2 Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги заҳириддин муҳаммад бобур номидаги андижон давлат университети табиий фанлар факультети
O`ZBEKISTON “QIZIL KITOBI”GA KIRITILGAN
Download 3.53 Mb. Pdf ko'rish
|
biologiya fanining dolzarb muammolari
O`ZBEKISTON “QIZIL KITOBI”GA KIRITILGAN
DUKAKDOSHLAR OILASI VAKILLARI VA ULARNING MUHOFAZASI Boratova M.G`., Yaxshiboyeva D.T., Navoiy davlat pedagogika instituti, Respublika qo`riqxonalarida muhofaza qilayotgan floralarning umuiy holati nisbatan yaxshi bo`linishiga qaramay ko`pgina yovvoyi turlarning tabiiy zahiralari keskin kamayib ketmoqda. Tabiatga o`simliklar dunyoga nisbatan noto`g`ri munosabatda bo`lishiga chek qo`yishi, tabiat boyliklarini muhofaza qilish va ko`paytirish hammamizning burchimizdir. O`zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach atrof-muhitni, hayvonot va o`simliklar dunyosini muhofaza qilishga alohida e’tibor berildi. 1992 yil 9-dekabrda “Tabiatni muhofaza qilish to`g`risida”gi, 1993 yil 7-mayda “Alohida muhofaza qilinadigan hududlar to`g`risida” va nihoyat, 1997 yil 26-dekabrda “O`simliklar dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to`g`risida”gi qonunlar qabul qilindi. Bu qonunlar barcha o`simliklar turlarini saqlab qolish uchun asrab avaylash va muhofaza qilishda juda muhim hujjatlar hisoblanadi. O`zbekiston “Qizil kitob”ga 1979 yilda ta’sis etildi. “Qizil kitob” nabotot olamining kamyob, yo`qolib ketish havfi ostidagi turlar mukammal ma’lumot beradi. Uning vazifasi jamoatchilik va davlat idoralarini tabiat muhofazasi masalasiga jalb etishdan va turlar genofondini saqlab qolishga ko`maklashishdan iborat. . “Qizil kitob”ga 1984 yilda 163 tur, 1998 yilda 96 301 tur, 2009 yilda esa 324 tur o`simliklar ro`yxatga olingan. Undan 5 turi zamburuglar bo`limiga mansub o`simliklardir. Shu o`rinda O`zbekiston “Qizil kitobi”idagi o`simliklar ro`yxatini tahlil qilar ekanmiz, unga kiritilgan o`simliklar tarkibi, unda dukkakdoshlarning kenja oilasiga kiruvchi turlarning o`rni haqida ko`pgina ma’lumotlarni o`rgandik. O`zbekiston Respublikasi hududida hozir 4500 ga yaqin yovvoyi o`simlik turlari mavjud bolib, uning 57 turkumga mansub 470 dan ortig`i dukkakdoshlar oilasiga kiruvchi turlardir. Ular orasida jiddiy muhofazaga muhtoj ko`pgina kamyob, endem va relikt turlar ham bor. Dukkakdoshlar oilasining– 60 turi, jumladan, astragal turkumiga mansub – 37 tur, oksitrops turkumiga mansub – 13 tur O`zbekiston “Qizil kitobi”ga kiritilgan. Bu turlar O`zbekiston florasining 19-20 foizini tashkil etadi. Mazkur o`simliklar dunyosini muhofaza qilishga doir tavsiyalar berishga harakat qildik: 1. O`simliklar moddiy boyligimizning ajralmas muhim birliklaridan biri bo`lib, ularni saqlash, asrash, ulardan oqilona foydalanish har bir fuqaroning burchidir. 2. Kislorod manbai bo`lgan o`simliklarni respublikamizda tarqalgan, ayniqsa dukkakdoshlar oilasiga mansub, chiroyli gulli, dorivor xusuiyatga ega bo`lgan turlarni muhofaza qilish, asrab avaylash, “Qizil kitob”ga kiritilgan turlarni muhofaza choralarini ishlab chiqish va ularni madaniy holda ko`paytirish yo`llarini ishlab chiqish zarur. 3. “Qizil kitob”ga kiritilgan dukkakdoshlar oilasiga mansub turlarni bioekologiyasini o`rganish, uning yangi manbalarini topish, uni muhofaza qilib ko`paytirishga va ro`yxatdan chiqarishga erishish lozim. “Vatanni sevmoq iymondandir” deyiladi Hadishi shariflarda. Vatanni sevgan kishiga uning tuprog`i, tabiati muqaddasdir, noz-ne’matlari azizdir. Shunday ekan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash fidokorlik, tashabbuskorlik talab etiladi. Buning uchun biz O`zbekistonning o`simliklar va hayvonlar dunyosini muhofaza qilishga va ota-bobolarimiz asrlar osha mashaqqat bilan yaratib, avloddan – avlodga o`tkazib, saqlab kelgan navlarni izlab topishga, saqlab qolib, kelgusi avlodlarga in’om etishga harakat qilishimiz lozim. Download 3.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling