3 мавзу Qadriyatlar falsafasi (aksiologyia). Axloq falsafasi


Download 93.98 Kb.
bet14/14
Sana30.10.2023
Hajmi93.98 Kb.
#1735426
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Сиртки 3 маър мавзу

Zamonaviy san’at turlari. Texnikaviy yutuqlar asosida vujudga kelgan zamonaviy san’at turlari insonning har qanday qulay sharoitdan yangi san’at turi yoki asarlarini yaratish uchun foydalanishini ko‘rsatadi, insondagi san’atga bo‘lgan azaliy va abadiy intilishidan dalolat beradi. Bir paytlar, o‘ta ratsional, san’at bilan sig‘ishmaydigan, qo‘pol deb hisoblangan texnikadan hozirgi paytda inson ildizi noratsionallikka borib taqaladigan badiiy qiyofa yaratish uchun foydalanmoqda. SHuning natijasi o‘laroq, keyingi bir yarim asr ichida bir necha zamonaviy (texnikaviy) san’at turlari paydo bo‘ldi va rivojlandi.
Fotosan’at.XIX asrning 20-30-yillarida fransuzlar J.Nens, L.Dager, ingliz U.Tolbot tomonidan shahar manzaralari, mevalarning rassomlik san’atidagi ko‘rinishlarini optika va kimyo yordamida suratga ko‘chirish amalga oshiriladi. Uni dastlab «fotogeniya», «fotogenik san’at» deb, keyinroq esa, uni rassomlik san’atidagi rangtasvir va grafikaga yaqinligi nazarda tutib, «fotografiya» degan nom bilan atashdi. Muhimi shundaki, suratga tushirishni badiylashtirish, fototexnika asosida san’at asari yaratish boshlandi. Ayni paytda, endi rangtasvirning kuni bitdi, degan, shoshib aytilgan fikrlar ham o‘rtaga tashlandi.
Badiiy suratkashlikning, ya’ni nurtasvirning rangtasvirdan farqi va eng muhim belgisi – bu uning hujjatlilik xususiyati, undagi har bir suratga olingan hodisa real asosga ega. Rassom o‘zi tanlagan syujet tasvirida tasavvur va xayolotga keng o‘rin beradi, fotosan’atkorda bu imkoniyat yo‘q, u tasvir ob’ektini real, hayotdagi holatida qanday bo‘lsa, shunday suratga tushiradi. Lekin u ob’ektning «yalt» etgan jonli ko‘rinishini topa bilishi va o‘sha jonlilikni saqlab qoladigan nuqtadan turib ijod qilishi, ba’zan ob’ektning ishiga aralashishi, uni muayyan ruhiy yoki manzaraviy holatga kelishi uchun ko‘maklashishi kerak bo‘ladi. Biroq u rassomning erkin aralashuvi imkoniga ega emas. SHu bois biz fotosan’atda eng yuksak darajadagi jonlilikni ko‘ramiz, tom ma’nodagi real borliqning qo‘shig‘ini tinglaymiz.
Fotosan’atda montaj katta ahamiyatga ega. Montaj orqali badiiy qiyofa yaratish imkoni nihoyatda keng. Fan va texnikaning ravnaqi tufayli u «mo‘‘jizaviy» darajaga ko‘tarildi.
Kino.Eng miqyosli zamonaviy san’at turi hisoblanadi. Bugungi kunda u hamma erda «hoziru nozir». Uni kinoteatrlarda jamoaviy, televidenie va videomagnitafon orqali esa oilaviy yoki individual tomosha qilish mumkin. Hozirgi paytda kino o‘zining dastlabki «harakatdagi fotografiya» holatidan shu qadar uzoqlashib ketganki, endi uning ovozsiz davridagi montaj dramaturgiyasiga suyanib qolgan san’at sifatida tasavvur ham qilish qiyin. Hozir aktyorlar yaratgan, murakkab psixologizmga asoslangan badiiy qiyofalar, adabiy ssenariy zaminida ekranlashtirilgan real hayotni badiiy aks ettiradigan davomli, ko‘pchiziqli syujet birinchi o‘rinda turadi. Kinoda teatrdagidek dinamik dramatizm hamda uning asosini tashkil etgan harakat, harakat va yana harakat (bunda fikriy harakat ham nazardan qochirilmasligi lozim) asarning moyasini tashkil etadi. Biroq kino, teatrdan farqli ravishda, kadrlar orqali zamondan-zamonga «sakrab» o‘tish imkoniga ega, biroq bu «sakrash», agar film rejissurasi puxta bo‘lsa, tomoshabinga sezilmaydi, u hozirgi voqealarning ibtidosi, sababchisi – avval bo‘lib o‘tgan voqealar ekanini his qilib turadi. CHunki o‘tgan voqealarning eng muhim, qahramonlar taqdirini belgilaydigan holatlari kadrlarda bugungi voqealar bilan tabiiy ulanib ketadi, ya’ni kecha – bugunga, bugun – kechaga o‘tib turishi ekran imkoniyati doirasidagi «oddiy gap», kino san’ati usullaridan biri. Sahnada esa bunday imkoniyat yo‘q, unda mazkur holatlar tomoshabinga to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, balki dekoratsiya va musiqa o‘zgarishlari yordamida aktyorlar monologlarida, ba’zan dialoglarida nutq (so‘z) orqaligina shartli ravishda etkazib beriladi.
Televidenie.Agar estrada «san’atdagi jurnalistika» bo‘lsa, televidenieni «jurnalistikadagi san’at» deyishimiz mumkin. Hozir uni faqat ommaviy axborot vositasi va san’at targ‘ibotini texnikaning eng yangi yutuqlari asosida amalga oshiruvchi zamonaviy omil sifatida olib qarash uni kamsatishdan boshqa narsa emas. To‘g‘ri, telejurnalistika mavjud va uni inkor etish aqlga to‘g‘ri kelmaydi. Lekin ayni paytda ana shu real hayot real voqealar va real odamlar ishtirokidagi «jurnalistik» syujetlarning san’at darajasiga ko‘tarilganini, ularning estetik ahamiyat kasb etganini yaqqol ko‘ramiz. M., Farhod Bobojonning «Bir o‘lkaki...» turkumidagi ko‘rsatuvlarini olaylik. Ularni oddiy jurnalistik televizon reportaj deyish mumkinmi?! Bu ko‘rsatuvlarning deyarli har biri o‘ziga xos film, shunday filmki, oldiga oddiy «hujjatli» degan sifatlashni qo‘yish nohaqlik.

Xulosa qilib aytganda, mazkur bob mobaynida san’at xillari, turlari va janrlarini tasniflashtirishdek murakkab masalalarni baholi qudrat ko‘rib o‘tdik. Bizning ba’zi mulohazalarimiz, ilmiy xulosalarimiz umumjahoniy ildizga ega bo‘lgan milliy estetikamizda bu boradagi dastlabki nazariy yondashuvlardir. Biroq ularni mutlaqlashtirishdan yiroqmiz, asosiy maqsad talabalar va domlalarda mustaqil fikrlash malakasini yuksaltirishdan iborat.




1Каримов И.А. Донишманд халқимизнинг мустаҳкам иродасига ишонаман. «Фидокор» газетаси, 2000, 8 июн.

Download 93.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling