2 Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги заҳириддин муҳаммад бобур номидаги андижон давлат университети табиий фанлар факультети


ORGANIZIM ASOSI – SALOMATLIK SARPOSI


Download 3.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/202
Sana20.11.2023
Hajmi3.53 Mb.
#1789958
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   202
Bog'liq
biologiya fanining dolzarb muammolari

ORGANIZIM ASOSI – SALOMATLIK SARPOSI 
G.Ismoilova 
Andijon Davlat Universitet 
Inson… tabiat… salomatlik… 
Bu so’zlar zamirida xali biz o’rganib bo’lmagan sir-u sinoatlar, 
jumboqlar bisyor. Inson yaralibdiki uning hayotida ro’y beradigan barcha 
jarayonlar tabiat bilan bog’liq holda amalga oshadi. Barchamizga malumki, 
tabiat doimiy o’zgarishlar qamrovida. Bu esa, inson organizmi salomatligiga 
o’z ta’sirini ko’rsatmay qolmaydi. Shunday ekan, keling, inson salomatligi 
haqida so’z yuritishdan oldin, inson organizmi tuzilishi haqidagi bilim- 
ko’nikmalarga bir oz to’xtalsak. 
Inson organizmi butun bir sistemalar yig’indisidan iborat bo’lib, bu 
sistemalar asosini organlar tashkil etadi. Organlar – to’qimalardan, to’qimalar 
– hujayralardan, hujayralar ham o’z navbatida molekulalardan, molekulalar 
esa atomlardan tuzilgan. Atomlar Mendeleyev jadvalidagi elementlarni 
asosini tashkil etadi. Bundan osongina xulosa qilishimiz mumkinki, inson 
organizmi-tabiatda mavjud bo’lgan juda ko’p kimyoviy elementlar 
majmuidan iboratdir.
Butun borliq, 118 ta kimyoviy elementlardan iborat bo’lsa, inson 
organizmida bu elemantlarning 92 tasi mavjudligi fanda malum. Ular inson 
organizmida malum bir miqdorda uchraydi va har biri o’ziga xos vazifani 
bajaradi. Har qaysi elementlar miqdorining o’zgarishi: ortishi yoxud 
kamayishi inson organizmida malum darajada o’zgarishlarni vujudga 
keltiradi, natijada inson salomatligi izdan chiqib u yoki bu kasallikni paydo 


204 
qiladi. Xech kimga sir emaski,hozirgi vaqtda tabiatda kechayotgan turli xil
tasirlar natijasida barcha insonlar organizmida qaysidir elementning 
yetishmovchiligi va uning oqibatida turli kasalliklar kelib chiqishi 
kuzatilmoqda. Inson qachonki o’z organizmini yaxshi bilgandagina, o’zidagi 
yetishmovchilik va o’zgarishlarni seza oladi. Tabiiyki, bu o’zgarishlar 
qanday oqibatlarga olib kelishi buning natijasida qanday kasallik kelib 
chiqishi xamda uni oldini olish choralarini bilish barchamiz uchun qiziq. 
Buni bilish uchun esa,jismimiz qanday elementlardan tuzilganligi, ayni 
vaqtda organizmda yetishmayotgan element tabiat tuhfasi hisoblangan 
nematlar va qaysi bir ozuqa maxsuloti tarkibida mujassamligini bilmoq 
kifoya. Misol uchun, insonning bosh miyasidan 18 ta element topilgan. 
Bulardan (Mn) marganets – suyak tarkibida , (Cu) mis – jigar, yurak va 
buyrakda, (Zn) rux – sochlar tarkibida, (Cr) xrom – terida xam uchrashi 
mumkin. Ularning yetishmasligi, masalan, marganets yetishmasligi bo’yning 
o’sishi va jinsiy yetilish susayishi,skelet shakllanishining buzilishi, yod 
tanqisligi endemik buqoq, aqliy o’sish tormozlanishi, ftor yetishmaganda 
tishlar kariesi, mis yetishmaganda kamqonlik – anemiya kabi bir qator 
kasalliklar yuzaga keladi. 
Insonlar o’zlari uchun zarur elementlarni o’simliklardan, xamda, ozuqa 
sifatida ishlatiladigan tabiat nematlaridan oladilar. Bunga misol tariqasida 
keltirish mumkinki, birgina sut tarkibida 23 ta, don maxsulotlari va turli 
sabzavotlar tarkibida 10 dan ortiq, 100 gr kartoshka tarkibida 30 mg (Fe) 
temir, 16.5 mg (Cu) mis, 13 mg (B) bor,bundan tashqari oz miqdorda (As) 
mishyak, (J) yod, (Ni) nikel va (Co) kobalt borligi aniqlangan. shunday ekan 
salomatlik sarposi hisoblangan moddalarni bir meyorda saqlash uchun 
kundalik ovqat ratsioni to’g’ri tashkillanishi va uni tabiatning tabiiy nematlari 
bilan boyitish zarur. Vujudimizda qandaydir noxush holat sezilsa, bilingki, bu 
organizmda biror kimyoviy elementning kamayib yoki ortib ketganidan 
dalolat beradi. Buning uchun aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini 
shakllantirish, atrof muhitni muhofaza qilish, to’g’ri ovqatlanish shu bilan bir 
qatorda tabiat nematlaridan o’z vaqtida oqilona foydalanish va xk. larni 
e’tiborga olgan xolda , o’z salomatligimizni saqlash borasida olib 
borilayotgan ishlarning besamara ketmasligi uchun, xar bir inson o’z jismini 
qanday moddalardan iborat ekanligini bilmog’I foydadan holi emas, albatta. 
Ze’ro Salomatlik – inson hayotidagi eng bebaxo nematdir! 

Download 3.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling