20г майдаланмаган доннинг \уритишдан кейинги


Download 1.69 Mb.
bet9/51
Sana02.04.2023
Hajmi1.69 Mb.
#1320707
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   51
Bog'liq
laboratoriya mashug\'lot 2020(1)

Ishni bajarish tartibi
Kerakli asbob va uskunalar:
1. voronka;
2. taglik;
3. transportir;
4. turli xil don namunalari.


Don massasining tabiiy qiyalik burchagi 1-rasmda keltirilgan asbob yordamida aniqlanadi.
1-rasm. Voronkadan to'kilganda donning tabiiy qiyalik burchagini aniqlash uchun qurilma.
1 - voronka; 2 - taglik; 3 - transportir.
Bu qurilma chiqaruvchi qismi yopiladigan voronka (1) va bu voronkani mahkamlash uchun taglik (2), burchakni o'lchash uchunyuk bog'langan transporter (3) va chizg'ichdan tashkil topgan. Voronkadan to'kiladigan donning balandligi qiymatga egadir.voronka tekshiriladigan don bilan yuqori qismigacha qismigacha to'ldiriladi. Voronkadan tushayotgan don massasi tekis yuzada konus hosil qiladi. Asos diametri va konusning hosil qiluvchisi o'rtasidagi burchak tabiiy qiyalik burchagidir. U chizg'ich va transportir yordamida aniqlanadi.
Xulosa: donlarni tabiiy qiyqlik va ishqalanish burchagini aniqlashni standart talablari bo'yicha tekshirib solishtirib ko'rish.
Laboratoriya ishi №5. Donlar orasidagi bo'shliqni aniqlash.


Ishdan maqsad: Don orasidagi bo'shliq, don komponentlari, joylashuv zichligi va donlarning havo bilan taminlanganligini aniqlash usullarini o'rganish va standartlar bilan taqqoslash.
Asosiy tushuncha
Don massasi omborlarda yoki siloslarda joylashtirilganda zich massa hosil qilmaydi. Uning qattiq komponentlari orasida erkin bo'shliqlar qoladi, qaysiki bu oraliqlar havo bilan to'lgandir. Donlarning joylashuv zichligi va ular orasidagi bo'shliq don massasining umumiy hajmiga nisbatan foizlarda ifodalanadi.
Don massasining joylashuv zichligi va ular orasidagi bo'shliqning mavjudligi saqlashda kata amaliy ahamiyatga ega. Donlar orasida havoning mavjudligi don massasining harorati va namligining o'zgarishiga ta'sir ko'rsatadi va unda kechadigan fiziologik jarayonlarning tavsifini aniqlaydi. Donlar orasidagi havo g'ovaklar bo'yicha joylashib issiqlikni konvektsiya yo'li bilan uzatadi va namlik don massalarida bug' ko'rinishida tarqaladi. Donlar orasidagi bo'shliqning mavjudligi ularni quritish, faol shamollatish va gazatsiya o'tkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Don massasining g'ovakligi urug'larni saqlashda ularning hayot faoliyatiga kata ta'sir ko'rsatadi. Don massalarining joylashuv zichligi va g'ovakligi uning tarkibidagi qattiq komponentlarning shaklidan, o'lchamidan, yuzasining holatidan, don massasining namligidan, turkumning hajmidan, omborning shakli va o'lchamlaridan, uni to'ldirish usulidan hamda saqlash muddatidan bog'liq bo'ladi.



Download 1.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling