3 мавзу Qadriyatlar falsafasi (aksiologyia). Axloq falsafasi


Download 93.98 Kb.
bet9/14
Sana30.10.2023
Hajmi93.98 Kb.
#1735426
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Сиртки 3 маър мавзу

Estetik did. Estetik did tushunchasining o‘ziga xosligi shundaki, u bir tomondan, idrok, fahm, farosat kabi ildizi aqlga borib taqalsa, ikkinchidan, o‘zining ehtiros, his—hayajon, sub’ektiv baxolash xususiyati bilan ulardan ajralib turadi. SHu sababli biz did haqida gapirganimizda odatda, estetik did deganda – insondagi go‘zallik, ulug‘vorlik, fojiaviylik singari estetik xususiyatlarni, umuman, nafosatni idrok etish qobiliyatini nazarda tutiladi. Masalan, osmonni qora bulut to‘liq qoplab olganini ko‘ra–bila turib, yomg‘irpushsiz va soyabonsiz yulga chiqqan odamni fahmsiz, chang, loy poyafzalini echmay, gilamni bosib, ichkariga kirgan odamni farosatsiz deb ataymiz, qalampirnusxa rangli ko‘ylak, jinsi shim va ayni paytda kirza etik kiyib, salla o‘rab olgan odamni ko‘rsak, uni didsiz deymiz. Birinchi hodisada biz tabiiy sharoitga moslashmay, o‘ziga jabr qilayotgan kishini, ikkinchisida ham gigienik, ham axloqiy qonun-qoidalarga amal qilmay tarbiyasizligi tufayli uy egasini ranjitgan odamni, uchinchi hodisada kiyinishdagi uyg‘unlikni tushunmagan, go‘zallik bilan bachkana yaltiroqlilikning farqiga bormagan kimsani ko‘ramiz.YOki, boshqacha qilib aytganda, biz ongning, birinchi hodisada – haqiqatga, keyingisida – ezgulikka, uchinchisida – go‘zallikka munosabatini uchratamiz. Har uchala hodisaning asosida ham qobiliyat yotadi.
Estetik ideal.Ideal deganda, biz odatda muayyan bir inson shaxsi yoki ijtimoiy–tarixiy hodisaning boshqalar tomonidan yuksak namuna, oliy maqsad hamda komillik tarzida qabul qilinishini nazarda tutamiz. U tasavvurdagi shaxs yoki jamiyatni real shaxslar va mavjud jamiyatdan yuqori qo‘yish, ya’ni ideallashtirish bilan bog‘liq. Masalan, O‘zbekistonni kelajagi buyuk davlat sifatida tasavvur etishimiz uning hozirgi reallikdan baland, namunaviy bo‘lishi lozimligini anglatadi. Ayni paytda ana shu yuksak namunaviylik har bir o‘zini tanigan odam uchun oliy ijtimoiy maqsaddir. YOki Navoiy shaxsini olib ko‘raylik, u komil inson sifatida biz uchun ideal hisoblanadi. Bularni biz ijtimoiy ideallar sirasiga kiritamiz. SHuningdek, har bir inson o‘zi intiladigan sub’ektiv ideallar ham mavjud bo‘ladi, o‘z idealini belgilab olmagan inson shaxs hisoblanmaydi. Zero har bir odam ko‘rib turganidan yorug‘roq, musafforoq, yuksakroq narsaga intilishi shart, aks holda uning hayoti ma’nosiz kechadi, uning mavjudligi faqat biologik jonzodligi bilan chegaralanib qoladi.
Ideal borasida gap ketganda, uning mavjudlik shartlari masalasi muhim. Ijtimoiy ideal ko‘proq kelajak bilan, shaxsiy ideal esa asosan o‘tmish bilan bog‘liq.

Download 93.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling