3 mavzu. Yurak qon tomir tizimi kasalliklarida davolovchi parhez ovqatlar


Zamonaviy tamoillarga ko‘ra qon bosimi ko‘rsatkichlari quyidagicha ta’riflanadi


Download 27.02 Kb.
bet4/5
Sana24.03.2023
Hajmi27.02 Kb.
#1291882
1   2   3   4   5
Zamonaviy tamoillarga ko‘ra qon bosimi ko‘rsatkichlari quyidagicha ta’riflanadi:
 Optimal sistolik (yuqori) bosim 120 mm simob ustuni va undan past, diastolik (pastki) 80 mm simob ustuni va undan past;
 Me’yoridagi bosim 120-129/80-84 mm simob ustuni; \
 Me’yorning yuqori chegarasi 130-139/85-89 mm simob ustuni;
Gipertoniya kasalligiga chalinganlarning qon bosimi ko‘rsatgichlari:
 1-daraja: 140-159/90-99 mm simob ustuni;
 2-daraja: 160-179/100-109 mm simob ustuni;
 3-daraja: sistolik bosim 180 mm simob ustuni va undan yuqori, diastolik 110 mm simob ustuni va undan yuqori;
 Ayrim yoshi ulug‘ kishilarda faqat sistolik bosimni ko‘tarilishi aniqlanadi (uning 140 mm simob ustuni va undan yuqori bo‘lishi, diastolik bosimni esa 90 mm simob ustuni va undan past bo‘lishi) va bu sistolik arterial gipertenziya deb ataladi. Gipertoniya kasalligi ko‘p hollarda sekinlik bilan belgilarsiz boshlanadi va birinchi marta qon bosimi o‘lchanganda, profilaktik tekshirish paytida yoki sanatoriya - kurort kartalari to‘ldirilayotganda tasodifan aniqlanadi.Kasallikning namoyon bo‘lishi aksariyat hollarda qon bosimi darajasiga bog‘liq bo‘lib, bemorlarning taxminan 50 % da shikoyatlar bo‘lmasligi mumkin. Qolgan qismida esa bosh og‘rishi va aylanishi, quloq shang‘illashi, yurak sohasida og‘riq, tez charchash, ish qobiliyati pasayishi, uyqu buzilishi, xotira susayishi, ob - havodagi o‘zgarishlarning salbiy ta’siri kabi belgilar yoki ularning ayrimlari kuzatiladi.
Bemorlarda kuzatiladigan bosh og‘riqlari tunda yoki ertalab uyg‘ongandan so‘ng paydo bo‘lib, soatlab davom etishi mumkin. Stenokardiyalar. Ularning turg‘un (og‘riqlarning aksariyat hollarda jismoniy zo‘riqish vaqtida paydo bo‘lishi) va turg‘un bo‘lmagan (og‘riqlarni tinch holatda paydo bo‘lib, tobora kuchayib borishi va davomiyligining uzayishi) shakllari farqlanadi. Stenokardiyalarning turli ko‘rinishlari uchun xos bo‘lgan asosiy belgi to‘sh ortidagi og‘riqlar bo‘lib, odatda, jismoniy yoki ruhiy zo‘riqishlardan so‘ng, sovuq havoga chiqqanda yuzaga keladi va tinch holatda yoki nitroglitserin tabletkasini til ostiga qabul qilgandan keyin o‘tib ketadi. Jismoniy yuklama (zinapoyadan ko‘tarilish, yugurish, tez yurish) paytida yoki hayajonlanganda yurak urishi tezlashib, uning mushaklarining kislorodga bo‘lgan talabi keskin oshib ketadi. Natijada, aterosklerozga uchragan yurak tomirlari uni etarli darajada qon bilan ta’minlay olmaydi va oqibatda, og‘riq yuzaga keladi. Ayrim bemorlarda notinchlik va qo‘rquv hissi kuzatiladi.
Og‘riqlar xurujlar ko‘rinishida bo‘lib, chap elkaga va kurakka, qo‘lga, qo‘ltiq sohasiga hamda 4 va 5 barmoqlarga uzatiladi va bir necha soniyadan bir necha daqiqagacha davom etishi mumkin. Odatda, bemorlar og‘riq so‘zini kam ishlatadilar va “kuydirish”, “qizish”, “bosim” yoki “noqulaylik” kabi iboralardan foydalanadilar. Stenokardiyaning turg‘un bo‘lmagan shakllarida og‘riq tinch holatda ba’zan tunda paydo bo‘lib, uning davomiyligi hamda intensivligi kuchayib boradi. Og‘riqlar taom iste’mol qilgandan so‘ng yoki vertikal holatdan keskin gorizontal holatga o‘tganda ham kuzatilishi mumkin. YUqorida ta’kidlanganidek, nitroglitserin tabletkasini qabul qilgandan so‘ng og‘riqlarning o‘tib ketishi bemorda stenokardiya mavjudligini tasdiqlovchi ishonchli belgi hisoblanadi.
Yuqorida sanab o‘tilgan belgilar kuzatilganda, zudlik bilan shifokorga murojaat qilish lozim. Miokard infarkti. Yurak ishemik kasalligining ushbu shaklida miokardning qon bilan ta’minlanishining o‘tkir buzilishi oqibatida uning nekrozi (o‘lishi) kuzatiladi. Og‘riqlar to‘satdan boshlanib, stenokardiyadagi kabi joylashish va uzatilishga ega bo‘lsa ham, davomiyligi ko‘pincha 30 daqiqa hamda undan ortiq (ba’zan soatlab) bo‘ladi va bu holda nitroglitserin tabletkasini til ostiga qo‘yish samara bermaydi. Bemor o‘zini go‘yoki yuragini ikki temir qattiq siqqandek yoki to‘shi ortiga cho‘g‘ qo‘yilgandek his qiladi. Ba’zan (juda kam hollarda) 30 - 40 daqiqada keyin og‘riq xurujlari kamayib, bemor 10-15 daqiqa o‘zini nisbatan yaxshi sezishi mumkin. Undan so‘ng og‘riq xurujlari yana takrorlanadi.
Og‘riqlar bilan bir qatorda ulardan sovuq yopishqoq ter ajralishi kuzatilib, o‘limdan qo‘rqish hissi paydo bo‘ladi. Ko‘p hollarda og‘riq chap qo‘lga, kurak sohasiga, elkaga, bo‘yinga, kuraklar oralig‘iga, pastki jag‘ga uzatiladi. Ayrim bemorlarda miokard infarkti nafas siqish xurujlari (astmatik), yurak urishidagi buzilishlar (aritmik), qorinning yuqori qismidagi og‘riqlar (abdominal), bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi, qayd qilish, qo‘l - oyoqlarning vaqtincha ishlamay qolishi (serebral) kabi belgilar bilan kechishi mumkin. Ba’zan esa bemorlarda yaqqol klinik belgilar (simptomsiz) kuzatilmaydi. Miokard infarktini tashxislashda elektrokardiografiya yordamida yurak faoliyatini tekshirish muhim ahamiyatga ega. Ushbu kasallik mavjudligi ehtimoli bo‘lgan bemor zudlik bilan shifoxonaga yotishi kerak.
Surunkali yurak etishmovchiligi. Ushbu asorat yurak qon – tomir kasalliklarining oqibatida rivojlanib uning erta bosqichlarida bemorlarda engil jismoniy zo‘riqishda charchash kuzatilib, ko‘pincha unga etarlicha e’tibor berilmaydi. CHunki aksariyat hollarda u ortiqcha tana vazni yoki yoshga bog‘lanadi. Quyida biz surunkali yurak etishmovchiligiga chalingan bemorlarda ko‘p hollarda kuzatiladigan belgilarni keltiramiz:  Jismoniy faollikni kamayishi (94 – 95 %) - ilgari belgilarsiz o‘tkaziladigan engil jismoniy zo‘riqishda (zinapoyadan ko‘tarilish, oddiy uy yumushlarini bajarish) tez charchab qolish;  Xansirash (98 – 99 %) - o‘rtacha jismoniy zo‘riqishda paydo bo‘lib uzoq vaqt saqlanib qolishi (surunkali yurak etishmovchiligini og‘ir bosqichlarida xansirash bir oz jismoniy zo‘riqishda - tekis yo‘lda tez yurish, gaplashish, ovqatlanish) yoki tinch holatda ham paydo bo‘lishi, havo etishmaslik hissi;  YUrak urib ketishi (80 – 82 %) va uni jismoniy zo‘riqishdan keyin uzoq vaqt saqlanib qolishi;  Holsizlik (79 – 80 %) va bezovtalik hissi (43 - 45 %);  Kaft va oyoqlarni sovuq qotishi, terini qurishi;  Akrotsianoz paydo bo‘lishi – qo‘l va oyoq barmoqlari, quloq hamda burun uchini ko‘karishi (yurakdan uzoqda joylashgan a’zolarda qon yaxshi aylanmasligi sababli);  Quruq va balg‘amli yo‘tal, ba’zan qon tuflash (aksariyat hollarda jismoniy zo‘riqishda yoki tunda gorizontal holatda yotganda);  O‘ng qovurg‘a ostida og‘irlik hissi va og‘riq (jigar kattalashganligi sababli);  SHishlar paydo bo‘lishi (avval to‘piq atrofida keyin oyoqlarda, og‘ir hollarda esa butun tanada va qorin bo‘shlig‘ida);  Bo‘yin venalarini bo‘rtib chiqishi;  Depressiya (ruhiyatni buzilishi, tushkunlik) holatlari (14 – 36 %);  Havo etishmaslik hissi xurujlari (avval jismoniy zo‘riqishda, og‘ir bosqichlarida tinch holatda) va uni gorizontal yotganda paydo bo‘ladigan yo‘tal va xansirash bilan birga kechishi (bo‘g‘ilish hissi). Ushbu vaziyatni engillashtirish uchun bemorlar o‘tirgan holatni egallaydilar va bosh qismlarini ko‘targan (bir nechta yostiqda) yoki o‘tirgan holda uxlaydilar. Bu tibbiyot tilida ortopnoe deb ataladi Tibbiyot tilida ushbu sabablar xavf omillari deb ataladi. Ularga yosh, nasliy moyillik, qon bosimi ko‘rsatkichlari, qandli diabet, chekish (tamaki va nosvoy), semizlik, qonda yog‘lar ya’ni xolesterin va triglitseridlar miqdorining me’yoridan oshishi. So‘nggi xavf omili yuqorida qayd etilgan kasalliklarga olib keluvchi asosiy sabablardan biri bo‘lib aksariyat hollarda ovqatlanish tartibi bilan bog‘liq. SHu sababli har bir kishi me’yorida ovqatlansa (tarkibida xolesterin va triglitserid kabi tomirlarda cho‘kib qoluvchi yog‘ moddalari bor mahsulotlarni suiste’mol qilmasa) ushbu og‘ir kasalliklarni oldini olish imoniyatiga ega bo‘ladi va biz quyida ularga to‘xtalib o‘tamiz.
Yurak qon – tomir kasalliklarida parhez ovqatlanish. Ushbu tizimning turli kasalliklarida ovqatlanish tartibi bir – biridan bir muncha farq qilsa ham umumiy tamoillar bir xil hisoblanadi. Uning asosini iste’molda hayvon yog‘larini kamaytirish, osh tuzini keskin chegaralash, to‘yinmagan yog‘lar miqdorini oshirish, ovqat kaloriyasini kamaytirish (ayniqsa, semizlik mavjud bo‘lgan kishilarda), kam – kam va kunda 5 – 6 marta ovqatlanish o‘z tarkibida tolalar saqlovchi meva va sabzavotlarni etarli darajada iste’mol qilish kabi tadbirlar tashkil etadi. Hayvon yog‘larini suiste’mol qilish qonda tomirlarda o‘tirib qoluvchi xolesterin va triglitseridlar miqdorini me’yoridan oshishiga va pirovard oqibatda yurak qon – tomir kasalliklari rivojlanishiga olib keladi.
Hayvon yog‘lari deganda, nafaqat dumba yog‘i yoki charvi balki yog‘li go‘sht, sosiskalar, kolbasalar, do‘konlarda sotiladigan tayyor qiymalar, qazi – qarta, qo‘y go‘shtidan tayyorlangan kabob, somsa va shularga o‘xshash oziq – ovqatlar tushuniladi. Sog‘lom kishida umumiy xolesterin 5,0 mmol/l dan, triglitseridlar 1,7 mmol/l dan yuqori bo‘lmasligi lozim. Ushbu ko‘rsatkichlarning me’yordan yuqori bo‘lishi yurak ishemik kasalligiga olib keluvchi asosiy xavf omillaridan biri hisoblanadi va bu xavf ko‘proq tana vazni ortiqcha hamda qandli diabetga chalingan kishilarda kuzatiladi.

Download 27.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling