3-Modul: O’zbek davlatchiligining shakllanishi va dastlabki taraqqiyot bosqichlari


 Ahmoniylarning O’rta Osiyoni bosib olishi va mahalliy aholining


Download 328.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/11
Sana09.01.2022
Hajmi328.04 Kb.
#262375
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
3-мавзу

 

3. Ahmoniylarning O’rta Osiyoni bosib olishi va mahalliy aholining 

bosqinchilarga qarshi ozodlik kurashi. Yunon-makedon koshinlarining Aleksanr 

Makedonskiy boshchiligida O’rta Osiyoga yurishi. Spitamen boshchiligidagi 

harakatlar. 

Miloddan  avvalgi  VI  asr  o’rtalarida  Ahmoniylar  davlatiga  (mil  avv.558-330  yy) 

qadimgi fors qabilalari ittifoqi boshlig’i Kir11 asos solgan. Xind daryosidan Egey va O’rta 

dengizgacha bo’lgan oraliqdagi Osiyo mamlakatlarini shuningdek Misr, Midiya, Bolqon 

yarim orolining bir qismini bosib oladi. Kir O’rta Osiyo yerlariga yurish qilishga maxsus 

tayyorgarlik ko’radi. Kirning O’rta Osiyoga birinchi xarbiy  yurishlari mil. Av. 545-539 

yillarni o’z ichiga oladi. Uning O’rta Osiyoga ikkinchi yurishi 539-530 yillarni o’z ichiga 

oladi.  Turonning  tabiatdan  erksevar,  yurtparvar  xalqlari  o’z  ona  yurtlarini  mardonovor 

himoya qiladi. Bu esa  Kir11 ning  qayta-qayta bu hududga katta qo’gshin bilan bostirib 

kelishga  majbur  etgan.  Axamoniylarning  yurishiga  doir  ma’lumotlar  Yunon  va  Rim 

mualliflaridan Geradot Yustin, Strabonlarning yozuvlarida ko’p uchraydi. Eron shoxi bilan 



massagetlar  malikasi  mard  va  jasur  ayol  To’maris  o’rtasidagi  munosabatlar,  ularning 

o’zaro  urushi  yakunlariga  oid  Gerodot  ma’lumotlari  alohida  e’tiborga  molik.  Uning 

ta’kidlashicha,  “Mening  bilishimcha  bu  jang  barcha  janglardan  ham  dahshatliroq  edi. 

Avval ikkala qo’shin bir-birlariga uzoq masofadan turib kamondan o’qqa tutdilar. Kamon 

o’qlari tugagach, ikki dushman kuchlar nayza va qilich bilan kurashdilar. Jang uzoq vaqt 

davom  etdi.  Ko’p  qon  to’kildi.  Nihoyat  massagetlar  g’alaba  qozondidilar.  Fors 

qo’shinlarining  katta  qismi,  jumladan,  Kir  ham  jang  maydonida  xalok  bo’ldi”. 

Ma’lumotlarning  so’ngida  Gerodot  “Kirning  o’limi  haqida  ko’p  hikoyalari  orasida, 

menimcha,  bu  eng  ishonchlisidir”,  deya  xulosa    chiqaradi.  200  minglik  katta  jangovar 

qo’shin tuzib To’maris yurtiga kelgan Kir 2 harbiy maxoratda tengsiz bo’lgan massaget 

qabilalarini  ochiq  jangda  yengish  qiyinligini  his  etib,  turli  nayranglar  ishlatishga  urinib 

ko’radi. Shu maqsadda To’maris huzuriga elchilar yuborib, unga uylanmoqchi ekanligini 

bildiradi,  lekin  bu  nayrangi  natijasiz  chiqadi.  Kir  2  shundan  so’ng  yana  xiyla  ishlatib, 

To’marisning jasur o’g’li Spargalisni asirga oladi va oqibatda u o’zini halok etadi. Yagona 

farzandidan ayrilgan ona nafrati, buning ustiga el yurt ozodligini har narsadan a’lo bilgan 

To’maris Kir qo’shiniga qarshi jangga tayyorgarlik ko’radi. Butun vujudi bila massagetlar 

g’arnimlarga qarshi  jang boshlaydi va  massagetlarning  g’alabasi  bilan  yakunlanadi. Kir 

ham jangda haloq bo’ladi bu miloddan avv. 530 yilga to’g’ri keladi. 

Axomoniylar shoxi Doro1 (522-486) davrida Turon hududlari bosib olinadi. Tarixiy 

ma’lumotlar bo’yicha Doro1 519-518 yillardagi xarbiy yurishlar davomida sak qabilalarini 

qiyinchilik  bilan  yengib,  itoatga  keltirgan.  Eron  axamoniylariga  qarshi  O’rta  Osiyoning 

Parfiya,  Marg’iyona  hududlarida  Saklar  o’lkasida  ko’plab  xalq  qo’zg’olonlari  bo’lgan. 

Eron  hududidan  topilgan  Bexiston  yozuvlarida  mil.  avv.  522  yilda  Marg’iyonada 

ko’tarilgan kuchli xalq qo’zg’olonlariga Frada degan shaxs yetakchilik qilishgan. Doro 1 

qo’shini qo’zg’olonchilardan o’ch olishadi, 55 ming qo’zg’olonchi qatl etiladi, 7 mingga 

yaqin kishi asir olinadi. Frada ham qo’lga olinib qiynoq bilan o’ldiriladi. Qadimgi davr 

muallifi  Polien,  jasur  Shiroq  obrazi  bilan  saklarning  ahmoniylarga  qarshi  qahramonona  

kurashini  hikoya  qiladi.Bularning  barchasi  mahalliy  xalqlarning  ajnabiy  bosqinchilar 

zulmiga bo’yin egmay o’z erkinligi uchun tinimsiz kurash olib borganligini ko’rsatadi. Mil. 

avv. 4 asrga kelib Eron Axamoniylari hokimiyati kuchsizlanib, zaiflashib qoladi. Bunday 

sharoitda  Xorazm  birinchi  bo’lib  o’z  mustaqilligini  tiklaydi.  Usta  diplomat  moxir 

siyosatchi  Farasman  mil.  av.v  4  asrda  Xorazm  mustaqilligini  qo’lga  kiritib,  uni 

mustahkamlay boshladi. O’lkaning boshqa hududlarida ham ozodlikka chiqish kuchayib, 

qattiy kurash harakatlari keng avj oldi. 

Ko’pgina  manbalarning  ma’lumot  berishicha,  O’rta  Osiyoning  katta  qismi 

Ahamoniylar  davlati  tarkibiga  kirgan.  Bular,  Midiya,  Elam,  Parfiya,  Baqtriya, 

So’g’diyona,  Xorazm,  Saka  Xamuvarka,  Saka  Tigraxauda  yerlari  kirgan.  Gerodotning 

aytishicha, Doro 1 ahmoniylar davlatini 20 ta o’lkaga bo’lgan.  

Ahmoniylar davrida O’rta Osiyo xalqlarining asosiy mashg’uloti dehqonchilik edi. 

M.  Avv.  6-4  asrlarda  Xorazm,  Baqtriya,  So’g’diyona  va  Farg’ona  vohalarida  ko’plab 

shahar va qishloqlar bo’lgan. Yirik shaharlar Afrosiyob, Ko’ktepa, Uzunqir, Yerqo’rg’on, 

Qiziltepa,  Ko’zaliqir  qalin  va  mustahkam  mudofaa  devorlari  bilan  o’ralgan  bo’lib,  ular 

viloyatlar  va  dehqonchilik  tumanlarining  ma’muriy  va  iqtisodiy  markazlari  vazifasini 

bajarganlar.  Shaharlarda  kulolchilik,  temirchilik,  bronza  quyish,  to’qimachilik  va  savdo 

sotiq rivojlangan. Bu davrda O’rta Osiyoda Oromiy yozuvi tarqaladi. Oromiy yozuvidan  

4 ta mahalliy yozuv ajralib chiqdi. Bu parfiya, so’g’d, baqtriya va Xorazm yozuvlari bo’lib, 

O’rta  Osiyo  hududida  arablar  kelgunga  qadar  saqlanib  qoldi.  m.  avv.  6-4 

asrlardahunarmanchilik  va  savdo  sotiq  munosabatlarining  rivojlanishi  natijasida  O’rta 




Osiyo xalqlari ilk marta zarb qilingan tanga pullar bilan tanishdilar va muomala qildilar. 

O’rta Osiyo hududidan ahmoniylar pul tartibiga oid tangalar topilgan. 

Aleksandr Makedonskiy (miloddan avvalgi 356-323-yy) ning O’rta Osiyoga yurishi 

miloddan  avvalgi  329-yilning  baxor  faslida  boshlandi  u  tez  fursat  ichida  Eronni,  sung 

Baqtriya  bilan  Sogdiyonani  buysundirdi.  Miloddan  avvalgi  329  yili  Aleksandr 

Makedonskiy  kushonlari  Oks-Amudaryodan  o’ta  boshladi.  Kushonlar  olti  kun  deganda 

ular kechuvdan o’tib bo’ldilar, yunon bosqinchilari O’rta Osiyoni juda osonlikcha qo’lga 

kiritishni mo’ljallagan bo’lsalarda ular xisob kitob va rejada yanglishgan edilar. Aleksandr 

kushonlariga  birinchi  zarba  Ariana(xozirgi  Xisor  viloyati)da  berildi.  Shimoli  –sharqiy 

viloyatlar-Girkaniya Ariya, Parfiya, Baqtriya va Sugdiyonani bo’ysundirish uchun uch yil 

vaqt kerak bo’ldi. Ayniqsa Baqtriya va Sugdiyonani qo’lga kiritish Aleksandr uchun juda 

qiyin  kechdi.  O’rta  Osiyo  xalqlari  erk  va  ozodlik  uchun  kurashga  otlandilar. 

Ahamoniylarning qo’shinlarini uch marta mag’lub etgan Aleksandr O’rta Osiyoda mislsiz 

katta qiyinchiliklarga duch keldi.  

Bosqinchilarga qarshi umumxalq urishi e’lon qilgan baqtriyaliklar, sug’diyonaliklar 

va saklar uch yil davomida dushman bilan mardonovor jang qildilar. Ayniqsa Samarqandni 

egallash  oson  kechmagan,  buning  uchun  ikki  yil  kerak  bo’lgan.  Dastlab  makedonlar  bu 

shaxarni sulx yo’li bilan egallaganlar so’ng Aleksandr bu yerda kichik bir lashkar guruxini 

qoldirib o’zi Sirdaryo tomon yo’l olgan. 

U  O’rta  Osiyoda  birinchi  bor  Ustrushonada-Samarqand  bilan  Xo’jand  oralig’ida 

tog’liklarning qattiq qarshiligiga duch qeldi.  Tog’liklar bilan bo’lgan jangda Aleksandir 

mislsiz darajada shavqatsizlik qilgan. Arian bergan ma’lumotlarga qaraganda u 30 ming 

mahalliy  aholidan  22  mingini  qirib  tashlagan.  Bunday  daxshatli  voqealar  Spitamenga 

saboq bo’ldi va u Aleksandrga qarshi kurashga otlandi. Aleksandr jang bilan tog’liklarni 

qirib Sirdaryo bo’ylariga chiqib oladi. Bu yerdaAleksandrni do’stlarcha sovg’a-salomlar 

bilan To’maris kutardi. Aleksander sak elchilarini garovda qoldirib, o’z odamlaridan bir 

kishini To’maris ortidagi saklar  yurtiga ayg’oqchilik maqsadlarida  yuboradi.  Huddi shu 

paytda  Aleksandrga  Samarqanddan  chopar  kelib  Spitamen  boshchiligida  shaharda  unga 

qarshi qo’zg’alon ko’tarilganligi haqida xabar beradi.  

Milloddan  avvalgi  328  yilda  Aleksandr  Spitamen  boshchiligida  Samarqandda 

ko’tarilgan qo’zg’olanni  shavqatsizlik bilan bostirdi.   

 


Download 328.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling