20г майдаланмаган доннинг \уритишдан кейинги
laboratoriya mashug\'lot 2020(1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Donli aralashma
- Laboratoriya ishi №3. Donlarning hashorotlar bilan zararlanganligini aniqlash. Ishda n maqsad
- Asosiy tushunchalar
Iflos aralashmalar:
1mm bo‘lgan elak orqali o‘tkazilgan porsiyalar. Mineral aralashmalar (kesak, tosh, gayka, kepak va boshqalar) Organik aralashmalar (g‘alla poyasi, o‘zagi, cho‘p, has, barglar) Yovvoyi o‘simliklar urug‘lari. Madaniy o‘simliklar urug‘lari. Don aralashmasiga kiritilmaydigan Bug‘doy, arpa, suli donlarining singan, kuygan endospermdan ajralgan to‘plami. Zararli aralashmalar: qora kosov, mastak, vyazel, safara tulkidum, eshakmiya, tosh, qora kuya va boshqalar. Donli aralashma: 1. Yanchilgan, singan, pishib yetilmagan va rivojlanmagan donlar. 2. Ezilgan donlar. 3. Yumshoq - to‘la yetilmaganlar. 4. O’sib ketgan, kurtak otgan donlar. 5. Sovuq urgan donlar. 6. Quritilganda yoki o‘z-o‘zidan qizib kuygan donlar. 7. Quritilganda shishib ketgan donlar. 8. Arpa, suli iflos chiqindilarga qo‘shilmaydigan kichik, mayda donlar. 9. 1,7x20 mm o‘dchamli elakdan o‘tib ketgan donlar. |
|
|
Xulosa: 1. Bug‘doyning iflosligi bo’yicha holati:
Keraksiz aralashmalar bo‘yicha__________________________ .
Donli aralashmalar bo‘yicha ____________________________.
Mazkur tekshirilgan don massasi bazis yoki chegaralovchi talablarga iflos va donli aralashmalar miqdori bo‘yicha mos kelishligini aniqlash.
Laboratoriya ishi №3. Donlarning hashorotlar bilan zararlanganligini aniqlash.
Ishdan maqsad: Donning ombor hashorotlari bilan zararlanganlini aniqlash uslubini o‘rganish. Donning hashorotlar bilan aniq va yashirin shaklda zararlanganligini aniqlash.
Asosiy tushunchalar
Don massasida uchraydigan hashorotlar juda xilma xildir. Hashorotlarni ko‘pchiligi faqat don omborlarda rivojlanishadi va tabiiy sharoitlarda uchramaydilar. Ayrimlari tabiatda ham, omborlarda ham yashash faoliyatini davom ettiraveradi. Hashorotlarning alohida turlari esa rivojlanish sikllarini omborlarda tugatadilar. Don massasida tirik hashorotlarni qaysi rivojlanish davridan qat’iy nazar, don partiyasini zararlangan deb hisoblashga asos bo‘ladi. Bu ko‘rsatkich har bir don partiyasining sifatini qabul qilish, jo‘natish va saqlash davrida baholashda aniqlanadi. Don massasiga dala hashorotlarining tushib qolishi (masalan toshbaqasimon kana va boshqalar) uni hashorotlar bilan zararlangan deyishga asos bo‘lmaydi.
Dondagi hashorotlar don va don mahsulotlari sifatiga juda kata zarar yetkazadplar (xar yili dunyo bo‘yicha 5-10%). Mahsulot sifatining buzilishiga, yo‘qolishiga, urug‘lik donllar sifatiga salbiy ta’sir etadi. Hashorotlarning bo‘lishi don massasida harorar va namlikning ko‘tarilishiga, bu esa donning o‘z-o‘zidan qizishiga olib keladi. Shuning uchun bu ko‘rsatkich don va don mahsulotlarida doimo nazoratda bo‘ladi. Don partiyasining hashorotlar bilan zararlanishining ikki turi mavjud: -ochiq va yashirin. Ochiq shaklida don massasida tirik hashorotlarni barcha rivojlanish fazasida ko‘rish mumkin. Yashirin shaklida esa hashorotlarning barcha rivojlanish davri don ichida o‘tadi.
Dondagi tirik hashorotlar bir kilogramm donga nisbatan ekzemplyar (dona) hisobida belgilangan (o‘lik hashorotlar e’tiborga olinmaydi). Keng tarqalgan hashorotlar uchun (uzuntumshuq va toshkana) 1 kg donga nisbatan zararlanish darajasi belgilangan.
Download 1.69 Mb.
Do'stlaringiz bilan baham:
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling