3-klass triangulyat
Mahalliy geodezik tarmoqlar
Download 1 Mb.
|
jas jan
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.2 Yuqori aniqlikdagi teodolitlar va ulardan foydalanish tartib-qoidalari.
Mahalliy geodezik tarmoqlar. Qator holatlarda joyning lokal uchastkalarida, har qanday vaqtda planda nuqtalarning o‘zaro holati va balandligi bo‘yicha aniqlash talabidan kelib chiqadigan murakkab ilmiy va ilmiy-texnik masalalarni yechishga to‘g‘ri keladi. Bunday hollarda o‘ta yuqori aniqlikda maxsus tarmoqlar barpo etiladi va ularda aniq vaqt oralig‘ida takroriy pretsizon o‘lchashlar bajariladi. Bunday tarmoqlardagi o‘lchashlarning matematik qayta ishlanishi mahalliy koordinatalar sistemasida bajariladi, u shunday tanlanadi-ki, bunda o‘lchangan miqdorlardan ularni mahalliy ko‘chirish sathida proyeksiyasiga o‘tish uchun reduksion tuzatma imkoni boricha kichik bo‘lsin. Bunday tarmoqlardan, masalan, kuchli yer silkinishlarning sabablarini qidirishda va bashorat qilishda, kuchli-qudratli radioteleskoplarni qurishda va ekspluatatsiya qilishda, elementar zarrachalar tezlatgichlarini va gidrostansiyalar qurilishida foydalaniladi.
1.2 Yuqori aniqlikdagi teodolitlar va ulardan foydalanish tartib-qoidalari. Burchak o‘lchash geodezik asboblarini vazifasi, o‘lchash aniqligi va konstruksiyasiga qarab turli guruhlarga bo‘lish mumkin. Vazifasiga qarab burchak o‘lchash geodezik asboblari teodolitlarga va astronomik teodolitlarga bo‘linadi. Teodolitlar geodezik tarmoqlar punktlarida gorizontal burchaklar va zenit masofalarni o‘lchashda, astronomik teodolitlar esa Laplas punktlarida astronomik kuzatishlarni bajarib kenglik, uzoqlik va azimutlarni aniqlashda ishlatiladi. Aniqligi bo‘yicha teodolitlar yuqori aniqlikdagi teodolitlar, aniq teodolitlar va texnik teodolitlarga bo‘linadi. Yuqori aniqlikdagi teodolitlarga burchakni laboratoriya sharoitida bir priyomda m≤1'', aniq teodolitlarga 1 Davlat geodezik tarmoqlarini qurishda burchak o‘lchash ishlari turli fizik-geografik va iqlimiy sharoitlarda: issiq cho‘l va qumlik hududlarda, tog‘ oldi va baland tog‘ hududlarda, havo haroratining keskin tebranishlarida (+50 dan –200°C) bajariladi. Har bir asbobdan bunday sharoitlarda uzoq yillar davomida foydalanish, kam mehnat va vaqt sarflab yuqori aniqlikdagi o‘lchash natijalariga erishish burchak o‘lchash asboblarini ishlab chiqishda maxsus talablarni hisobga olish va ularni ta’minlashni talab etadi. Bu talablardan eng asosiylari quyidagilar: – turli fizik-geografik va iqlimiy sharoitlarda bajarilgan o‘lchashlardan yuqori aniqlikda va kam o‘zgaruvchan natijalarni olish; – qiyin ekspeditsiya sharoitlarida va uzoq vaqt davomida foydalanishda teodolit asbobining ishchi holatda bo‘lishini ta’minlash; – asbobni kichik hajmli va yengil bo‘lishi bilan birga uni o‘lchash jarayonida turg‘unligi, qismlari oddiy va ishonchli bo‘lishini hamda ishlashda qulayligini ta’minlash. 1.1-rasm. Ko‘tarish vintining deformatsiyasi tufayli teodolit tagligining azimutal siljish. Teodolit o‘qi bilan ko‘targich vintlar orasidagi masofa r=14sm bo‘lganda bu siljish teodolitni limbi bilan birga quyidagi burchak qiymatga burilishiga sabab bo‘ladi: = =0.7 bu esa o‘z navbatida o‘lchangan yo‘nalish qiymatiga shu miqdorda ta’sir etadi. Agar burchaklar yuqori aniqlikda o‘lchansa xatosi 0,5'' dan oshmasligi kerak, demak yuqoridagi 0,7'' yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan xatolikdir. Bundan kelib chiqadiki, kuzatishlar davomida katta ehtiyotkorlik bilan ishlash talab qilinadi. Geodezik tarmoqlarda punktlar orasidagi masofalar 15–20 km bo‘lganda asbob xatolari ma*x bilan tashqi muhit ta’siri mm*M (yon refratsiya, signallarni buralish) xatolarini o‘zaro teng deb qabul qilish mumkin. Shuni hisobga olib, 1-klass triangulyatsiyasi uchun burchak o‘lchashni o‘rta kvadratik xatosini (1≤0,7'') quyidagicha yozamiz: mβ = m2a.x.+ m2 t.m. ≤ 0,7'' (1.1) Asbob xatosi ma.x. teodolit kompleks xatolarining qo‘shma ta’siridan kelib chiqadi. Teng ta’sir etish prinsipiga asosan aytish mumkinki, har bir xato manbasining ta’siri 0,2–0,3'' dan oshmasligi kerak. Ushbu murakkab bo‘lmagan hisoblash yuqori aniqlikdagi teodolitni tayyorlash, yig‘ish va sozlash uchun qanday yuqori talablar qo‘yilishini ko‘rsatadi. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling