20г майдаланмаган доннинг \уритишдан кейинги
Laboratoriya ishi №4. Don massasining tabiiy qiyalik va ishqalanish burchagini aniqlash
Download 1.69 Mb.
|
laboratoriya mashug\'lot 2020(1)
Laboratoriya ishi №4. Don massasining tabiiy qiyalik va ishqalanish burchagini aniqlash
Ishdan maqsad: Turli donlarning tabiiy qiyalik va ishqalanish burchagini aniqlash usullarini o'rganish. Asosiy tushuncha Don massasi turli komponentlarning yig'indisidan, shuningdek asosiy ekinlarning donlaridan, aralashmalardan, mikroorganizmlardan, donlar orasidagi havodan, hashorotlar va kanalardan tashkil topgan. Donda tabiati bo'yicha turlicha bo'lgan komponentlarning mavjudligi tufayli ularda o'ziga xos xususiyatlar yuzaga keladi. Qaysiki bu xususiyatlar donni saqlashda e'tiborga olinishi zarur. Shunday qilib, don massasi o'zida turli xil komponentlar (don aralashmalar)ni saqlaydi, bu esa donning oquvchanligiga ta'sir ko'rsatadi. Oquvchanlik xussusiyati kata amaliy ahamiyatga ega. Oquvchanlik tufayli don massasi noriyalarda, transportyorlarda va boshqa mashinalarda oson harakat qiladi. Shuningdek, donlarni bunkerlarga, siloslarga joylashtirishda va o'zi oqar quvurlar yordamida ulardan chiqarib olishda ushbu xususiyat asqotadi. Don massasining oquvchanligini e'tiborga olgan holda o'zi oqar quvurlarning minimal qiyalik burchagi hamda elevatorlarda, un, yorma va omuxta yem ishlab chiqarish zavodlarida bunker va siloslarning haqiqiy hajmlari aniqlanadi. Saqlash jarayonida don massasi oquvchanligi kamayadi. Oquvchanlik ko'rsatkichi donning ishqalanish va tabiiy qiyalik burchaklari bilan baholanadi. Tabiiiy qiyalik burchagi deb don massasining gorizontal tekislikka tushib hosil qilgan konus asosining diametri bilan tashkil qiluvchisi orasidagi burchakka aytiladi. Ishqalanish burchagi deb, don massasining qiya yuza bo'ylab harakatga kela boshlagan eng kichik burchagiga aytiladi. Don massasining oquvchanlik darajasiga don massasidagi qattiq jismlarning granulametrik tarkibi va tabiati ta'sir ko'rsatadi. Bular don va aralashmalar yuzasining holati, tavsifi, shakli, o'lchamlari, namligi, aralashmalarning tarkibi va miqdori, shuningdek sirpanuvchi yuzadan,materialidan va shaklidan iborat. Yuqori oquvchanlikka va kichik tabiiy qiyalik burchagiga ega bo'lgan don massalari yumaloq shaklga, silliq yuzaga ega bo'lgan donlardir. Bular tariq, no'xat, soya va boshqalar. Donlar shakli yumaloq ko'rinishdan uzoqlashgan sari ularning oquvchanligi kamayadi. Don massalari tarkibidagi aralashmalar miqdori uning oquvchanligini kamaytiradi. Ayniqsa yengil aralashmalar (somon,xas va boshqalar) uni sezilarli darajada kamaytiradi. Don massasining namligi oshib brogan sari uning oquvchanligi kamayadi va aksincha , tabiiy qiyalik burchagi ortib boradi. Download 1.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling