2–sho’ba ilg‘or xorijiy tajribalar, xalqaro baholash dasturi talablari orqali o‘qitish metodologiyasini takomillantirish


Download 1.85 Mb.
bet36/78
Sana21.07.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1661534
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   78
Bog'liq
2-sho\'ba B.Umarov 2023 тахрир турт

Erkin Madolimov
Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, baland tog‘lar bilan o‘ralgan kenglikda katta qabila yashar ekan. Qabila aholisi so‘zlay olmas, o‘z fikr–istaklarini imo–ishora, ko‘z qarashlari va qo‘l barmoqlarini qimirlatish orqali bildirishar, shu yo‘sinda bir–birlarini tushunishar ekan. Ular orasida tog‘ yaqinida yashovchi tabib ham bo‘lib, turli xastaliklar va zaharlanishlarni dorivor giyohlar bilan davolab, qabila aholisiga katta naf yetkazar ekan. U kunlarning birida baland tog‘ yonbag‘rida avval hech uchramagan giyohlarga duch kelibdi. Ulardan malham tayyorlab, odatiga ko‘ra bu malhamni o‘zida sinab ko‘ribdi. Bu malham ta’sirida tabibning quloqlari ochilib, dilidagi tuyg‘ular tiliga ko‘chib gapira boshlabdi.
Tabib avval qo‘rqibdi, keyin shodligidan hayqirib yuboribdi. Bu o‘simlikning mo‘jiza ekanligini anglabdi. So‘ng kampiriga ham shu malhamdan beribdi. Chol–u kampir imo–ishorasiz ravon so‘zlashar bir–birlari bilan uzoq suhbat qurisharkan.
“Bizga go‘zal hayot bilan birga ehtiyojlarimiz uchun zarur ashyolarni ato etding. Gapirolmay soqov yashardik, mana mo‘jizalarning yana biri so‘zlashish imkoniyatini ham in’om etding”, deb shukronalar aytisharkan.
Qabiladoshlari tez orada bu voqeadan xabar topishibdi. Tabibning eshigi oldidan navbat uzilmabdi. U hammaga mo‘jiza giyohdan tayyorlanagan malhamdan beribdi.
Endi odamlar xursandchilik bilan salomlashishar, chiroyli suhbatlar qurishar, bir–biriga tinchlik, omonlik tilasharkan.
Nutq tufayli yer yuzida ma’naviyat, adabiyot va san’at yoyilibdi. Kun–u oylar o‘tibdi.
Bir kun tabib o‘z o‘g‘lining yaqin o‘rtog‘i bilan janjallashayotgani, ularning uyat so‘zlar aytayotgani ustidan chiqib qolibdi. Tabib ularga “Behayo so‘zlovchi axloqsiz kishilar ikki dunyoda ham katta zarar ko‘rishini, yomon so‘z barakasizlik sababchisi” ekanligini aytib, nasihat qilibdi. Gap asnosida bolalar “Bunday bo‘lmag‘ur so‘zlarni odamlar ko‘p joyda, bir–ikkita shaytonga o‘xshagan kimsalar baqir–chaqir qilganda, eshitgan edik”, deyishibdi.
Xullas, ikki o‘rtoq murosaga kelib tabibdan uzoqlashishibdi. Tabib ilk bor og‘riq kirgan chap ko‘ksiga qo‘lini qo‘yibdi. Osmonga tikilib, mo‘jiza giyohini soqovlarga yetkazib to‘g‘ri qildimmi yoki xatoga yo‘l qo‘ydimmi, deb o‘ylanib qolibdi.

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling