3 мавзу Qadriyatlar falsafasi (aksiologyia). Axloq falsafasi


Etika fanining predmeti va ahamiyati


Download 93.98 Kb.
bet2/14
Sana30.10.2023
Hajmi93.98 Kb.
#1735426
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Сиртки 3 маър мавзу

Etika fanining predmeti va ahamiyati. Ovro‘pada yunoncha «ethos» so‘zidan olingan «Etika» nomi bilan bizga tanish bo‘lgan axloq falsafasi bir necha ming yillik tarixga ega bo‘lgan qadimiy fan. Bu atamani ilk bor yunon faylasufi Arastu ilmiy muomalaga kiritgan. Arastu fanlarni tasnif qilarkan, ularni uch guruhga bo‘ladi: nazariy, amaliy va ijodiy. Birinchi guruhga falsafa, matematika va fizikani; ikkinchi guruhga etika va siyosatni; uchinchi guruhga esa san’at, hunarmandchilik va amaliy fanlarni kiritadi. SHunday qilib, qadimgi yunonlar axloq haqidagi ta’limotni fan darajasiga ko‘targanlar va «etika» (ta ethika) deb ataganlar.
U bizda «ilmi ravish», «ilmi axloq», «axloq ilmi», «odobnoma» singari nomlar bilan atab kelingan. U dastlab manzildoshlik, yashash joyi, keyinchalik esa odat, fe’l, fikrlash tarzi singari ma’nolarni anglatgan;.
Etika fani axloqning kelib chiqishi va mohiyatini, kishining jamiyatdagi axloqiy munosabatlarini o‘rganadi. «Axloq»so‘zi arabchadan olingan bo‘lib, insonning muomala va ruhiy xususiyatlari majmuini, fe’lini, tabiatini anglatadigan «xulq» so‘zining ko‘plik shaklidir. «axloq» iborasi ikki xil ma’noga ega: umumiy tushuncha sifatida u fanning tadqiqot ob’ektini anglatsa, muayyan tushuncha sifatida inson fe’l–atvori va xatti–harakatining eng qamrovli qismini bildiradi. Axloqni umumiy tushuncha sifatida olib, uni doira shaklida aks ettiradigan bo‘lsak, doiraning eng kichik qismini odob, undan kattaroq qismini – xulq, eng qamrovli qismini axloq egallaydi.
Odob–inson haqida yoqimli taassurot uyg‘otadigan, lekin jamoa, jamiyat va insoniyat hayotida burilish yasaydigan darajada muhim ahamiyatga ega bo‘lmaydigan, milliy urf–odatlarga asoslangan chiroyli xatti–harakatlarni o‘z ichiga oladi.
Xulq – oila, jamoa, mahalla–ko‘y miqyosida ahamiyatli bo‘lgan, ammo jamiyat va insoniyat hayotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydigan yoqimli insoniy xatti–harakatlarning majmui.
Axloq – jamiyat, zamon, ba’zan umumbashariy ahamiyatga ega, insoniyat tarixi uchun namuna bo‘la oladigan ijobiy xatti–harakatlar yig‘indisi, insoniy kamolot darajasini belgilovchi ma’naviy hodisa.
Bu fikrlarimizni misollar orqali tushuntirishga harakat qilamiz. deylik, yo‘lda ketayotgan yosh talabaga qo‘lida og‘ir yuk bilan tanish qariyaga duch keldi. agar talaba darhol: «Keling, yordamlashib yuboray!» deb qo‘lidan yukini olsa, u chiroyli a’mol qilgan bo‘ladi va bu a’moli bilan nafaqat o‘zi va qariyada, balki atrofdagilarda ham yaxshi kayfiyat uyg‘otadi; chetdan qarab turganlar unga ich–ichidan minnatdorchilik bildirib: «Baraka topgur, odobli yigitcha ekan», deb qo‘yadilar. Aksincha, talaba indamay qariyani oldidan o‘tib ketaversa, o‘zini tig‘iz ish bilan ketayotgandek g‘izillab oldidan o‘tsa, qariyaga nisbatan achinish hissi bilan unga yordam berolmagan talabaga nisbatan qalbimizda yoqimsiz hissiyot paydo bo‘lish mumkin. Lekin, ayni paytda, talabaning qariyaga bergan yoki bermagan yordami olamshumul voqe’lik kasb etmaydi, talaba ham bu majburiyatni o‘z bo‘yniga olgan emas. YOki ikkalovida, shu jumladan atrofdagi guvohlarning hayotida ham qandaydir muhim bo‘lgan voqea sodir bo‘lmaydi.
Xulqqa keladigan bo‘lsak, quyidagi misolni keltirishimiz mumkin: aytaylik yangi qurilgan yosh oila hammaga havas qilarli darajada namunaviy hayot tarzini boshdan kechirmoqda, qonu–qarindosh, mahalla–ko‘y, qo‘ni–qo‘shni o‘rtasida ijobiy munosabatlar o‘rnatadilar. Hamma narsaga ulguradilar. YOsh oilaning asosiy a’zolaridan biri – oila boshlig‘i kuyov mahallada imkon qadar birovdan yordamiini ayamaydigan, muhimi – o‘z oilasi bilan totuv va hamjihatlikda yashayotgan, mehnatkash yigit. Kelin esa orasta, mehribon, uydagi sir–sanoatni tashqariga «dasturxon» qiladigan qatoriga kirmaydi. Jamiyatda ham, oilada yaqinlari o‘rtasida faol va samimiy. Bunday kishilarni xushxulq inson deymiz va unga mahalladagi oilalarning namunasi sifatida qaraymiz. bordi–yu, aksincha bo‘lsa, to‘yiga hech qancha vaqt o‘tmay uydan janjallar arimasa, oila boshlig‘i o‘zini hayoti bilan, uning rafiqasi esa o‘zini hayoti bilan ovora mas’uliyat va muhabbatdan bebahra odamlar bo‘lsa, qo‘ni–qo‘shnilar bilan qo‘pol muomala qilsa, to‘y–ma’rakalarda janjal ko‘tarsa, bir–birini haqoratlasa, uni badxulq deymiz. Uning badxulqliligidan oilasi, tevarak–atrofdagi ba’zi shaxslar jabr ko‘radi, mahalladagilarning tinchi buziladi, lekin xatti–harakatlari jamiyat ijtimoiy hayotiga yoki insoniyat tarixiga biror–bir ko‘zga tashlanadigan ta’sir o‘tkazmaydi.
Biroq bu fikrlardan odob va xulqning jamiyatdagi roli u qadar ahamiyatli emas ekan, degan xulosa chiqmasligi kerak; fuqarolar orasida odoblilik va xushxulqlilikning keng yoyilishi jamiyat axloqiy hayotigagina emas, balki butunisicha ijtimoiy taraqqiyotga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu ta’sir tufayli garchand jamiyat birdaniga yuksalib ketmasa–da, asta–sekinlik bilan, muntazam ravishda yaxshilanib, ravnaq topib boradi.
Axloq esa, keng qamrovli masala sifatida o‘ta jiddiy mohiyat kasb etadi: deylik, bir tuman yoxud viloyat hokimi o‘zi mas’ul hududda doimo qonun ustuvorligini ta’minlash uchun intiladi, fuqarolarning ijtimoiy, ma’naviy, siyosiy, huquqiy va axloqiy ehtiyojlarini butunisicha qondirishga, ularni davlatga, rahbariyatga bo‘lgan munosabatlarini yaxshilash yo‘lida jonbozlik ko‘rsatib, insonparvarlik, millatparvarlik, erkparvarlik bobida o‘zi namuna bo‘la olsa – unday hokimni biz axloqli inson deymiz. Zero u nafaqat jamiyatni yanada taraqqiy topishiga xizmat qiladi, balki yoshlar uchun ideal sifatida ham namoyon bo‘ladi.Bu esa millat va davlat kelajagini ta’minlashda zo‘r murvat vazifasini o‘taydi.
Agar buning aksi bo‘lib chiqsa, o‘z mansabini suiste’mol qilgan hokim o‘z nafsi yo‘lida ijtmoiy, milliy qadriyatlarni ham parchalab ketsa, tabiiyki bu jamiyatni ravnaqiga putur etkazadi.
Albatta, har uchala axloqiy hodisa va ularning ziddi nisbiylikka ega. CHunonchi, hozirgina misol keltirganimiz prokurorning axloqsizligi darajasi bilan o‘z yakka hukmronligi yo‘lida millionlab begunoh insonlarni o‘limga mahkum etgan Lenin, Stalin, Hitler, Pol Pot singari shaxslar axloqsizligi orasida farq bor: agar hokimning axloqsizligi bir millat yoki mamlakat uchun zarar qilsa, totalitar tuzum hukmdorlari xatti–harakatlari umumbashariy miqyosdagi fojealarga olib keladi.
Bu o‘rinda shuni alohida ta’kidlash joizki, axloqiy tarbiya natijasida odoblilik – xushxulqlilikka, xushxulqlilik–yuksak axloqiylikka aylangani kabi, axloqiy tarbiya yo‘lga qo‘yilmagan joyda muayyan shaxs, vaqti kelib, odobsizlikdan–badxulqlilikka, badxulqlilikdan–axloqsizlikka o‘tishi mumkin. Bu esa avvalambor insonning qay darajada o‘zini ustida ishlashga, o‘z–o‘zini anglash tamoyiliga amal qilishi bilan bog‘liq.

Download 93.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling