3-Mavzu: qand, asal, kraxmal va qandolat mahsulotlari tayanch so‘z va iboralar


Download 378.72 Kb.
bet13/16
Sana20.10.2023
Hajmi378.72 Kb.
#1712117
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
3-Mavzu qand, asal, kraxmal va qandolat mahsulotlari tayanch so-fayllar.org

Nachinkasiz karamel. Bu faqat karamel massasidan tayyorlanadi. Ularning
tarkibida qand moddasining miqdori 96 % ni tashkil etadi. Bu turga xilma-xil
shakldagi mayda va o‘ralmagan karamellar, ya’ni monpaselar kiradi. Qog‘ozga
o‘ralgan nachinkasiz karamel ishlov berilishiga, rangiga, xushbo‘yligiga qarab
«Barbaris», «Dyushes», «Teatralnaya», «Vzletnaya», «Myatnaya», «Zolotistaya»,
turlariga bo‘linadi. Turli hayvonlar, qushlar, baliqlar yoki buyumlar shaklidagi
karamellar ham nachinkasiz karamellarning maxsus turlari hisoblanadi.
Nachinkali karamel. Karamel massasidan hamda massa ichida joylashgan
karamel nachinkasidan tashkil topadi va ular juda xilma-xildir. Ular qog‘ozga
o‘ralgan, qog‘ozga o‘ralmagan holda savdoga chiqariladi.


Mevali va rezavor-mevali nachinkali karamel. Olmali, nokli, qora smorodinali,


o‘rikli, apelsinli, olxo‘rili va boshqa karamellar kiradi. Bu turdagisi qaysi meva nomi
bilan atalsa, shu nomdagi meva-rezavor mevaning rangi, hidi va mazasini beradi.
Asal nachinkali karamel. «Pchyolka», «Zolotoy uley», «Medovaya
podushechka» kabi karamellar kiradi. Hidi va ta’mi bo‘yicha boshqa karamellardan
farq qilib, asal hidi hamda ta’mini beradi.
Likyorli nachinkali karamel. Bu turdagi karamellarga «Likyor-naya»,
«Zubrovka», «Arktika», «Aromatnaya», «Apelsinli likyor» kabilar kiradi.
Sutli nachinkali karamel. Bu turga «Хоккеу», «Molochnaya», «Kashtan»,
«Qaymoqli qulupnay», «Kofeynaya», «Populyarnaya» kabi karamellar kiradi. Bu
turdagilarda sut va sut mahsulotlarning hidi va ta’mi seziladi.
Pomada nachinkali karamel. «Pomadnaya», «Bombom», «Mechta», «Zolotoy
petushok», «Limonnaya», «Apelsinovaya» kabi karamellar kiradi. Pomada
nachinkasi saxarozaning mayda kristallaridan tashkil topgan nafis massa bo‘lib,
og‘izda tezda erib ketadi.
Marsipan nachinkali karamel. «Utro», «Fantaziya», «Marsipan», «Orexovaya»,
«Fistashkovaya», «Krasniy sport» karamellari kiradi.
Marsipan nachinkasi qovurilmagan yong‘oq mag‘zini shakar upasi va yog‘lar
bilan qorishtirib, ezish natijasida olinadi. Bu nachinka yumshoq moysimon
konsistensiyasiga ega bo‘lib, yong‘oq ta’mi yaqqol sezilib turadi.
Yong‘oq nachinkali karamel. «Baykal», «Rachki», «Kashtan» kabi karamellar
kiradi. Yong‘oq nachinkasi qovurilgan yong‘oq va kunjut urug‘larini shakar upasi
bilan qorishtirib, ezish natijasida olinadi. Bu nachinka yumshoq, moysimon
konsistensiyaga ega bo‘lib, qovurilgan yong‘oqning ta’mi sezilib turadi.
Shokoladli-yong‘oqli nachinkali karamel. «Bon-Bon», «Sibir», «Dubok»,
«Shokoladnaya», «Burevestnik» kabi karamellar kiradi. Bu nachinka yong‘oq, kаkао
dukkagi va 10 % kаkао moyini shakar upasi bilan maydalab, ezish natijasida olinadi.
Bu nachinkali karamellar yuqori ozuqaviy qiymatga ega bo‘ladi.
Ko‘pirtirib pishitilgan nachinkali karamel. Bu nachinkali karamellarga
«Krasniyтак», «Lakomka», «Ulibka», «Yantar» kabilarni kiritish mumkin. Bu


nachinkani qaynatilgan shakar-shinni sharbatiga tuxum oqi yoki ko‘pik hosil


qiladigan boshqa moddalar qo‘shiladi ko‘pirtirib pishitishdan oldin meva bo‘tqasiga
sut, spirtli xushbo‘y essensiyalar solinadi.

Download 378.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling