Ishning natijalari:
Xulosa: Don naturasi me’yoriy xujjat bilan taqqoslanadi va hajmiy massasiga baho berish (natura og’irligi yuqori, o‘rta yoki past).
Laboratoriya shli №8. Bug‘doy donining tipini aniqlash.
Ishdan maqsad: Bug‘doy donini tiplarga ajratish uslubini urganish va aniqlash.
Asosiy tushunchalar
Bug‘doy donining tipini aniqlash.
Bug‘doy donining tipini aniqlash uchun tozalangan dondan 20 g namuna olinadi. Bug‘doy doni botanik tavsifi (qattiq yoki yumshoq bug‘doy), rangi (qizil bug‘doy yoki oq bug‘doy) va biologik shakliga (kuzgi yoki bahorgi bug‘doy) tiplarga ajratiladi. Har bir tip alohida texnik tarozida o‘lchanadi va foizda namunaga nisbatan ifodalanadi.
Bug‘doy doni botanik va biologik alomatlari, rangi, shaffofligiga ko‘ra tiplarga va pod tiplarga bo‘linadi.
I tip. Bahorgi yumshoq bug‘doy;
II tip. Bahorgi qattiq bug‘doy;
III tip. Bahorgi oq bug‘doy;
IV tip. Kuzgi qizil bug‘doy;
V tip. Kuzgi oq bug‘doy;
VI tip. Kuzgi qattiq bug‘doy.
Bug‘doy navlari.
O‘zbekiston Respublikasida rayonlashtirilgan bug‘doy navlaridan 40 tadan ortig‘i ekilmoqda. Shulardan, ko‘pchiligi O‘zbekiston Respublikasida yaratilgan. Respublikamizda yaratilgan va ekiladigan kuzgi yumshoq navlari: Bo‘zsuv-1, G‘ayrat, Zumrat, Grekum 439, Ko‘kbuloq, Marjon, Oq bug‘doy, Sanzor 4, Sanzor 6, Tez pishar, Unumli bug‘doy, Chillaki, Hosildor, Sherdor, Yonbosh.
Do'stlaringiz bilan baham: |