2-mavzu: antik davr psixologiyasi reja: 1
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
2-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Anaksagor hayoti
Demokrit hayoti: Demokrit miloddan avvalgi 460 yildan 370 yilgacha
yashagan deb hisoblanadi. Binobarin u Platonning katta zamondoshi bo‘lgan. Demokrit Frakiyadagi Abderi koloniyasida tug‘ilgan. Ma’lumki, u Afinaga tashrif buyurgan va Sharq hamda Misrga bir necha uzoq muddatli sayohatlarga chiqqan. Ehtimol, u bilish va tadqiqotchilik maqsadlarida sayohat qilgan. U badavlat oilaning farzandi edi. Ammo boylikdan kechib, butun umrini kambag‘allikda o‘tkazdi. Bor umrini donishmandlikka bag‘ishladi. Demokrit shahar tashqarisida joylashgan yer ostidagi sag‘anada kechayu- kunduz tinmay ijod bilan mashg‘ul bo‘lgan. Demokrit keng bilimlarga ega bo‘lgan. U o‘z zamonidagi fanning ko‘pgina sohalarida samarali ish olib borgan. Uning bir necha asarlari nomini keltirish bilanoq qiziqishlarining keng doirasini ko‘rsatish mumkin bo‘ladi. “Buyuk diakosmos”, “Vrachlik fani”, “O‘limdan keyingi narsalar haqida”, “Tabiatning tuzilishi haqida”, “Jahon tartiboti va tafakkur qoidalari haqida”, “She’riyat to‘g‘risida”, “Dehqonchilik to‘g‘risida”, “Matematika to‘g‘risida”, “To‘g‘ri nutq va tushunarsiz so‘zlar to‘g‘risida”, “Yoqimli va yoqimsiz harflar to‘g‘risida” va hakozo. Demokrit asarlaridan 200 dan 300 gacha parcha saqlanib qolgan. Muayyan ma’noda bu ko‘pdir, lekin Demokritning ulkan ijodiy mahsuldor bo‘lganligini hisobga olsak, biz faqat uning asarlarining nisbatan kam qismiga egamiz. Shuning uchun biz uning qarashlarini talqin etishimiz Demokrit haqidagi mavjud ikkilamchi axborotlardan foydalanadigan qayta to‘ldirishdan iborat bo‘ladi. Anaksagor hayoti: Anaksagor taxminan miloddan avvalgi 498 yildan 428 yilgacha yashagan. U yoshlik yillarini Klazomena shahrida o‘tkazgan,balog‘at yoshida Afinada istiqomat qilgan va u yerda intelektuallar o‘rtasida ko‘zga ko‘ringan o‘rinni egallagan. Anaksagor Perikl (taxminan miloddan avvalgi 495-429 yillar) muhitiga mansub bo‘lgan, lekin o‘zining an’anaviy e’tiqodlarga zid bo‘lgan qarashlari sababli Afinani tashlab chiqib ketishga majbur bo‘lgan. Boshqa narsalardan tashqari, u quyosh xudo emas, balki katta yolqinlanib turgan tanadir deb ta’kidlagan. Anaksagor asarlarining 22 ta parchasi saqlanib qolgan . Yunon faylasufi Anaksagor tug‘ilganidan so‘ng uning na kulgani va na tabassum qilganini ko‘rishgan. U faylasuf Anaksimendan tahsil olgan. Anaksagor falsafaga shu qadar sho‘ng‘ib ketganki, xo‘jalik ishlari qarovsiz qolib, butun yer mulki poda boqiladigan yaylovga aylangan. Anaksagor hur, noan’anaviy fikrlash tarzi tufayli ta’qiblarga duchor bo‘lgan. Bir qancha muddat turmada o‘tirgan. Anaksagorning faqat “Tabiat haqida” nomli asari bizgacha yetib kelgan. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling