3-Modul: O’zbek davlatchiligining shakllanishi va dastlabki taraqqiyot bosqichlari
Download 328.04 Kb. Pdf ko'rish
|
3-мавзу
4.Yunon-Baqtriya, Parfiya, Sug’diyona, Qang’ va Davon davlatlari. Ularning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayoti. Mahalliy xalqlarning mustaqillik uchun to’xtovsiz kurashlari sabab miloddan avvalgi III asrning o’rtalarida boshlab Baqtriya davlatlari salavkiylar davlatidan ajralib mustaqil bo’ldilar. Shunday qilib O’rta Osiyoni grek-makedonlar tomonidan bosib olishini bu yerda ellinistik davlat deb tarixda nom olgan davlatni tuzilishiga sabab bo’ldi. Shuning uchun ham Iskandarning yurishi va salavkiylar hukmronligi davri milliy davlatchiligimizni rivojlanishid antik (qadimgi) yoki ellinistik davr deb ataladi. Miloddan avvalgi 250 yillar arafasida Baqtriya hukmdori Diodot o’zini salavkiylar davlatidan mustaqil qila boshladi. Biroq u salavkiylar davlati bilan aloqani darhol uzmadi va o’zining faoliyatida salavkiylarga qarashligini yuzaki bo’lsada ko’rsatib siyosat yurgizdi. Biroq uning o’g’li Diodot II o’zini salavkiylardan mustaqil podsho deb e’lon qildi. Shu tariqa Baqtriya yeparhiyasi (satrapligi) o’rnidaYunon-Baqtriya podsholigi vujudga keldi. Bu podsholik 100 yildan ortiqroq hukm surdi. (miloddan avvalgi 250-140 yoki 130 yillar). Uning hududiga Sug’d, Baqtriya, Mirg’iyona yerlari hamda Parkana va Chochni bir qism yerlari kirgan. Yunon-Baqtriya davlatida Diodot II dan keyin Yevtidem Demetriy (miloddan avvalgi 199-167 yillar) Yevkratitlar hukmronlik qiladi. Bular davrida o’zaro urushlar ko’chaydi. M.Evratit davrida So’g’d, Yunon-Baqtriya davlati tarkibidan chiqib ketadi.(miloddan avvalgi 160 yillarga yaqin) va keyinchalik Xorazm tarkibiga kiradi. Huddi shu vaqtda Parfiya podshosi Mitridat I Baqtriyaga qarshi urush boshlaydi. Yevkraditni o’zi esa Xindistonni shimoliy qismini buysundirib kelayotganda o’z o’g’li Galiak tomonidan o’ldiriladi. Shunday keyin asta-sekin Yunon-Baqtriya podsholigining inqirozi boshlandi (miloddan avvalgi II asr o’rtalarida) Kuchsizlanib qolgan Yunon-Baqtriya davlatiga O’rta Osiyoda yashovchi ko’chmanchi qabilalar-yuechjeylar miloddan avvalgi 140 va 130 yillar o’rtasida, hujum qilib, uni ag’dardi. Umuman olganda yuechjeylar O’rta Osiyoda yunon-makedonlar hukmdorligini tag-tomiri bilan ag’darib tashladilar. Miloddan avvalgi II asrning ohirgi choragida Amudaryoning shimolidagi hududlarining barchasi yunon hukmdoridan ozod etildi. Miloddan avvalgi. I asrning o’rtalarida eng ohirgi Yunon-Baqtriya davlati yerlari yuechjeylar tomonidan bosib olingan va yo’q qilingan edi. Download 328.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling