3-Modul: O’zbek davlatchiligining shakllanishi va dastlabki taraqqiyot bosqichlari
O’zbek xalqining etnogenezi. “O’zbek” atamasi
Download 328.04 Kb. Pdf ko'rish
|
3-мавзу
6. O’zbek xalqining etnogenezi. “O’zbek” atamasi. O’zbekistonda davlat mustaqilligi qayta tiklangach halqimizning o’z kelib chiqishi va umuman etnik tarixiga bo’lgan qiziqishi yanada ortdi. Bu tabiiy hol. Respublikamiz Birinchi Prezidenti I.A.Karimov takidlaganidek «Biz o’zimizni millat deb bilar ekanmiz o’zbekchiligimiz haqida aniq tushunchaga ega bo’lishimiz kerak». Bugungi ma’ruza o’zbek halqining etnik shakllanishiga bag’ishlangan bo’lib, unda ushbu jarayon bosqichma-bosqich ko’rib chiqiladi. Hozir jahonda soni jihatidan katta-kichik, turli tillarda so’zlashuvchi, turli dinga e’tiqod qiluvchi va har xil xo’jalik yurituvchi ikki mingdan ziyodroq nomlar bilan ataluvchi halqlar yashaydi. Ularning halq sifatida shakllanishi ham tarixning turli davrlariga to’g’ri keladi. Shyuni alohida ta’kidlash kerakki, dunyoda hech bir halq o’zini sof (toza), aralashmagan deb davo qila olmaydi. Chunki, har bir halq uzoq tarixiy davr davomida turli elatlar bilan aloqada bo’lib aralashib, qorishib borgan. Har bir xalq o’zining etnik tarixi, etgenezi haqida aniq tasavvurga ega bo’lishga intiladi. Har bir halq dastavval urug’ jamoasiga birlashganlar. So’ngra urug’lar birlashib qabilani, qabilalar birlashib esa elatni tashkil qilganlar. Etnogenez (etnos yunon tilida xalq, genezis- kelib chiqish) deb ilgari mavjud bo’lgan bir necha etnik komponentlar asosida yangi etnosning vujudga kelishigaaytiladi. O’zbek xalqi ildiz olgan, uning ilk tarixiy ajdodlari saklar, massagetlar, toxarlar, baxtarlar, xioniylar, usunlar qang’arlar, so’g’diylar xorazmiylar haqida ko’plab ma’lumotlar B.A.Ahmedov, M.Ermatov,
M.G.Vahobov, A.A.Asqarov, G’.Abdurahmonov kabi tarixchi olimlar asarlarida o’zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixi haqida masalalar turlicha o’rganiladi.Masalan, B.Ahmedovning bir qator ilmiy asarlarida o’zbek ajdodlari qadim zamonlardan O’zbekiston hududlarida yashaganliklarini, XV1 asrning boshlarida bu hududga kelib hukmronligini o’rnatgan ko’chmanchi o’zbeklar o’zbek halqining tarikibiy qismidan biri bo’lganligini ta’kidlaydi. Sharqshunos olim o’zbek xalqining to’la shakllangan vaqtini “Qoraxoniylar davrida (10-11) asrlar o’zbek xalqi to’la shakllanib, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy jihatdan rivojlanadi” deb ta’kidlaydi. Akademik A.Asqarov bu masala bo’yicha manbalarga asoslangan holda o’zbek xalqi etnogenezining birinchi bosqichi eramiz boshlarida boshlangan. Milodiy 6 asrning ikkinchi yarmidan o’zbek etnogenezining ikkinchi davri boshlangan, XIV-XV asrlarda esa bu jarayonnning yangi taraqqiy etgan davri deb ta’kidlaydi. G’.Abdurahmonov, SH.Shukurovlarning birgalikda chop etilgan “O’zbek tilining tarixiy grammatikasi” asarlarida o’zbek xalqining shakllanish davri 11-15 asrlar deyilgan bo’lsa G’.Abdurahmonovning keyingi ishlarida o’zbek xalqining shakllanish nihoyasi 11- 12 asrlarga to’g’ri keladi deb turlicha fikr-mulohazalarni beradi. So’zsiz, xalqning chiqib kelish ildizi juda uzoq va etnogenezini katta tarixiy davr ajratib turadi. Bu davr ichida ma’lum hududda bir emas bir necha etnoslar tashkil topgan. Ilk elatlar doimiy emas, ular yemirilib, o’rnida boshqa elatlar vujudga keladi. Markaziy Osiyoda birin ketin- tashkil topgan elatlar ham oz bo’lmagan. O’zbek elati ham shu hududda shakllanadi. Yuqorida keltirilgan fikr-mulohazalardan ko’rinadiki, o’zbek xalqining etnogenezi masalalari bo’yicha olimlar o’rtasida turli fikrlar mavjud. Avvalo shuni ta’kidlash o’rinliki, o’zbeklar O’rta Osiyoning qadimgi halqlaridan biri bo’lib, ko’hna va boy tarixga, yuksak madaniyatga ega halq hisoblanadi. Demakki, o’zbek halqi millat maqomini olgunga qadar uzoq etnik jarayonlarni bosib o’tgan. Bu halq ajdodlari urug’, qabila, elat sifatida tarkib topib, so’ngra millat darajasiga ko’tarilgan. Har bir halq dastavval urug’ jamoasiga birlashganlar. So’ngra urug’lar birlashib qabilani, qabilalar birlashib esa elatni tashkil qilganlar. Ko’plab halqlar tarixning turli bosqichlarida qabila yoki elat darajasiga ko’tarilgach tarqalib ketganlar. Bir qator halqlar esa asta-sekin millat darajasiga rivojlanib chiqqan. Urug’, qabila, elat va millat etnosning (halqning) tarixan tarkib topgan etnik birliklaridir. Shu yerda yuqoridagi har bir etnik birlik tushunchasiga ba’tafsil to’xtalib o’tamiz.
topadi. Bir necha ota-onadan tarqalgan avlodlar o’zaro urug’lar hisoblanadi. Kishilik jamiyatining ibtidoiy gala davridan keyingi bosqichi ya’ni quyi poleolitdan yuqori poleolitga o’tish davrida urug’ jamoalari shakllangan. Urug’chilik qon-qarindoshchilikka asoslangan bo’lib, har bir urug’ odamlari bir-birlari bilan xo’jalik va ijtimoiy jihatdan o’zaro bog’liq bo’ladi. Download 328.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling