20г майдаланмаган доннинг \уритишдан кейинги


Laboratoriya ishi №6. Donning namligini aniqlash


Download 1.69 Mb.
bet11/51
Sana02.04.2023
Hajmi1.69 Mb.
#1320707
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   51
Bog'liq
laboratoriya mashug\'lot 2020(1)

Laboratoriya ishi №6. Donning namligini aniqlash.


Ishdan maqsad: Donning namligini aniqlash uslublarini o‘rganish va aniqlash.
Asosiy tushunchalar
Don massasining namlgini uni saqlashdagi asosiy ko‘rsatkichidir. Biroq ma’lumki, saqlashda donlarning namligi saqlash sharoitiga bog‘liq holda o‘zgaradi.
Donning massasining namlanishi yoki qurishi tashqi xonadagi suv bug‘larining yuzasidagi namlik miqdoriga bog‘liqdir. Tashqi havo bug‘larning nisbiy namlikning farqi qanchalik katta bo‘lsa, namlikning sorbsiyasi yoki desorbiyasi shunchalik tez boradi. Bir qancha vaqt o‘tishi bilan havodan donga yoki dondan havoga suvning o‘tishi tugaydi dinamik muvozanat holatiga keladi. Bu paytda tashqi havodagi suv bug‘ining parsial bosimi bilan don massasi yuzasidagi porsial bosim bir-birga teng bo‘ladi.
Davlat standartlarida g‘alla ekinlari uchun namlikning 4 ta holati berilgan:
1. Quruq don namligi - 14% gacha;
2. O‘rtacha namlik 14.1 - 15,5% gacha;
5. Nam don - 15.6 - 17% gacha;
4. Ho’l don - 17% va undan yuqori.
Don namligi to‘g’ri va bilvosita usullar bilan aniqlanadi.
Bilvosita usul: qolgan qoldiq bo‘yicha aniqlash elektrik va kimyoviy usullardir. Bu usullar oziq-ovqat sanoatida keng qullaniladi.
Don namligini SESh - quritish shkaflarida: 105°, 130° quritib, qolgan qoldiq bo‘yicha namlikni aniqlash asosiy standart usuli deyiladi.
Agar don namligi 17% dan yuqori bo‘lsa donni maydalab quritishdan avval butun don namunasi 105° da 30 daqiqa davomida quritib olinib aniqlanadi.
Ishni bajarish tartibi
Kerakli asbob va uskunalar:
1. Texnik tarozilar;
2. Laboratoriya tegirmonchasi;
3. SESh-3M quritish shkafi;
4. 0,8 mm o‘lchamli simli elak:
5. Byuksalar;
6. Tigelli qisqich;
7. Signalli soat;
8. Eksikator;


Don namligini asosiy standart usuli bilan aniqlash.
30 g don laboratoriya tegirmonchasida maydalanadi. Maydalangan don yirikligi 0,8 mm li elakdan elanib aniqlanadi.

Don turi

0,8 mm li elakdan o‘tgan elanma

Bug‘doy
Grechixa
Suli
Boshqa boshoqli va dukkakli donlar

60% dan kam emas
50%
30%
50%



Bo‘sh byukslar og‘irligi texnik tarozida o‘lchanadi. Maydalangan dondan xar biri 5g dan bo‘lgan namuna byukslarga joylashtiriladi. O‘lchanma 0,1% aniqlikda bajariladi. Quritshi shkafi 130° C gacha qizdirilgan bo‘lishi kerak. Byukslar namuna bilan SESh quritish shkafiga qopqoqlari ochiq holda joylashtiriladi va nazorat chirog‘i o‘chgandan so‘ng vaqt belgilanadi. 130° C haroratda 40 daqiqa davomida quritiladi. Keyin byukslar tigelli qisqichlar yordamida tortilib olinib, qopqog‘i yopiladi va eksikatorga 15-20 daqiqa ga sovutish uchun qo‘yiladi.
Sovutilgandan so‘ng byukslar og‘irligi o‘lchanadi va namlikni yo‘qotilishi aniqlanadi.
Namlik quyidagi formula orqali aniqlanadi:

Download 1.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling