2-Mavzu Sanoat korxonalarining rivojlanish strategiyasini shakllantirish


 Korxona faoliyatini rejalashtirish


Download 127.72 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/14
Sana03.12.2023
Hajmi127.72 Kb.
#1798009
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
2-mavzu (1)

2.5. Korxona faoliyatini rejalashtirish 
Rejalashtirish - bu boshqariladigan xo‘jalik yurituvchi sub’ektning rivojlanish 
maqsadlarini, ularga erishish usullari va usublarini, yaqin va kelajak uchun turli 
darajadagi batafsil faoliyat dasturlarini ishlab chiqish. 
Rejalashtirish jarayoni quyidagi bosqichlardan o‘tadi: 
- hal qilinishi kerak bo‘lgan muammolarni shakllantirish; 
- bozor sharoitlarini tahlil qilish; 
maqsad va vazifalarni asoslash; 
- amal qilish muddatini aniqlash; 
- korxonaning mumkin bo‘lgan resurslari va potentsialidan foydalanish 
xususiyatlari; 
- rejalashtirish davrida maqsadlarga erishishning asosiy yo‘nalishlarini aniqlash; 
- bozor va korxonadagi o‘zgarishlarni baholash; 
- rejalashtirilgan vazifalarni ijrochilarga etkazish; 
- rejalashtirilgan ko‘rsatkichlarni haqiqiy ma’lumotlar bilan taqqoslash va ruxsat 
etilgan darajadan oshgan hollarda tuzatish. 
Rejalashtirish - mo‘ljallangan ish yoki ma’lum bir xarakatlarni bajarish 
muddati, tartibi va ketma-ketligini ko‘zda tutuvchi chora-tadbirlar tizimi. 


Rejalatirish tartibga soluvchi jarayon sifatida korxona faoliyatini yakin va uzoq 
istiqbol sari ilgari surish, asoslab berish, muayyanlashtirish va izoxlab berishni 
ifodalaydi. 
Reja - korxonaning ma’lum bir vaqt mobaynida amalga oshiruvchi texnik- 
iqtisodiy ko’rsatkichlarini o’zida aks ettiruvchi hujjatni ifodalaydi. 
Rejalashtirish - balans, me’yoriy, iqtisodiy-matematik, statistik, omillar 
bo‘yicha, ko‘p variantli xisob-kitob usullaridan iborat. 
Me’yor - belgilangan sifatdagi mahsulot birligi tayyorlash uchun sarflanuvchi 
xomashyo, material, yoqilg‘i, energiya va boshqa resurslardan foydalanishning yo‘l 
ko‘yilishi mumkin bo‘lgan maksimal yoki minimal chegarasidir. 
Me’yoriy - nisbiy kattalik bo‘lib, asosan foizlar yoki koeffitsientlarda aks ettiriladi. 
U mehnat vositalari va predmetlaridan foydalanish darajasini, ularning xar bir 
maydon birligi, og‘irlik birligi, xajm birligiga sarflaninshini ifodalab beradi. 
Me’yor va me’yoriylar kuyidagi asosiy guruhlar asosida ishlab chiqiladi: 
• tirik mehnat xarajati me’yorlari; 
• moddiy xarajat me’yorlari; 
• ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish me’yorlari; 
• mehnat vositalaridan foydalanish me’yorlari; 
• korxona sex asbob-uskunalarning loyiha quvvatiga chiqish vaqti 
me’yorlari. 

Download 127.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling