3 мавзу Qadriyatlar falsafasi (aksiologyia). Axloq falsafasi


Download 93.98 Kb.
bet6/14
Sana30.10.2023
Hajmi93.98 Kb.
#1735426
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Сиртки 3 маър мавзу

Estetik munosabat. Gap shundaki, estetik munosabatdan boshqa barcha munosabat turlari inson «aqlini taniganidan so‘ng», ya’ni go‘daklik davridan o‘tgandan keyin voqe bo‘ladi. Masalan, go‘dak hali uyat hissini bilmaydi, unda axloqiy munosabat hattoki ibtidoiy darajada ham shakllanmagan, xohlagan vaqtida, to‘g‘ri kelgan joyda tibiiy ehtiyojni qondiradi. Lekin u beshikda yotar ekan, tushib turgan ola-chanoq quyosh nuridan quvonadi, uni kuzatadi, u bilan o‘ynagisi keladi yoki beshikka osig‘liq rangli o‘yinchoqdan zavqlanadi, g‘adir-budir, shaklan qo‘pol narsalarni emas, mayin duxobani yoki shunga o‘xshash yumshoq, silliq narsalarni xush ko‘radi, ularni siypalab zavqlanadi. Bularning bari estetik munosabatning insoniy mohiyat namoyon bo‘luvchi hodisa sifatida ibtidodan mavjud ekanini ko‘rsatadi.
Estetik munosabat faqat sub’ektga bog‘liq hamma narsani sub’ekt hal qilar ekan, degan hulosa chiqmasligi kerak. To‘g‘ri, estetik munosabat individual hodisa, unda ko‘p narsa sub’ektga bog‘liq lekin hammasi emas, chunki ob’ekt go‘zalligi, ulug‘vorligi, ranginligi v.h. estetik ko‘rinishlari bilan muayyan shart–sharoitda o‘ziga nisbatan estetik munosabat uyg‘otish hususiyatiga ega.
Nafosat. Nafosat bir tomonlama, real voqelikni, ikkinchi tomondan ilmiy tushunchani anglatadi. U real voqelik sifatida inson hayotining barcha sohalarini nurlantirib turuvchi qamrovli ma’naviy hodisa, tushuncha sifatida esa estetika faniga oid yuzlab, ehtimol, minglab atamalarni o‘z ichiga olgan eng yirik istiloh, ovro‘pacha ta’rifda -metakategoriya. Boshqacha qilib aytganidan bo‘lsak, nafosatning «hududi» nihoyatda keng, u ob’ektiv voqelik sifatida narsa-hodisalarning estetik xususiyatlarini anglatsa, sub’ektiv voqelik tarzida insonning ana shu estetik xususiyatlarini anglash va idrok etish borasidagi botiniy faoliyatidir.
Estetik anglash va uning tuzilmasi
Estetik anglash inson ruhiyatida o‘ziga xos, chuqur ijobiy ruhiy o‘zgarishlarni vujudga keltiradigan estetik holat. U estetik faoliyatining boshlanishidan avval insonni unga tayyorlovchi hodisa sifatida muhim: usiz estetik faoliyatning ro‘y berishi mumkin emas. Estetik anglashning murakkab hodisa ekani unda estetik ehtiyoj, turli hislar va ma’naviy andozalarning har bir shaxs uchun alohida ruhiy evrilish tarzida namoyon bo‘lishi bilan bog‘liq; bu evrilish kuchli va asosan his–hayajon, ehtirosli kechinmalar asosida vujudga keladi.

Download 93.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling