3 мавзу Qadriyatlar falsafasi (aksiologyia). Axloq falsafasi
Fojeaviylik va kulgililik tushunchalari
Download 93.98 Kb.
|
Сиртки 3 маър мавзу
Fojeaviylik va kulgililik tushunchalari
Fojeaviylik muammosi har doim falsafiy-estetik tafakkur sohiblarining e’tiborini jalb qilib kelgan. Deyarli barcha buyuk ijodkorlar yaratgan asarlarda fojeali ohanglar mavjud. Masalan, o‘zbek adibi Maqsud SHayxzodaning «Jaloliddin Manguberdi» va «Mirzo Ulug‘bek» asarlarida fojeali ohanglar boshdan oxiriga qadar sezilib turadi. Mazkur dramalar maxsus fojea asari sifatida yaratilmagan bo‘lsa ham, aslida, fojeali ohanglar ularda ustivor darajada ifodalangan. SHayxzoda kabi ijodkor fojealilik ruhida voqelikni idrok etishga moyildir. San’atning turi namoyon bo‘ladigan fojeali to‘qnashuvlar, qiyofalar, vaziyatlarni eng to‘la va chuqur badiiy in’ikos etish ehtiyojidan kelib chiqadi. Sofoklning fojeiy asarlari, SHekspirnikidan qanchalik farqlanmasin, ular o‘rtasida umumiylik bari–bir mavjuddir. Har qanday fojea zaminida alohida fojiali to‘qnashuv yotadi va uning eng muhim tomoni ko‘lamlilik va ijtimoiy ahamiyatga molikligidir. Kulgililik. Bu bordagi mavjud nazariyalar kulgililikning predmetini ob’ektiv xususiyat sifatida yoki shaxsning sub’ektiv imkoniyatlari natijasi yohud sub’ekt va ob’ekt o‘zaro aloqadorligining natijasi sifatida ko‘rib chiqiladi va mazkur metodologik yondoshuv kulgililikdagi ko‘pma’nolikning yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Estetik tafakkur tarixida kulgililik bir qadar keng o‘rganilgan. Jumladan, Aflotun ojiz va layoqatsizlarni kulgili odamlar, deydi. Nodonlik esa insonni kulgili qiladi. Biroq, kulgililikning mohiyati, uning kelib chiqishi sabablari haqida Aflotun biror-bir fikrni aytgan emas. Quldorlik tuzumi zodagonlarining namoyondasi bo‘lgan Aflotun uchun kulgililikning demokratik mohiyati begona edi. Kulgililikning sub’ektiv tomoni – keng ma’nodagi hazil (yumor) tuyg‘usidir. (Moler hazil tuyg‘usini insonni hayvondan ajratib turadigan xususiyati deb atagan edi.) Hazil – insonlararo munosabatlarni tabiiy va erkin idrok etishi, turli beo‘xshov ziddiyatlarni anglagan xolda ularga nisbatan oqilona kulgi bilan javob berish qobiliyatidir. Hazil tuyg‘usi juda murakkab aqliy tuyg‘u bo‘lib, unda shaxs o‘zining butun borlig‘i bilan namoyon bo‘ladi, uda insonning his–tuyg‘usi, aqliy madaniyati, orzu–umidlari va tabiati aks etadi. SHuning uchun ham insonning nima uchun kulayotganligiga qarab, uning qanday illat va qanday fazilatga ega ekanligini bilish mumkin bo‘ladi. Komediya o‘z mavzuini jamiyatdagi va insondagi beo‘xshovliklar, nomutanosiblikdan oladi. Kulgililikning namoyon bo‘lish shakllarining xilma–xilligi ularning san’atda rang–barang tarzda aks etilishini yuzaga keltiradi. Komediya bilan kulgi bir–biridan ajramaydigan egiz tushunchalardir. Kulgi komediyada tasvirlanayotgan voqea–hodisalar mohiyatini ochib berishning hal qiluvchi vositasi, tasvirlanayotgan ob’ektga nisbatan estetik baholashning va muallif munosabati ifodasining asosiy shakli bo‘lib xizmat qiladi. Komediya san’atida kulgini asosiy estetik vosita qilib ishga solish uning ijtimoiy ahamiyatini pasaytirmaydi, chunki kulgi dunyoning barkamol emasligini ta’kidlab qolmasdan, balki uni qayta qurib yangilashni ham ko‘zda tutadi. Kulgining badiiy shakllari orasida satira alohida o‘ringa ega. Umumnazariy ma’noda satira voqelikni badiiy tasvirlash turi bo‘lib, unda hayotning salbiy hodisalari ustidan kulish–bunday hodisalar asosida yuksak insonning orzulariga zid ekanligini bo‘rttirib ko‘rsatish maqsadi yotadi. Satira har xil ko‘rinishlarda namoyon bo‘lishi mumkin. Unga lirika ham, epos ham, drama ham begona emas. Satira markazida doim hayotning salbiy voqea–hodisalari joylashgan bo‘lib, butun fosh qilish kuchi ularga qarshi qaratilgan bo‘ladi. SHuning uchun komediya san’atiga xos tanqidiylik, yo‘nalganlik satirada eng to‘la va eng aniq ifoda topadi. Satirani asosan kulgi fosh eitb qo‘yadi, lekin kulgi bu jarayonda qahr–g‘azabdan ajralmagan holda namoyon bo‘ladi. Download 93.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling