3 мавзу Qadriyatlar falsafasi (aksiologyia). Axloq falsafasi
Tabiat va texnogen sivilizatsiya estetikasi
Download 93.98 Kb.
|
Сиртки 3 маър мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- San’at turlari
Tabiat va texnogen sivilizatsiya estetikasi.Tabiat - estetik tarbiyaning zaruriy vositasidir. SHuni maxsus ta’kidlash kerakki, zamonaviy inson tarbiyasini estetik jihatdan kamol toptirishda oila qanchalik ustuvor omil bo‘lib hisoblansa, bu jarayonda tabiat ham undan kam ahamiyat kasb etmaydi. CHunki tabiat bilan ongli tarzda murosa qilmaslik shaxsni nafosatli jihatdan mukammal bo‘lib etishishiga monelik ko‘rsatadi. SHuning uchun inson va tabiat o‘rtasidagi munosabat inqiroz va halokat yoqasiga kelib qolgan hozirgi vaqtda bu muammoni chetlab o‘tish maqsadga muvofiq bo‘lmaydi.
Ma’lumki, inson o‘zining ma’naviy va moddiy ehtiyojlarini qondirish maqsadida azaldan tabiat bilan hamkorlik qilib kelgan. Tabiatdagi go‘zalliklardan bahramand bo‘lishlari barobarida uni nafosatli tarzda o‘zlashtirishga, inchunun, mavjud hunukliklarni bartaraf qilishga harakat qiladi. Biroq, keyingi bir necha o‘n yillik jahon maamlakatlarining atrof muhit sohasidagi harakatlarini tanqidiy taxlil etish davri bo‘ldi. Sanoatlashtirish inqilobi inson bilan tabiat o‘rtasidagi munosabatni abadul abad buzib qo‘yganini insonicht tobora anglab bormoqda. XXI asr o‘rtalariga kelib inson faoliyati erdagi yashash imkoniyatlarining asosiy shartlarini buzib yuborishi xavfi yana ham aniqroq namoyon bo‘lmoqda. Bugunga kelib eng jiddiy o‘zgarish er atmosferasida yuz berayotganligi barchamizga ayon. Bu ayniqsa, karbonat angidrid va azot okisi singari “parnik” gazlariga taalluqlidir... Bu xolning insoniyatga qanday ta’sir ko‘rsatishini ilgaridan aytib berish qiyin, chunki global iqlim g‘oyatda murakkab tizimdir. Masalan, yuz minglab yillar barqaror bo‘lib kelgan va millionlab odamlarning taqdirini xal etgan shamollar – yo‘nalishini, yog‘inlar miqdorini o‘zgartirish mumkin. Balki orollar va past qirg‘oq hududlarida yashovchilarga havf–hatar tug‘dirib dengizlardagi suvning sathi ko‘tarilishi mumkin. Aholi haddan tashqarii ko‘payib ketgan va borgan sari kuchliroq tazyiq sezayotgan sayyoramizning aslida busiz ham muammolari bor, Ushbu qo‘shimcha ta’sirlar ochlik va boshqa halokatlarni keltirib chiqarishi mumkinligi esdan chiqarmaslik kerak. Afsuski, aksariyat xollarda shaxsning tabiat bilan bo‘ladigan munosabati estetik jihatdan to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmaganligi hamda uning estetik «no‘noqligi» bois ular o‘rtasida katta bo‘shliq yuzaga keldi; bu bo‘shliq insoniyat boshiga misli ko‘rilmagan talofotlarni solishi mumkin. San’at turlari San’at turlarini uch turkumga bo‘lib o‘rganishni taqozo qiladi. Bular: 1. Arxaik - endilikda tarixga aylangan, hozirga paytda real hayotda amalda bo‘lmagan. 2. An’anaviy - qadimdan hozirgi kungacha o‘z o‘rnini va ahamiyatini yo‘qotmay kelayotgan. 3. Zamonaviy – ilmiy-texnik taraqqiyot natijasida vujudga kelgan «texnikaviy», yangi san’at turlari. Ushbu tasnifga ko‘ra, arxaik san’at turlari –an’anaviy san’at turlari – badiiy adabiyot, baxshilik, me’morlik, ko‘rgazmali amaliy san’at, haykaltaroshlik, rangtasvir, grafika, musiqa, teatr, raqs, qo‘shiqchilik, estrada, sirk va askiyani; zamonaviy san’at turlari – fotosan’at (badiiy suratkashlik), kino, televidenieni o‘z ichiga oladi. Mazkur ikki yo‘nalishdagi turkumlashtirish ma’lum ma’noda san’at turlarini tasniflashtirishni estetik boshqotirmaga aylanib ketishdan saqlashga xizmat qiladi, deb o‘ylaymiz. Download 93.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling