2-mavzu. Kristallar simmetriyasi. (2 soat) Reja
Download 0.99 Mb. Pdf ko'rish
|
2maruza kristal
- Bu sahifa navigatsiya:
- Simmetriya elementlari
2-mavzu. Kristallar simmetriyasi. (2 soat) Reja: 1. Simmetriya to‘g‘risida tushuncha. Simmetriya elementlari. 2. Simmetriya xillari. Simmetriyaning 32 xillarini xosil qilish sxemasi. 3. Kristall ko‘pqirraliliklarni shakllari. 4. Kristallografik simvollar. Kristallning shaklini tekshirish-o‘rganishda, ularni bir-biridan farq qilishda ko‘zga yaqqol ko‘rinadigan bo‘lgilardan biri ulardagi simmetrik (simmetriya – qadimiy grek tilida teng-o‘xshash demakdir) tuzilishdir. Agar ikki shaklining biri- ikkinchisiga o‘xshash va teng mumkin. Bunda, shakllarning mos bo‘laklari (qismlari) orasidagi o‘xshash va tenglikni tasavvur etishda aylanadigan geometrik elementlar simmetriyasi elementlari deyiladi. Enatimorf shakllar A va V shakllar o‘zaro teng bo‘lib R tekisligi qarshisida bir- ikkinchisining aksidir. Simmetriya elementlari Har qanday kristall shaklining o‘zi uchun xos simmetriya elementlari bo‘lib, kristall shaklini qay darajada simmetriya tuzilganligi haqida shu kristallda aniqlangan simmetriya elementlarning turiga va soniga qarab xulosa chiqariladi. SHunga qarab ular ma’lum tartib bilan sinflarga ajratiladi. Biz bu erda faqat cheklangan geometrik shakllari uchun makroko‘zga ko‘rinadigan simmetrik elementlarini ko‘rib o‘tamiz, cheksiz uzluksiz davom etadigan shakllar uchun xos mikro ko‘zga ko‘rinmaydigan simmetriya elementlari haqida keyingi ma’ruzalarimizda eslatib, umumiy tushunchalarni keltiramiz. SHunday qilib, kristall o‘xshash – teng qismlardan iborat shakl. SHu o‘xshashlik va tenglikni ma’lum geometrik vositalari bilan izohlash mumkin. Bunday geometrik vositalar tekislik, to‘g‘ri chiziq yoki nuqta bo‘lishi mumkin. Agar kristallning o‘xshash teng qismlardan iborat ekanligi tekistlikka nisbatan aniqlanar ekan, o‘sha tekistlik simmetrik tekistligi: to‘g‘ri chiziqqa nisbatan aniqlanar ekan, u chiziq simmetriya o‘zi va nihoyat, nuqtaga nisbatan aniqlanar ekan, bu nuqta inversiya markazi deyiladi. Simmetriya elementlari quyida inversiya markazidan boshlab ta’riflanadi. Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling