Ishni bajarish tartibi
Kerakli asbob va uskunalar:
1. Donning o‘rtacha namunasi.
2. Elaklar: diametri 2,5 mm. Diametri 1,5 mm.
3. Konussimon lupa (4-4,5 martda katta).
4. Tahlil taxtasi.
5. 1% K2MnO4 eritmasi.
6. Skalpel.
7. Termometr.
8. Suv 30° C.
Donning hashorotlar bilan aniq shaklda zararlanganligini aniqlash.
Donning o‘rtacha namunasi diametri 2,5 mm va 1,5 mm bo‘lgan elaklardan elanadi (1 daqiqa da 120 harakat). Agar don harorati 5 °S past bo‘lsa 10-20 daqiqa davomida xona haroratida hashorotlar faollanishi uchun isitiladi. Elash tugagach diametri 2,5 mm elak ustida qolgan qoldiq kuzatiladi va tirik hashorotlar nomlari aniqlanadi (katta unxo‘rak, mavritan qo‘ng‘izi, g‘alla parmalochi qo‘ng‘iz, no‘xat xo‘rak). Diametri 1.5 mm elak ustida qolgan qoldiqdan esa maydaroq hashorotlar qaraladi (mayda unxo‘rak, uzuntumshuq, sholi uzuntumshug‘i). Diametri 1.5 mm elakdan o‘tgan don tahlil taxtasining qora tomoniga joylashtiriladi va lupa yordamida toshkanalar (untoshkanasi, uzunchok toshkana, tukli toshkana) borligi aniqlanadi. Tirik hashorotlar ajratib olinadi va 1 kg donga nisbatan soni belgilanadi.
Uzuntumshuq, va toshkanalar uchun zararlanish darajasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |