, insonni 
o‘qitishda va tarbiyalashda inson ruhiyatini bilish zarurligini anglagan. Bulardan 
tashqari insonlar bilan o‘zaro munosabatlarda ruhiy jarayonlarni bilish lozim 
ekanligini yaxshi tushungan. 
Beruniy ruhiy jarayonlarni barcha hayvonlarga va insonlarga xos deb bildi. 
Hayvon ruhiyati ongsiz xarakterda, insonda esa ongli, inson mantiqiy fikrlashga, 
mantiqiy xulosalar chiqarishga qodir, insonda faol nerv xizmatlari mavjud deb 
ko‘rsatadi.
Beruniy ruhiyat qarashlarini ruh olimi sifatida emas, balki yirik faylasuf 
sifatida talqin etgan. Uning “Hindiston”, “Mineralogiya” kabi kitob va risolalarida 
o‘zining ruh haqidagi qarashlari, ruhiyatning ba’zi muhim masalalarini bilish va 
tafakkur jarayonlari haqida juda ko‘p, g‘oyat qimmatli fikr-mulohazalar mavjud. 
Olim ruhiyat masalalarini alohida to‘plab yozgan emas, bu masalalar uning 
asarlarida sochma holda uchraydi. Olim insondagi ruhiy jarayonlarni, avvalo, 
tabiatda oliy mavjudot-insonning bilish jarayonini, inson bilimlarini boyitish, 
ma’rifatli bo‘lishidagi roli jihatidan o‘rganishga va talqin etishga harakat qildi. Shu 
sababli uning yuqorida keltirilgan asarlarida sezgilar va aqliy bilish, o‘zini tuta 
bilish, xotira, tasavvur, diqqat, idrok va qobiliyat kabi shaxsiy xislatlarni olamni 
bilish jarayonlari bilan bog‘liq holda ko‘rsatadi. 
Beruniy insonning barcha mavjudotlardan ustunligi uning tafakkuri orqali 
ekanligini izohlaydi. Shuning uchun ham yerdagi barcha jonzodlar unga 
bo‘ysunadilar, aks holda inson eng kichik hayvondan ham ojiz bo‘lar edi. 
Beruniy fikricha, inson tafakkurining qudrati shundaki, uning yordamida 
voqea va hodisalarni bir-biriga solishtirish, tahlil qilish orqali rostni yolg‘ondan, 
adolatni adolatsizlikdan, yaxshini yomondan, haqiqatni esa nohaqlikdan ajratishi 
mumkin. Bu psixologiya fanini rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini isbotlaydi. 
Beruniy inson xotirasini “tangrining tuhfasi” deb ta’kidlagan. Xotirasi 
kuchsiz kishilarda, uni tirishqoqlik va ko‘p shug‘ullanish bilan mustahkamlashi 
mumkin degan g‘oyani ilgari suradi. 


Beruniy inson ruhiyati haqida so‘z yuritar ekan, uning bir-biriga aks ta’sir 
ko‘rsatadigan qismlardan iborat tanaga ega ekanini, bu qismlar bo‘ysunuvchi kuch 
sifatida birlashganini, ruh esa ko‘p hollarda tana haroratiga tobe bo‘lishini va shu 
sababli unda xilma-xil holat vujudga kelishini aytadi.
Rudakiy ruh bilan materiyaning munosabati masalalarida idealistik mavqeda 
turadi. Ruhni “ota”ga qiyos qiladi, moddiy narsalarni “ona”ga o‘xshatadi. Uning 
fikricha, barcha narsalarni yaratuvchi birinchi sabab Xudodir. Moddiy narsalarni 
ham inkor etmaydi. Moddiy narsalar asosida tuproq, olov, suv va havo yotadi. 
Rudakiy inson aql va idrokini ulug‘laydi. 

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling