21-Mavzu. Mirzacho’l iqtisodiy rayoni Reja


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/15
Sana30.04.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1413075
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
21-MAVZU.MA\'RUZA.O\'zbekiston geogr.2-kurs (1)



21-Mavzu. Mirzacho’l iqtisodiy rayoni 
Reja: 
1.Iqtisodiy rayonning geografik o’rni
2.Iqtisodiy rayonning tarkibi: 
2.1.Jizzax viloyatining iqtisodiy geografik tavsifi
2.2.Sirdaryo viloyatining iqtisodiy geografik tavsifi 
Tayanch so’zlar: 
Geografik o’rin,tabiiy sharoit va mineral resurslari,aholi tarkibi, urbanizatsiya 
darajasi, sanoat industriyasi,intensiv qishloq xo’jaligi, transport taraqqiyoti. 
1.Iqtisodiy rayonning geografik o’rni 
Mirzacho’l iqtisodiy rayoni o’tgan asrning 80-yillarida Jizzax hamda Sirdaryo 
viloyatlari negizida tashkil topgan. Uning maydoni 25,4 ming kv. km. bo’lib, 
respublika hududining 5,7 foiziga tengdir. Maydoni bo’yicha bu ikki ma’muriy 
hudud bir-biridan keskin farq qiladi: Jizzax viloyatining maydoni 21,2 ming kv. km. 
bo’lib, Sirdaryonikidan deyarli 5 marta katta.Mazkur iqtisodiy rayon aholisi 2 322 
ming kishi (2022y 1-yanvar) yoki O’zbekiston aholisining 6,5 foiziga yaqini shu 
hududda yashaydi. Maydoni bo’yicha ham, demografik salohiyati bo’yicha ham 
Sirdaryo viloyati mamlakatimizda eng kichik hisoblanadi. Bu yerda rayon hosil 
qiluvchi asos sifatida yangi yerlarni o’zlashtirish xizmat qilgan. Binobarin, hududiy 
mehnat taqsimotida Mirzacho’l respublikamizda, eng avvalo, o’zining agrosanoat 
majmuasi bilan ajralib turadi. Rayon xo’jaligi paxta, poliz ekinlarini yetishtirishga, 
g’allachilikka ixtisoslashgan. Uning hissasiga O’zbekiston yalpi ichki 
mahsulotining 5,3 foizi, sanoat ishlab chiqarishining 4 % va qishloq xo’jalik 
mahsulotining 9,9 foizi to’g’ri keladi.(2021y). Umuman olganda, Mirzacho’l endi 
shakllanayotgan, hududiy ishlab chiqarish majmuasi to’liq siklga ega bo’lmagan 
iqtisodiy makon hisoblanadi. 
Mirzacho’l iqtisodiy rayoni tabiiy resurslarga, xususan foydali qazilmalarga 
uncha boy emas. Bunga uning geologik utmishi, yer usti ham o’z ta’sirini 
ko’rsatgan. 
Rayonning kuchli tomonlari uning nisbatan qo’lay iqtisodiy geografik o’rni, 
mehnat resurslari, infratuzilma hamda qurilish va elektr energiya ba’zasining 
mavjudligida namoyon bo’ladi. Zaif tomonlari esa qazilma resurslarining ozligi, 
iqtisodiy “zanjirining” to’liqsizligi, qayta ishlash sanoatining rivojlanmaganligidir. 
Boshqacha qilib aytganda, Mirzacho’l Toshkent va Zarafshon iqtisodiy rayonlari 
o’rtasida o’zigaxos “vakum” hisoblanadi Ayni vaqtda, rayon o’ziningbunday oraliq 
geografik mavqesidan ham foydalanishi mumkin.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling