3-mavzu. Agrosanoat majmuasining mohiyati, tarkibi va vazifalari
Agrosanoat majmuining tushunchasi, maqsadlari va tuzilishi
Download 209.5 Kb.
|
3-mavzu.Mar\'uza matn
- Bu sahifa navigatsiya:
- Agrosanoat majmuasining tarkibi.
Agrosanoat majmuining tushunchasi, maqsadlari va tuzilishi. Agrosanoat majmui - bu iqtisodiyotning turli sohalarida qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, uning ishlab chiqarilishini ta’minlash va iste‘molchilarga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berish bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlar tizimidir.
Agrosanoat majmuasining rivojlanishi hal qiluvchi darajada butun milliy iqtisodiy salohiyatning holatini, davlatning oziq-ovqat xavfsizligi darajasini va jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni belgilaydi. Agrosanoat majmuasining asosiy vazifasi aholining oziq-ovqat va iste‘mol tovarlariga bo‘lgan ehtiyojlarini maksimal darajada qondirishdan iborat. O‘zbekistonning agrosanoat majmui - bu eng yirik milliy iqtisodiy majmua. U yagona yaxlit birlik sifatida 70-yillarning o‘rtalarida milliy iqtisodiyotning ko‘plab tarmoqlarini yagona kompleksga birlashtirish uchun moddiy, texnik, ilmiy, nazariy va ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar yaratilgan paytda shakllandi. Iqtisodiyot tarmoqlarining 70 dan ortiq ishlab chiqarish va muomila jarayonlarining turli bosqichlarida agrosanoat majmuasining tayyor mahsulotlarini yaratishda bevosita yoki bilvosita ishtirok etadilar. Agrosanoat majmui ishlab chiqarish jarayonida ham yakuniy mahsulotni iste‘molchiga etkazishda ham bevosita ishtirok etadigan texnologik va iqtisodiy jihatdan bir-biri bilan bog‘liq tarmoqlarni o‘z ichiga oladi. Agrosanoat majmuasining tarkibi. Agrosanoat majmuasi uchta sohani o‘z ichiga oladi. Birinchi yo‘nalish qishloq xo‘jaligini ishlab chiqarish vositalari bilan ta’minlaydigan tarmoqlar, shuningdek, qishloq xo‘jaligiga ishlab chiqarish va texnik xizmat ko‘rsatadigan sohalarni o‘z ichiga oladi. Ushbu sohaga sanoat va ishlab chiqarish kiradi: traktor va qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, oziq-ovqat mashinalari, mineral o‘g‘itlar va o‘simliklarni kimyoviy himoya qilish vositalari, mikrobiologiya sanoati, qishloq xo‘jaligi texnikalarini ta’mirlash, qishloq xo‘jaligida kapital qurilish. Agrosanoat majmuasining birinchi sohasiga kiritilgan tarmoqlar ishlab chiqarish jarayonini resurslar bilan ta’minlash, qishloq xo‘jaligini industrlashtirish va qayta ishlash sanoatida texnologik taraqqiyot uchun zamin yaratish va kompleksning barcha qismlarining normal ishlashini ta’minlashga da’vat etiladi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini va umuman tayyor mahsulotning ritmi, oqimi va ommaviy ishlab chiqarilishi ko‘p jihatdan ularning faoliyatiga bog‘liq. O‘zbekistonda 2 ta yirik Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi, Chirchiq qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi o‘z faoliyatini kengaytirib bormoqda. Agrosanoat majmuasining birinchi tarmog‘iga jami ishlab chiqarilgan mahsulotning qariyb 12%, asosiy vositalarning 11% va ishchilar sonining 18% to‘g‘ri keladi. 2018 yilda fermerlarga 11,5 ming dona texnika yetkazib berilgan. O‘tgan yili 10 million dollar, joriy yilning birinchi yarmida esa 15 million dollarlik qishloq xo‘jaligi texnikasi eksport qilingan. Lekin bu mavjud salohiyat va talabga nisbatan juda kam. Bugungi kunda qishloq xo‘jaligida yiliga 11 mingdan ziyod texnikaga, jumladan, 4 mingta traktor, 500 ta kombayn va 5 mingdan ziyod osma-tirkama texnikaga ehtiyoj mavjud. Bundan tashqari, 2022 yilgacha 263 ming gektar, 2025 yilgacha yana 1 million gektardan ziyod yerlar qayta foydalanishga kiritilishi bois bu ehtiyoj yanada oshadi. Hozirda mavjud texnikalarning 46 foizi ko‘p muddatdan buyon foydalanishda bo‘lib, yaroqsiz ahvolga kelib qolgan. Fermerlardagi texnikalarning 97 foizi paxta va g‘alla uchun mo‘ljallangan. Mazkur sohada islohotlarni izchil amalga oshirish barobarida mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqarish sanoatini rivojlantirish, eksportga mo‘ljallangan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish va turlarini kengaytirish, shuningdek, aholini mahalliy ishlab chiqarilgan texnikalar bilan ta’minlash bo‘yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 31 iyulda «Qishloq xo‘jaligi mashinasozligini jadal rivojlantirish,agrar sektorni qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan ta’minlashni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi texnikalari ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasini 2021 yilda 60 foizga yetkazish, qishloq xo‘jaligi texnikalari ishlab chiqarish sanoati va boshqa sanoat tarmoqlari o‘rtasida kooperatsiyani amalga oshirish, bog‘dorchilik, meva-sabzavotchilik va chorvachilik yo‘nalishida texnika turlarini ishlab chiqarishni kengaytirish va umumiy ishlab chiqarish hajmini oshirish, qishloq xo‘jaligi texnikalari tayyor mahsulot eksportini ishlab chiqarilgan mahsulotga nisbatan 2022 yilda 20 foizga, 2025 yilda esa 30 foizga etkazish, 2019-2021 yillarda qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan mahalliylashtirish darajasi 20 foizdan kam bo‘lmagan holda respublikada ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi texnikalari xarid qilinganida texnika narxining 15 foizi miqdorida subsidiya berish, kombaynlarni xorijda xizmat ko‘rsatish (xizmatlar eksporti) uchun tashish transport xarajatlarining 80 foizini kompensatsiya qilish kabi aniq vazifalar belgilab berilgan1. Download 209.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling