3 мавзу Qadriyatlar falsafasi (aksiologyia). Axloq falsafasi


Download 93.98 Kb.
bet7/14
Sana30.10.2023
Hajmi93.98 Kb.
#1735426
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
Сиртки 3 маър мавзу

Estetik ehtiyoj. Estetik anglash va shu asosdagi faoliyat jarayonining ibtidosi estetik ehtiyojga borib taqaladi. Estetik ehtiyoj inson hayotida ro‘y beradigan barcha estetik hodisalarning asosi sifatida ham tabiiy–biologik, ham ijtimoiy–ma’naviy mohiyatga ega; «go‘zal nafs», nafosatga tashnalik, insonda estetik hissiyotni qo‘zg‘atish xususiyatini saqlab qolgan holda, keyinchalik uning butun umri mobaynida takomillashib boradi estetik muhokama, estetik baho, estetik did va estetik idealning shakllanishiga xizmat qiladi. Har bir shaxsdagi madaniyatlilik darajasi, ma’naviy salohiyati uning estetik ehtiyoji doirasi bilan o‘lchanadi. U «go‘zal nafs» sifatida boshqa ehtiyojdan talab etilayotgan ob’ektdan moddiy–iqtisodiy, ijtimoiy–siyosiy va boshqa manfaatlar kutmasligi, beg‘arazligi bilan ajralib turadi. Estetik ehtiyoj estetik hissiyot bilan uzviy, dialektik bog‘liq; estetik ehtiyoj ko‘pincha estetik hissiyotni uyg‘otsa, ba’zan estetik hissiyot estetik ehtiyojni vujudga keltiradi.
Estetik hissiyot. Ko‘pincha adabiyotlarda estetik hissiyot «estetik tuyg‘u» so‘zida, birlik shaklida beriladi. Goh estetik kechinmaning, goh estetik hayajonning sinonimi tarzida talqin qilinadi. Bizningcha, bu unchalik to‘g‘ri emas. CHunki hayajon ham, kechinma ham bitta tuyg‘udan emas, tuyg‘ular silsilasidan iborat bo‘ladi, shu sababdan uni ko‘plikda–hislar yoki hissiyot shaklida qo‘llash maqsadga muvofiq.
Endi estetik hissiyotni tashkil etadigan hislarning ba’zilarini qisqacha ko‘rib o‘taylik.
Estetik qiziqish. Estetik hissiyotning ibtidosidagi tuyg‘ulardan biri estetik qiziqishhisoblanadi..Ma’lumki, qiziqish hissi, sog‘inch va qo‘msashdan farqi o‘laroq o‘tmishda ro‘y bergan hodisani emas, balki ko‘p hollarda kelajakda, tez muddat ichida ro‘y berishi lozim bo‘lgan voqelikni nazarda tutadi, unga intiladi; intilish jarayoni esa–»uchrashuv»ga tayyorgarlik degani. Estetik qiziqish sub’ektning ob’ekt haqida, hali u bilan yuzma–yuz kelmasdan turib, muayyan bir umumiy tushunchaga ega bo‘lishini, uni idrok etishga o‘zini hozirlashini taqozo etadi.
.
Quvonch xissi. U estetik munosabatning boshlanishida ro‘y beradigan tuyg‘udir. Quvonch xissi sub’ekt ob’ektni ko‘rgan paytda, deylik, go‘zallikka duch kelganida uni ichki bir quvonch qamrab oladi. Estetik quvonch sub’ektni kuzatuvni davom ettirishga da’vat etadi va ob’ektni hissiy o‘rganish uchun unga muayyan kayfiyat, ruh beradi. Xuddi shunday vazifani ulug‘vorlik va mo‘‘jizaviylikni mushohada etishda–yoqimli hayrat hissi, fojiaviylikda–achinish, hamdardlik, kulgililikda–hazil, kulgi bajaradi. Lo‘nda qilib aytganda, hayrat bilan estetik jarayon boshlanadi. Estetik munosabat mobaynida u avval qiziqishga, keyin asta–sekinlik bilan zavqqa aylanadi va zavq bilan idrok etish hodisasi voqe bo‘ladi. Ayni paytda zavq faqat estetik ob’ektni idrok etishdagina emas, balki ana shunday ob’ektlarni yaratishda ham ilhom shaklida ishtirok etadi

Download 93.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling