3 мавзу Qadriyatlar falsafasi (aksiologyia). Axloq falsafasi
Etika fanining jamiyat hayotidagi ahamiyati va vazifalari
Download 93.98 Kb.
|
Сиртки 3 маър мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- Estetika yoxud
Etika fanining jamiyat hayotidagi ahamiyati va vazifalari. Axloqning o‘ziga xos xususiyatlari deganda biz uning qat’iy amrlik, me’yoriylik va baholash jihatlarini tushunamiz. Qat’iy amr o‘zini tutishdagi muayyan talabni, axloqiy qonun–qoidalarni bajarishini taqozo etadi. U shaxs manfatlarini jamiyat manfaatlari bilan muvofiqlashtiradi va jamiyat manfaatlari ustuvorligini ta’minlaydi, ayni paytda shaxs erkinligini cheklamaydi, faqat o‘zboshimchalikka yo‘l qo‘ymaydi. Unga ko‘ra, biror inson ikkinchi insonga vosita deb qaramasligi lozim. Qat’iy amr tug‘ma axloqiy hodisa, uning talabi so‘zsiz va ixtiyoriy tarzda bajarilishi kerak; u ixtiyor erkinligi bilan zaruriyatning mutanosibligini ifoda etadi.
Ikkinchi xususiyat – axloqning me’yoriylik jihati bilan bog‘liq. Me’yorlar, qonun–qoidalar, pand–o‘gitlar v.b. SHakllar vositasida axloq boshqarish vazifasini bajaradi. Ular orqali kishilar faoliyati yo‘lga solinadi, fazilatlar asosida ijtimoiy munosabatlar amalga oshiriladi, individning axloqiy sifatlari jamiyat talabalariga moslashtiriladi, tashqi da’vat ichki yo‘nalmaga, shaxs ma’naviy dunyosining bir qismiga aylanadi, odamzot avlodlarining axloqiy aloqalari davom ettiriladi. Axloqiy me’yorlarning ikki turi mavjud: hatti–harakatning yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan shakllarini anglatuvchi taqiqlar (odam o‘ldirma, yolg‘on gapirma, o‘g‘irlik qilma v.h.) Va o‘zni tutishning eng yaxshi ko‘rinishlariga da’vat (halol bo‘l, rostgo‘y bo‘l, ezgu ishlar qil v.h). Axloqning o‘ziga xos uchinchi xususiyati esa insonning o‘z xatti–harakatlariga munosabatini ichiga oladigan ichki baholashdan va inson hatti–harakatlarining boshqa kishilar hamda jamiyat tomonidan umumqabul qilingan axloqiy me’yorlar asosida baholaydigan tashqi baholashdan tashkil topadi. SHunga ko‘ra, baholash ko‘rinishlari ham ikki xil bo‘ladi. Birinchisi – ijobiy: ma’qulash, rozilik, ikkinchisi – salbiy: tanbeh va norozilik. Bu xususiyatlar faqat axloqqa xos. SHu bilan birga uning yana boshqa ikki xususiyati borki, ular nafaqat axloqqa, balki ma’naviyatning barcha sohalari uchun umumiylik tabiatiga ega. Ularga alohida to‘xtalib o‘tamiz. CHunonchi, muhabbat, ezgulik va yovuzlik, yaxshilik va yomonlik, vijdon, burch, insonparvarlik, odamiylik, baxt, to‘g‘rilik, rostgo‘ylik, saxiylik va baxillik singari fazilat hamda illatlar tom ma’noda umuminsoniy hodisalardir. Zero, o‘zbekcha ezgulik yoki yovuzlik, inglizcha vijdon, fransuzcha insonparvarlik, arabcha yolg‘on, deyish mumkinmi? Albatta, yo‘q. Axloqning asosiy vazifasi, eng avvalo, uning tarbiyaviyligidir. Axloqiy tarbiya inson uchun, xalqona qilib aytganda, beshikdan to qabrgacha asqotadi. Tarbiya go‘dakdagi axloqiy mohiyatini yuzaga chiqarishi uchun, unda axloqiy yo‘nalmalarning, xulq va odatlarning shakllanishiga xizmat qiladi, axloqiy taqiqlarining mohiyatini bola ongiga singdiradi. Kattalarda esa o‘z–o‘zini tarbiyalash xislatini paydo qiladi va rivojlantiradi, ularni ongli axloqiy tanlov bilan ish ko‘rishga o‘rgatadi. Axloqning tarbiyaviy vazifasini amalga oshirishda turli xil vositalar va omillar ishtirok etadi. Jumladan pand–o‘git, adabiyot, san’at, ommaviy axborot vositalari v.h. Insonni qadriyatlarga yo‘naltirish ham axloqning muhim vazifalaridan hisoblanadi. CHunki axloq qadriyatlar shaxsning kamol topishida katta rol o‘ynaydi, insonga ezgulikka qarab borish va yovuzlikdan qochish yo‘lini ko‘rsatadi. Axloqning kommunikativ vazifasini ham borki, u inson munosabatlarini go‘zal taomilga aylantirishda muomala odobi, etiket singari me’yoriy qonun–qoidalar majnunni ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi, mohiyatan u muomalani imkon boricha insoniy, go‘zal munosabat, yoqimli aloqa sifatida ro‘y berishiga ko‘maklashadi, kishida yuksak muomala madaniyatining shakllanishiga, tilning shirin, imo–ishoraning nozik, suhbatining yoqimli bo‘lishiga olib keladi. Axloqning yana bir vazifasi esa – bilish. U insonga axloqiy bilim beradi. SHu bilim vositasida odam o‘z hatti–harakatini boshqaradi, hissiyotlarning qaysi biriga ustuvorlik berish kerak va qaysi birini sabr bilan engish lozimligini belgilaydi, kundalik hayotda duch keladigan axloqiy muammolarni hal etishda kishiga ko‘maklashadi. Bir so‘z bilan aytganda, axloqning bu vazifasi insonning o‘z ichki dunyosini bilish uchun kalit vazifasini o‘taydi, ayni paytda unga o‘zgalar hatti–harakatlarini axloqiy baholash imkonini ham beradi. Biz yuqorida «axloqiy boshqarish» degan iborani bir necha bir ishlatdik. Zero axloqning eng miqyosli vazifalaridan biri boshqarish. Axloqiy boshqarish har bir alohida olingan shaxs va butun jamiyatni to‘g‘ri yo‘lga solish uchun xizmat qildi. U odamlardagi nafsni jilovlash, salbiy oqibatlarga olib keladigan xatti – harakatlarning oldini olish, individning o‘z–o‘zini boshqarishi, ijtimoiy munosabatlarni axloqiylashtirish, axloqning insonparvar me’yorlarini hayotga tatbiq etish kabi masalalarni hal etishga qaratilgani bilan muhimdir. Bunda odamlarning o‘zni tutishlari va o‘zaro munosabatlarini jamiyat fikri hamda shaxsning axloqiy o‘z–o‘zini baholashi asosida, ma’qullash yoki tanbeh berish yordamida boshqariladi. Axloqning insoniylashtirish vazifasi ham muhim. U odamzotni hayvoniy xislatlardan – zulm, zo‘ravonlik, zug‘um, adolatsizlik, insofsizlik kabi qator illatlardan forig‘ bo‘lishi, yuksak insoniy fazilatlar bilan yo‘g‘rilib yashashi, doimo komillikka intilishiga ko‘maklashish bilan belgilanadi. Dastlabki axloqiy qonun–qoidalar ana shu tanlovni ro‘yobga chiqarishga, yana ham aniqroq aytganda, uni osonroq amalga oshirishga xizmat qilgan. Ilk axloqiy qoida «o‘zingga ravo ko‘rmagan narsani boshqaga ravo ko‘rma» mazmunida dunyoga kelgan. Uning hozirgi zamondagi ekvivalenti «pichoqni avval o‘zingga ur, og‘rimasa birovga ur», «o‘zingni er bilsang, o‘zgani sher bil» kabi maqollarda aks etgan. «axloqning oltin qoidasi» deb atalgan ushbu qoida, bizningcha, eng qadimiy axloqiy talablardandir. Zero, xun olish talabi keyinroq paydo bo‘lgan va insonning asl mohiyatiga to‘g‘ri kelmaydigan qoidalardan. Barcha muqaddas kitoblarda insonni zo‘rlik bilan jonsiz qilish mumkin emasligi ta’kidlanadi. Biz ko‘rib o‘tganimiz, bundan deyarli o‘ttiz asr muqaddam tarqala boshlagan zardushtiy dinining muqaddas kitobi «Avesto»dayoq axloqiy qonun–qoidalar ishlab chiqilgani diqqatga sazovor. Unda insonni inson tomonidan o‘ldirishgina emas, balki it, ot kabi hayvonlarni jonsiz qilish, daraxt va o‘simliklarni behuda payhon etish qat’iyan man qilinadi, inson faqat ezgu o‘y, ezgu so‘z va ezgu a’mol bilan yashashi lozimligi ta’kidlanadi. Bibliyoda qobilni o‘ldirgan hobildan tangri xun olmaydi va uni o‘ldirmaslikni talab etadi. Buddha ta’limoti jonlini jonsiz qilishni eng katta gunoh deb biladi. Injilda «o‘z qavmdoshingni sev», «odam o‘ldirma» degan da’vatlar asosiy qoidalar sifatida namoyon bo‘ladi. Qur’oni karimda esa xun olishdan ko‘ra tovon olmoq ma’qulligi aytiladi va musulmonlar o‘zaro faqat go‘zal munosabatlar qilishi lozimligi ko‘rsatiladi. Demak, dastlabki axloqiy qonun–qoidalar muqaddas kitoblarda o‘z aksini topgan zo‘ravonlikka zo‘ravonlik bilan javob bermaslik tamoyili asosida yaratilgan. Demak, insoniyat tarixida axloqiy taraqqiyot bo‘lgan va u davom etib kelmoqda. To‘g‘ri, bu davom etish qat’iy tadrijiylikka ega emas. U goho susayish, ba’zan esa biroz ortga chekinish, ba’zan bir qancha muddat qoim turish xususiyatlariga ega. Lekin katta davrlar va tarixiy oraliqlarni olib qaraydigan bo‘lsak, axloqiy taraqqiyotning mavjud ekaniga ishonch hosil qilish qiyin emas. Mustabid tuzumlar va shaxslar keltirib chiqargan axloqiy tanazzullarning hammasi qisqa muddatli hamda o‘tkinchi hodisalardir. Zero, insonning asosiy mohiyati o‘zini va o‘z jamiyatini taraqqiy ettirib borish bilan belgilanadi. Axloq esa ana shu taraqqiyotdan hech qachon chetda turmaydi. Etika oldida qator global muammolarni hal qilishdek o‘ta muhim vazifalar ham bor. XX va XXI asrda erishilgan fan–texnika yutuqlari hozirgi paytda inson va u yashayotgan sayyoraning kelajagiga tahdid solmoqda. Atom, vodorod, neytron bombalari, ballistik raketalar, eng yangi texnikaviy ko‘rsatkichlarga ega qiruvchi, bombardimon harbiy uchoqlar, suv osti va suv usti kemalari, eng yangi rusmdagi tanklar hamda turli–tuman qurollar hammasi insonni yo‘q qilishga qaratilgan. Bular bir yoki bir necha mamlakat uchun emas, balki global, umumsayyoraviy falokat hisoblanadi. Ularning oldini olishni faqat bir yo‘l bilan–biz yashayotgan texnikaviy muhitda (noosferada) axloqiy muhitni (etosferani) barqor etish orqali hil qilish mumkin. Estetika yoxud nafosatshunoslik eng qadimgi fanlardan biri. Uning tarixi ikki yarim-uch ming yillik vaqtni o‘z ichiga oladi. Biroq u o‘zining hozirgi nomini XYIII asrda olgan. Ungacha bu fanning asosiy muammosi bo‘lmish go‘zallik va san’at haqidagi mulohazalar har xil san’at turlariga bag‘ishlangan risolalarda, falsafa hamda ilohiyot borasidagi asarlarda o‘z aksini topgan edi. «Estetika» atamasini birinchi bo‘lib buyuk olmon faylasufi Aleksandr Gotlib Baumgarten(Baumgarten / 1714-1762) ilmiy muomalaga kiritgan. Bunda u boshqa bir ulug‘ olmon faylasufi Gotfrid Vilgelm Leybnits (Leibniz / 1646-1716) ta’limotidan kelib chiqqan holda munosabat bildirgan edi. Laybnits inson ma’naviy olamini uch sohaga – aql-idrok, iroda-ixtiyor, his-tuyg‘uga bo‘ladi va ularning har birini alohida falsafiy jihatdan o‘rganish lozimligini ta’kidlaydi. Baumgartengacha aql–idrokni o‘rganadigan fan – mantiq, iroda-ixtiyorni o‘rganuvchi fan esa – axloqshunoslik (etika)ning falsafada ko‘pdan buyon o‘z o‘rni bor edi. Biroq his-tuyg‘uni o‘rganadigan fan falsafiy maqomda o‘z nomiga ega emasdi. Baumgartenning bu boradagi hizmati shundaki, u «his qilish», «sezish», «his etiladigan» singari ma’nolarni anglatuvchi yunoncha aisthetikos – «oyestetikos» so‘zidan «estetika» (olmoncha «estetik» – «eshtetik») iborasini olib, ana shu bo‘shliqni to‘ldirdi. Endi «Estetika» fanining mohiyatini anglatadigan «san’at falsafasi» va «go‘zallik falsafasi» iboralariga to‘xtalamiz. Estetika tarixida birinchi ibora tarafdorlari ko‘pchilikni tashkil etadi. Lekin, yuqorida aytib o‘tganimizdek, san’at bu fanning yagona tadqiqot ob’ekti emas. Hozirgi paytda texnika estetikasi va uning amaliyotdagi sohasi dizayn, atrof-muhitni go‘zallashtirish, tabiatdagi nafosat borasidagi muammolar bilan ham shu fanimiz shug‘ullanadi. Demak, uning qamrovini san’atning o‘zi bilangina chegaralab qo‘yishga haqqimiz yo‘q. Zero bugungi kunda inson o‘zini o‘rab turgan barcha narsa-hodisalarning go‘zal bo‘lishini, har qadamda nafosatni his etishni istaydi: biz taqib yurgan soat, biz kiygan kiyim, biz haydayotgan mashina, biz uchadigan tayyora, biz yashayotgan uy, biz mehnat qiladigan ishxona, biz yurgizayotgan dastgoh, biz yozayotgan qalam, biz dam oladigan tomoshabog‘lar – hammasidan nafis bir ruh ufurib turishi lozim. San’at estetikaning ob’ekti sifatida o‘ziga xos olam. Unda estetik xususiyatlar bo‘rtib ko‘zga tashlanadi. SHunga ko‘ra, uni nafosatga burkangan ijtimoiy hodisa deyish mumkin. San’at hayotni in’ikos ettirar ekan, insonning o‘zini o‘ziga ko‘rsatuvchi ulkan ko‘zgu vazifasini o‘taydi. U insonni o‘rgatadi, da’vat etadi, go‘zallashtiradi. Bu vazifalarni bajarishda estetika san’atning ko‘makchisi, etakchisi hisoblanadi. Estetika bir tomondan, san’atning paydo bo‘lishidan tortib, uning turlariyu janrlarigacha, san’at asarining ichki murvatlaridan tortib, san’atkorning ijodkorlik tabiatigacha bo‘lgan barcha jarayonlarni o‘rganadi. Ikkinchi tomondan, san’at uchun umumiy qonun-qoidalarni ishlab chiqadi va tadbiq etadi. Uchinchi tomondan, esa san’at asarini idrok etayotgan kishi ruhidagi o‘zgarishlarni nafosat nuqtai nazaridan tadqiq qiladi. Estetika – falsafiy fanlardan biri. Falsafa esa fanlarning podshosidir. Darhaqiqat, u fanlar podshosi sifatida barcha tabiiy va ijtimoiy ilmlar erishgan yutuqlarni o‘z qamroviga olib, ulardan umumiy xulosalar chiqarib, shular asosida insoniyatni haqiqat tomon etaklaydi. SHu bois tafakkurni falsafaning predmeti deb atash maqsadga muvofiq. Estetika esa falsafiy fan sifatida barcha san’atshunoslik fanlari erishgan yutuqlardan umumiy xulosalar chiqarib, shu xulosalar asosida insonni go‘zallik orqali haqiqatga etishtirishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, estetika ishlab chiqqan qonun–qoidalar barcha san’atshunoslik fanlari uchun umumiylik xususiyatiga ega. Masalan, uslub, ritm, kompozitsiya v. h. borasidagi qonuniyatlar barcha san’at turlariga taalluqli. Hech bir alohida san’at turi haqidagi fan bunday imtiyozga ega emas. Masalan, adabiyotshunoslik ishlab chiqqan qofiya nazariyasini musiqa yoki me’morlik san’atiga tadbiq etib bo‘lmaydi. Etika (Axloqshunoslik). Bu ikkala fan shu qadar bir–biriga yaqinki, hatto ba’zi davrlarda ular etarli darajada o‘zaro chegaralanmagan. CHunki insonning xatti–harakati va niyati ko‘pincha ham axloqiylikka, ham nafosatga tegishli bo‘ladi, ya’ni muayyan ijobiy faoliyat ham ezgulik, ham nafosat xususiyatlarini o‘zida birvarakay mujassam qiladi. SHu sababli «Avesto», «Bibliyo» va «Qur’on» kabi muqaddas kitoblarda, Suqrot, Aflotun, Forobiy singari qadimgi faylasuflar ta’limotlarida axloqiylikni – ichki go‘zallik, nafosatni – tashqi go‘zallik tarzida talqin etganlar. Bundan tashqari, ko‘rib o‘tganimizdek, san’at estetikaning asosiy tadqiqot ob’ektlaridan hisoblanadi. Har bir san’at asarida esa axloqning dolzarb muammolari ko‘tariladi va ijodkor eng yuksak axloqiy darajani badiiy qiyofalar orqali in’ikos ettiradi. Psixologiya (Ruhshunoslik). Ma’lumki, insonning ruhiy hayotini o‘rganar ekan, ruhshunoslik, hissiyotlar masalasiga katta o‘rin beradi. Go‘zallikni, san’at asarini yaratish va idrok etish ham ma’lum ma’noda hissiyotlar bilan bog‘liq. Masalan, oddiy harsang tosh kishida alohida bir hissiy taassurot uyg‘otmaydi. Lekin toshga haykaltarosh qo‘l urganidan so‘ng, undan hayot nafasi, insoniy hissiyotlar ufura boshlaydi. Gap bunda toshga odam qiyofasi berilganida emas, balki shu qiyofaga bir lahzalik insoniy tuyg‘ularning jamlanganidadir. Boshqacharoq qilib aytganda, ijodkor toshga o‘zi tomoshabinga etkazishni maqsad qilib qo‘ygan hissiyotlarning suratini chizadi va oddiy toshni haqiqiy san’at asariga aylantiradi. Sotsiologiya fani bilan aloqadorligi. Ma’lumki, har bir san’at asari alohida inson shaxsiga e’tibor qilgani holda, jamiyatni ijtimoiy munosabatlar tizimi sifatida badiiy tadqiq etadi. Hatto inson va jamiyat bevosita aks etmagan manzara janridagi asarda ham ijtimoiylik jamiyat a’zosi–muallif qarashlarining bilvosita in’ikosi bo‘lmish uslubda o‘zini ko‘rsatadi. Zero asar muallifi hech qachon o‘zi mansub jamiyatdan chetda «tomoshabin» bo‘lib turolmaydi. Dinshunoslik fani bilan aloqadorligi.Din va san’at doimo bir–birini to‘ldirib keladi va ko‘p hollarda biri boshqasi uchun yashash sharti bo‘lib maydonga chiqadi. Buning ustiga, har bir umumjahoniy dinning «o‘z tasarrufidagi» san’at turlari bor: buddhachilik uchun–haykaltaroshlik, nasroniylik uchun–tasviriy san’at, musulmonchilik uchun–badiiy adabiyot. SHuningdek, barcha umumjahoniy dinlar o‘z ibodatxonalarini taqozo etadi. Ibodatxonalarning esa me’morlik san’ati bilan bog‘liqligi hammamizga ma’lum. Pedagogika fani bilan aloqadorligi. Ularning aloqadorligi tarbiya muammolarini hal qilish borasida yaqqol ko‘zga tashlanadi. CHunki pedagogika ham ma’lum ma’noda nafosat tarbiyasi bilan shug‘ullanadi. Lekin bu tarbiya alohida–alohida, muxtor qismlarga bo‘lingan holda, turli yosh va sohalar uchun maxsus belgilangan tarbiya tarzida, ya’ni muayyan, aniq chegaralarda olib boriladi. Har bir fanning inson va jamiyat hayotida o‘ziga xos amaliy ahamiyati bor: estetika ham bundan mustasno emas. Avvalo, u kundalik hayotimizda nafosat tarbiyasini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish borasida katta ahamiyatga ega. Erkin, demokratik jamiyatimizning har bir a’zosi go‘zallikni chuqur his etadigan, uni asraydigan nafis did egalari bo‘lishlari lozim. Haqiqiy badiiy asar bilan saviyasi past asarni farqlay bilishlari, «ommaviychilik san’ati»ni rad qila olishlari lozim. Ana shu nuqtai nazardan qaraganda, estetika jamiyatning barcha a’zolari uchun muhim ahamiyatga ega. Estetikaning, ayniqsa, badiiy asar ijodkorlari uchun amaliy ahamiyati katta. CHunonchi, biror bir san’at turida ijod qilayotgan san’atkor birinchi galda, ma’lum ma’noda, o‘z sohasining bilimdoni bo‘lishi kerak. Estetikaning san’atni xalq orasida yoyadigan va targ‘ib etadigan tashkilotlar rahbarlari uchun ahamiyati muhim. Ayniqsa, ma’naviyat va mafkura sohalariga matasaddi rahbarlarning estetikadan bexabar bo‘lishlari mumkin emas. Aksincha ma’naviyat targ‘ibotchilarining estetikaga e’tiborchizligi san’at uchun fojiali holatlarni yuzaga keltiradi. SHuningdek, dizaynchi–injenerlar, atrof–muhitni obodonlashtirish bilan shug‘ullanadigan mutaxassislar faoliyatiga nafosat ilmining sezilarli ta’siri mavjud. SHuningdek, korxona rahbarlari, sex boshliqlari mazkur korxona yoki sexda dastgohlar dizaynidan tortib, devorlar ranglari–yu, «ichki gulzor»larning joylashtirilishigacha nafosat qonun-qoidalari asosida bo‘lishini ta’minlashlari lozim Zero o‘shandagina ish joyida mehnat unumdorligining oshishi tabiiy. Buning uchun esa mazkur rahbarlar estetikadan albatta xabardor bo‘lishlari shart. Umuman olganda, estetika hamma uchun ham zarur. CHunki inson zoti baribir hayotda tez-tez san’at asarini idrok etuvchi sifatida maydonga chiqadi. Deylik, siz Samarqandga «o‘ynab kelgani» bordingiz. Agar estetikadan bexabar bo‘lsangiz, Go‘ri Amir maqbarasinig gumbazi, Registondagi madrasalar yonida qad ko‘targan minoralar, peshtoqlardagi ko‘hna arabiy yozuvlar sizda qiziqish uyg‘otmaydi. Bordi-yu, aksincha, nafosat ilmidan xabardor bo‘lsangiz, u holda nafaqat ularning chiroyliligini, balki gumbaz shunchaki gumbaz emas, Xudo go‘zalligining ramzi ekanini, u «jamol» deb atalishini, minoralar – Tangri qudratining timsoli o‘laroq «jalol» deyilishini, peshtoqlardagi go‘zal yozuvlar – oyatlar, Xudoning belgisi, «sifat» deb nomlanishini eslaysiz va olayotgan taassurotingiz bir necha barobar kuchayadi. Zero estetika orqali biz faqatgina ko‘rganlarimizning shakliy go‘zalligini emas, balki ayni paytda shakl bilan birga uning falsafiy mohiyatini ham idrok etamiz. SHu sababli, fermerga yoki temir yo‘l ishchisiga, yoki tadbirkorga estetika haqida bosh qotirib o‘tirish zarur kelibdimi, degan gaplar xato va zararlidir. Download 93.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling