3 мавзу Qadriyatlar falsafasi (aksiologyia). Axloq falsafasi


Download 93.98 Kb.
bet8/14
Sana30.10.2023
Hajmi93.98 Kb.
#1735426
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
Сиртки 3 маър мавзу

Estetik mushohada. Odatda biz «mushohada» deganimizda «kuzatish» so‘zining sinonimini tushunamiz. Aslida esa bunday emas: kuzatish, falsafiy qilib aytganda, bilish munosabatining tajribaviy asosi, u ob’ektga yunaltirilgan bo‘lib, qo‘yilgan maqsad va ilmiy bilim mantiqi tomonidan boshqarib, tuzatilib boriladi, unga o‘zgartirishlar kiritib turiladi, ya’ni u maqsad asosida ish ko‘radigan fikriy faoliyat. Kuzatishda inson o‘z diqqatini ob’ektga yo‘naltirar ekan, uning qiziqishi hodisadan mohiyatga qarab boradi; unda bor narsaning borligini yoki yo‘q narsaning yo‘qligini tasdiqlash muhim.
Estetik baho. Qadriyat deganda biz, odatda shaxs, millat, jamiyat tomonidan qadrlanadigan ma’naviy—moddiy ob’ektlarni tushunamiz. Har qanday qadriyat yoki qadriyat darajasiga ko‘tarilgan har bir ob’ekt inson tomonidan baholanmay qolmaydi. Qadriyatlar sohaviylik tabiatiga ega (axloqiy, estetik, diniy va h.k.) bo‘lishi barobarida darajalarga bo‘linishi bilan ham ajralib turadi.
Estetik qadriyat. Bir yoki bir necha estetik xususiyatni o‘zida jam qilgan qadriyatni biz estetik qadriyat deymiz. Estetik qadriyatlar inson va jamiyat hayotida muhim o‘rin egallaydi. Go‘zallik, ulug‘vorlik, Registon me’morlik majmui, «SHashmaqom», Navoiyning «Xamsa»si, Rafaelning rang tasviri, SHekspir asarlari—bular hammasi estetik qadriyatlardir. Biz ular haqida fikr yuritar ekanmiz, odatda «bebaho» degan so‘zni ishlatamiz, bu bilan biz ularning qadri nihoyatda balandligini, oddiy–kundalik baholash mezonlaridan yuksak turishini ta’kidlaymiz. Estetik qadriyatlar sof ma’naviylik, ya’ni itellektual—hissiy jihati bilan birga, ma’naviylik va moddiylikning omuxtasi sifatida namoyon bo‘ladi. Masalan, go‘zallik, ulug‘vorlik singari sof ma’naviylik xususiyatiga ega mavhum hodisalarni ma’naviy estetik qadriyatlar desak, konkret estetik ob’ekt bo‘lmish Registon me’moriy majmuini moddiy estetik qadriyatlar sirasiga kiritishimiz mumkin. Ulardagi moddiylikning estetik xususiyati ma’naviylikni namoyon etishi bilan belgilanadi.
Estetik baho. Qadriyat va baho, yuzaki qaraganda, mohiyatan bir xil bo‘lishi kerakdek tuyuladi. Aslida ular orasida o‘ziga xos farq mavjud. To‘g‘ri, estetik qadriyat ob’ektning sub’ektga munosabatini anglatadi, ob’ekt, odatda, o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi. Lekin bu – muayyan go‘zallik yoki ulug‘vorlik hamma uchun ham, hamma vaqt ham bir xildagi go‘zallik va ulug‘vorlik bo‘lib qolaveradi, degani emas. CHunki estetik baho sub’ektning ob’ektga munosabati, u ob’ektning qadriyatini belgilaydigan xususiy mezon, bu xususiylik shaxsga, jamiyatga va zamonga tegishlidir. SHu jihatdan bir ob’ekt–qadriyat har xil baholanishi va hatto muayyan vaqt mobaynida baholanmasligi mumkin. SHunday qilib, estetik baho shunday ma’naviy hodisaki, garchand qadriyat yaratmasa ham, qadriyatni idrok etish faqat u orqali amalga oshadi

Download 93.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling