2-mavzu: antik davr psixologiyasi reja: 1


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/23
Sana03.02.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1155809
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
2-ma\'ruza

Fales hayoti: Bizning eng qadimgi grek faylasuflari va ularning ta’limotlari 
to‘g‘risidagi bilimimiz g‘oyat kam. Bizda ular haqidagi ishonchli axborotlar ko‘p 
emas, ularning o‘z asarlari bizga ko‘proq parchalar holida yetib kelgan. Shuning 
uchun, ular to‘g‘risida aytiladigan ma’lumotlar taxminlar va ularning ta’limotlari 
haqida boshqa faylasuflar hikoya qilib ketgan xotiralarga asoslanadi. 
Fales miloddan avvalgi 624 yil bilan 546 yil oralig‘ida yashab o‘tgan, deb 
hisoblanadi. Bunday taxmin qisman Falesning miloddan ilgarigi 585 yildagi 
quyosh tutilishini oldindan aytib berganligi haqida yozgan Gerodot (miloddan 
avvalgi 484-430/420 yillar atrofida yashagan) fikriga asoslanadi. 
Boshqa
manbalar Falesning Misr bo‘ylab sayohati to‘g‘risida ma’lumot 
beradi, bunday sayohat o‘sha paytdagi greklar uchun ayniqsa noodatiy hol bo‘lgan. 
Yana shunday ma’lumotlar borki, Fales ehromlarning balandligini hisoblash 
masalasini uning o‘z soyasi o‘zining bo‘yi o‘lchamiga tenglashgan paytda 
ehromdan tushgan soyaning uzunligini o‘lchash yo‘li bilan hal qilgan. 
Miletlik Fales o‘z zamonasidagi yetti donishmandning biri bo‘lgan. 
Aytishlaricha, Fales shu yetti donishmandning ichida yetakchilik qilgan. U 
birinchilardan bo‘lib tabiat haqida fikr yuritgan. Quyosh tutilishi uning oy bilan 
to‘silishi tufayli yuz berishini birinchi bo‘lib Fales anglagan, diametr aylanani
teng ikkiga bo‘lishini isbotlab bergan. 
Fales falakiyotshunoslik bilan ham shug‘ullanib, quyosh tutilishini oldindan 
aytib bergan. 
Fales Misr ehromlarining balandligini ularning soyasiga qarab o‘lchagan. U 
yolg‘izlikda hayot kechirib, davlat ishlariga aralashmagan. 
Falesning quyosh tutilishini oldindan aytib berganligi haqidagi hikoya uning 
ehtimol, Bobildan o‘tib kelgan astronomiyaga oid bilimlarni bilganligini ko‘rsatadi. 
U shuningdek, matematikaning greklar tomonidan rivojlantirilgan sohasi 
geometriyaga doir bilimlarni ham egallagan. (Arifmetika va nol bizga arablardan 
yetib kelgan. Bizning raqamlarimiz greklar yoki rimliklarniki emas, balki 


arablarnikidir). Matematik fikrlarning universalligi greklarda nazariya va nazariy 
tekshirish haqidagi tasavvurlarning shakllanishiga yordam bergan. Darhaqiqat
matematik fikrlar alohida xususiy voqea-hodisalar haqidagi fikrlarga nisbatan 
boshqacha ma’noda haqiqiy bo‘lib hisoblanadi. Shuning uchun matematikaga doir 
universal fikrlar nomatematik fikrlarga nisbatan qo‘llaniladiganidan boshqacha 
usulda tanqid qilinishi kerak. Bularning hammasi dallillash uslublari va idrok 
etiladigan haqiqatga asoslanmaydigan fikrlarning rivojlanishini zarur qilib qo‘ydi. 
Ta’kidlanishicha, Fales Miletning siyosiy hayotida ishtirok etgan. U 
navigatsiya uskunalarini yaxshilash uchun o‘zining matematik bilimlarini 
qo‘llagan. U birinchi bo‘lib, quyosh soati bo‘yicha vaqtni aniq belgilab bergan edi. 
Va nihoyat, Fales qurg‘oqchilik tufayli hosil bo‘lmaydigan yilni oldindan aytib 
berib, uning arafasida zaytun moyini shaylab qo‘yish va keyinchalik uni foydasiga 
sotish yo‘li bilan boyib ketgan. 
Uning asarlari haqida ko‘p ma’lumot berish qiyin, chunki bunday asarlar 
bizga faqat boshqa kishilarning takroriy bayonlari orqali kelgan. Shuning uchun biz 
ularni bayon qilishda boshqa mualliflarning bu asarlar to‘g‘risida bildirgan 
ma’lumotlariga tayanib ish ko‘rishga majburmiz. Arastu Metafizika asarida Fales 
jami mavjudot, ya’ni mavjud bo‘ladigan narsalar kelib chiqadigan va yana qaytib 
borib joylashadigan ibtido haqidagi masalalarni qo‘yadigan falsafa turini asoschisi 
bo‘lgan, deydi. Arastu yana shuningdek, Fales bunday ibtido suvdan (yoki 
suyuqlikdan) iboratdir deb faraz qilgan deydi. Biroq, agar hatto Fales haqiqatan 
ham shunday deb ta’kidlagan bo‘lsada uning bunda nimani nazarda tutganligi aniq 
ma’lum emas. Bunday izohni hisobga olgan holda biz “Fales falsafasi”ni 
rekonstruktiv tarzda talqin etishga harakat qilamiz. 

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling