2-mavzu: antik davr psixologiyasi reja: 1


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/23
Sana03.02.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1155809
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23
Bog'liq
2-ma\'ruza

Nominalistlar umumiy tushunchalarni faqat predmetlarning nomlaridir, deb 
hisoblaydilar. Realistlarga qarama-qarshi o‘laroq, nominalistlar faqat individual 
sifatlarga ega bo‘lgan alohida-alohida narsalargina real mavjuddir, deb da’vo 
qildilar.
Nominalistlarning ta’limotlarida ba’zi bir o‘rta asr mutafakkirlarining 
materialistik tendensiyalarida ham ifodalangan. Nominalizmning eng ko‘zga 
ko‘ringan vakillari I.Rosselin (1050-1125 y), Duns Skott (1265-1308 y), Uilyam 
Okkam (1281-1349 y)lar edilar. 


Uilyam Okkam hayoti: Ingliz faylasufi Uilyam Okkam Londonning
janubiy g‘arbida joylashgan Okkam shaharchasida tug‘ilib o‘sdi.
U Oksford dorilfununining ilohiyotchi olimi Duns Skott (1266 - 1308) 
qo‘lida ta’lim oldi. Uilyam 1324 yilga qadar Oksford dorilfununida tahsil oldi va 
o‘qituvchilik qildi. Bu ilm dargohida tez-tez ilmiy munozaralar, mubohasa, 
himoyalar o‘tkazilib turilardi. Ilmiy bahslarda odatda talabalar o‘zlarining 
muayyan fikrlarini o‘rtaga tashlashar, boshqa qatnashchilar esa unga e’tiroz 
bildirishardi. Talaba o‘z fikrini qa’tiy himoya qilib, ularga munosib javob berishi 
munozara ishtirokchilarining asosiy sharti hisoblanardi. 
Bunday bahslar odatda keskin, hayajonli bir vaziyatda o‘tar va ko‘pincha
mushtlashuv bilan tugardi. 
Uilyam ilohiyot magistri darajasiga erishgan olim. U fan tarixida yangi 
uslubiy qoidalar muallifi sifatida nom qoldirdi. Faylasufning bu qoidalari
keyinchalik “Okkam ustarasi” deb nom olgan. Okkamning mashhur “ustarasi” 
o‘simlikning ortiqcha novdalarini kesib tashlovchi tokqaychi kabi bilish, anglash 
daraxtidagi tekinxo‘r atamalarni yo‘qotishga xizmat qilgan. Okkam ilmiy bilish 
uslubida oddiylik, soddalik tamoyillariga rioya etishni afzal hisoblagan. 
Okkam 1323 yilda Oksford dorilfununi kansleri bilan janjalashib qoladi. 
Kansler faylasufga qator ayblar taqab, papa Ioann XXII ga xabarnoma yo‘llaydi. 
1324 yilda Okkam papa Ioann XXII ning Avinondagi qarorgohiga jo‘natiladi. U 
Avinon ibodatxonasining turmasida to‘rt yil sud hukmini kutib yotadi va 1328 
yilning may oyida olmon imperatori Lyudvig IX Bavarskiy huzuriga qochib 
boradi. Faylasuf umrining oxirigacha Olmoniyada yashaydi. 1349 yili Uilyam 
Okkam Myunxen shahrida vabo bilan og‘rib, vafot etadi. 
Bizning bilimimiz sezgilar tufayli hosil bo‘ladi – deydi Okkam. 
Ayrim psixik jarayonlarni tushuntirishda ham ba’zi bir psixologlarda 
materialistik element va tendensiyalar namoyon bo‘ldi. Masalan, O‘rta Osiyolik 
shifokor va faylasuf Abu Ali ibn Sino (980-1037 y) va arab mutaffakiri ibn Rashid 
(1125-1198 y)lar Aristotelga ergashib, “sezuvchi ruhning harakatlanuvchi va 
jozibador kuchlarini” o‘rganish uchun harakat qildilar. Ular sezgilarni keltirib 
chiqargan qo‘zg‘ovchilardan farq qilish zarurligi haqidagi masalani qo‘yadilar, ong 
faoliyati bilan fiziologik jarayonlar o‘rtasida yaqin aloqa va bog‘lanishlar 
o‘rnatishga intiladilar. 
Qadimgi Rossiyada kitob madaniyati boshlanishi bilan (X-XI asrlarda) 
psixologiya sohasida G‘arb va Sharq mutafakkirlarida qanday tarkib topgan bo‘lsa, 
xuddi o‘sha holda fikr va bilimlar tarqala boshlaydi. 


Bu bilimlarning eng muhim manbai Vizantiya mutafakkirlari Ioann 
Damaskning (673-777 y) grek tilidan slavyan tiliga tarjima qilingan “Dialektika” 
va “Haqiqiy iymon haqida” degan asarlari edi. 
I.Damaskin ta’limotiga ko‘ra, ruh alohida ilohiy substansiyadir. U so‘z, 
aql-idrok hamda erkin irodaga ega bo‘lgan g‘ayri jismoniy, oddiy, tirik va abadiy 
mohiyatdir. Ayni vaqtda ruh inson tanasi bilan birikib bitta mavjudotni tashkil 
qiladi. Uni insonning o‘sish va ko‘payish kabi funksiyalaridan ajratish mumkin 
emas. Ruh tana organlaridan o‘z qurollari sifatida foydalanadi va xulq hamda xatti-
harakatlarida namoyon bo‘ladi. 
Ayni vaqtda Damaskin ruh tanaga bog‘liq: masalan, u biologik o‘sishga va 
boshqa tashqi sabablarga qarab o‘zgaradi deb ta’kidlaydi. 
Biroq Damaskin ruh va tananing birligini yashirin, qanday birlashganligi sirli 
bir hodisa va insonning aqli buni bilishda ojizlik qiladi, deb hisoblaydi. Bu 
fikrlarda Aristotelning ta’siri va hissasi ko‘rinib turibdi. 
Ratsionalistik psixologiya fan taraqqiyotidagi bosqichlardan biridir. Hozirgi 
vaqtda bu psixologiyani bilish tarixiy jihatdan qiziqarli, xolos. Bu psixologiya 
qandaydir ilmiy yoki amaliy ahamiyatga ega emas. Shu psixologiya negizida ishlab 
chiqilgan terminologiyanigina undan qolgan meros deb hisoblash mumkin. 
O‘rta asrlarda psixologiya falsafaning bir qismi edi. Falsafaning esa mustaqil 
ahamiyati yo‘q edi: u yoteologiyaning–dinning xizmatkori deb hisoblardi. 
Psixologik ta’limotlar ham shulardan kelib chiqqan edi, chunki faqat mulohaza 
qilish yo‘li bilan dinning ba’zi qonun-qoidalarini– ruhning abadiyligi, odamning 
kelib chiqishi, narigi dunyodagi hayot va hakozolarni asoslash mumkin edi. 
Binobarin, ilmiy metodlarning kelib chiqishi mukammalashuvi tufayli 
sxolastik falsafa bilan birga ratsionalistik psixologiya ham o‘z o‘rni va ahamiyatini 
yo‘qotgan. 

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling