2–sho’ba ilg‘or xorijiy tajribalar, xalqaro baholash dasturi talablari orqali o‘qitish metodologiyasini takomillantirish


Download 1.85 Mb.
bet35/78
Sana21.07.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1661534
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   78
Bog'liq
2-sho\'ba B.Umarov 2023 тахрир турт

ABSTRACT
The article is devoted to the work on the text in the reading lessons, which provides information on the content of the work on the text and the didactic tasks of the reading lessons.
Keywords: reading, text, didactics, literacy, reading, education, storytelling, work, comprehension, understanding, appreciation, interpretive reading, reproductive.

Mamlakatimiz rivojlanib borayotgan bir davrda kelajagimiz davomchilari bo‘lgan yoshlarning ijodiy g‘oyalari va ijodkorligini har tomonlama qo‘llab–quvvatlash, ularning bilim, ko‘nikma va malakalarini xalqaro mezon va talablar asosida baholash tizimini takomillashtirish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir.


IEA tashkiloti tomonidan tashkil etilayotgan PIRLS – boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matnni o‘qib tushunish darajasini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqot dasturidir. Boshqacha qilib aytganda, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qib tushunish ko‘nikmalarini qay darajada rivojlanganligi haqidagi ma’lumotlarni xalqaro miqyosda taqqoslash imkonini beradigan, o‘qish va o‘qitishni yaxshilash uchun ta’lim sohasidagi davlat siyosatiga oid ma’lumotlarni taqdim etadigan yirik xalqaro baholash dasturidir.
O‘quvchilarning erishgan yutuqlarini o‘rganishda tanlab olingan o‘quvchilardan obyektiv testlarni o‘tkazish orqali baholanadi. Shuningdek, maktab direktorlari, o‘qituvchilar, o‘quvchilar, hattoki ota–onalardan so‘rovnomalar o‘tkazilib, maktabdagi ta’lim sifatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar, jumladan, maktab resurslari, o‘quvchilarning ta’lim olishga oid qarashlari, o‘qitish usullari hamda uy sharoitida o‘quvchilarning bilim olishi qanchalik darajada qo‘llab–quvvatlanayotganligiga doir qimmatli ma’lumotlar to‘planadi. Ushbu tadqiqotlar yuqori texnik va ilmiy talablar asosida o‘tkaziladi. Shuningdek, o‘rganilayotgan holatlarning xususiyatidan kelib chiqib, amaliy tadqiqotlar bilan birga kuzatuv kabi samarali usullardan ham foydalaniladi.
2021 yilda O‘zbekiston ilk marta PIRLS o‘quvchilarning o’qish savodxonligini baholash bo‘yicha xalqaro dasturida ishtirok etdi. Bu esa o‘quvchilar bilimini xalqaro miqyosda sinab ko‘rish imkoniyatini beradi. Mazkur dastur 2001 yildan beri o‘tkazib kelinayotgan bo‘lib, har 5 yilda 10,5 yoshli bolalarning o‘qish savodxonligi bo‘yicha bilimini tekshiradi. Bunda bolalarning olgan bilimlariga ko’ra o’z mustaqil fikrlarini bildira olishlari va matn yuzasidan o’z xulosalarini chiqarishi muhim sanaladi. O‘tgan 20 yilda PIRLS turli davlatlarda o’quvchilarning matn ustida ishlash, badiiy tajriba orttirish, ma’lumot olish va undan foydalanish ko‘nikmalarini baholab kelmoqda.
Hozirgi kunda respublikamizdagi o’quvchilarning PIRLS tadqiqotiga muvaffaqiyatli ishtirokini ta’muinlash uchun Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi huzurida Ta'lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi tomonidan o’quvchilar uchun mashq daftarlar ishlab chiqildi.
Boshlang‘ich sinf о‘quvchilarida о‘qish va matnni tushunishga о‘rgatish murakkab pedagogik jarayon bо‘lib, uni samarali tashkil etish boshlang‘ich sinf о‘qituvchilaridan jarayonga maqsadli, tizimli yondashishni talab etadi. Binobarin, о‘quvchilarni о‘qish va matnni tushunishga о‘rgatishda boshlang‘ich sinf о‘qituvchilari yetakchi о‘rin egallaydi. Shunday ekan boshlang’ich sinf darslarida o’quvchilarni turli xildagi matnlar ustida ishlashga o’rgatish zarur. Biz quyidagi matn asosida o‘quvchilarimizni PIRLS tadqiqotlari doirasida matn ustida ishlashga tayyorlashimiz mumkin. Matn 4–sinf sinfdan tashqari o’qish darslari uchun mo’ljallangan. Matn ustida ish olib borish uchun o’quvchilarga 40 daqiqa vaqt beriladi. O’quvchilar avval matnni o’qib chiqadilar, so’ng matn yuzasidan berilgan topshiriqlar ustida ishlaydilar (O’qituvchi tushuntirishisiz).
SOQOV QABILA (Ertak)

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling