3-Modul: O’zbek davlatchiligining shakllanishi va dastlabki taraqqiyot bosqichlari


Download 328.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/11
Sana09.01.2022
Hajmi328.04 Kb.
#262375
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
3-мавзу

Parkana davlati (Davan).Mil. avv. II-I asrlar Xitoy manbalarida keng, boy va ko’p 

aholili deb eslatilgan Davan davlatini tadqiqotchilar qadimgi Farg’ona deb hisoblaydilar. 

Mil. avv. III asrlarda bu davlat “Davan”, keyinroq esa “Boxan” va “Polona” nomlari bilan 

eslatiladi.  “Polona”  bu,  shubhasiz  “Farg’ona”ning  xitoychada  talaffuz  etilishidir.  Xitoy 

ma’lumotlariga  ko’ra  mil.  avv.  II  asrda  Farg’onada  300  ming  aholi  yashagan.  Vohada 

shaharlar ko’p bo’lib, poytaxti Ershi shahri (hozirgi Marhamat) edi. Qadimgi farg’onaliklar 

haqida: “odamlari chuqur ko’zli va sersoqol; savdo-sotiqda mohir, xotinlarni hurmat qiladi. 

Xotinning aytganini eri albatta bajaradi”, -deb ma’lumot beradi. 

Davan  qishloq  xo’jaligi  yuksak  darajada  rivojlangan  mamlakat  edi.  Dehqonchilik 

bilan shug’ullanuvchi aholi arpa, sholi, beda kabi turli ekinlar ekkanlar. Shuningdek, ular 

uzumchilik  ham  qilganlar.  Vinoni  katta  sopol  xumlarda  uzoq  yillar  saqlashni  ham 

bilganlar.  Xitoy  sayyohi  Chjan  Tszyan  (mil.  avv.  II  asr)  ma’lumotlarga  ko’ra  “Davan 

mamlakatida  hamma  joyda  uzumdan  vino  qiladilar.  Badavlat  oilalar  vinoni  juda  ko’p 

miqdorda zahira qiladilar va bu vino o’nlab yillar davomida buzilmay saqlanadi”. Farg’ona 

vodiysida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijalari bu ma’lumotlarni tasdiqlaydi. 

Chjan Tszyan Davandan olgan taassurotlari haqida gapirar ekan, ularning madaniy 

saviyasi,  urf-odatlari  jihatdan  bir-birlariga  teng  ekanliklarini  ko’rsatadi.  Demak,  xitoy 

sayyohi Farg’onada ham o’troq aholini uchratgan va bu aholining dehqonchilik sohasida 

erishgan yutuqlari uni hayron qoldirgan. Dehqonchilik bilan shug’ullanuvchi o’troq aholi 

bilan bir qatorda, Farg’onaning cho’l va dasht hududlarida ko’chmanchi chorvador aholi 

ham yashagan. Manbalar bu ko’chmanchilarning ot ustida turib kamon otishga juda mohir 

ekanliklari haqida eslatib o’tadi. 

O’sha davrda Davan davlati o’zining “afsonaviy” va “samoviy” otlari bilan shuhrat 

qozongan. Davan arg’umoqlari mamlakatdan tashqarida ham, ayniqsa Xitoyda juda ham 

qadrlangan. Xitoyliklar Farg’ona otlarini ilohiylashtirish darajasiga borib yetganlar. 

Mil.  avv.  II  asrning  oxirlari  Xitoy  imperatorlari  Davanni  bosib  olishga  harakat 

qiladilar. Davan xalqi bosqinchilarga qarshi uzoq muddatli og’ir urushlar olib bordi. Mil. 

avv.  104-101  yillarda  Xitoy  imperatorining  60  ming  kishilik  qo’shini  Davanga  bostirib 

kiradi. Manbalarga qaraganda “Bir necha o’n ming kishilik xitoylik yosh jangchilar” bu 

qo’shinga  yordamchi  kuch  sifatida  qo’shiladilar.  Dastlabki  hujum  Xitoy  imperatori 




qo’shinlarining  mag’lubiyati  bilan  yakunlanadi.  Xitoy  qo’shinlari  o’tib  bo’lmas 

istehkomgaaylantirilgan Davan qal’alari qarashligini sindirishga ojizlik qiladilar. 

Miloddan  avvalgi  101  yilda  ko’p  ming  kishilik  imperator  qo’shinlari  Davanga 

ikkinchi  marta  yurish  qiladilar  va  Ershi  shahrini  qamal  qiladilar.  Ularning  bu  safargi 

urinishlari  ham  muvaffaqiyatsiz  kechadi.  Ershi  aholisi  bo’ysunishni  xohlamagach, 

xitoyliklar shaharga keladigan suv yo’llarini berkitib qo’yadilar. SHahar aholisi esa o’zlari 

qazigan quduqlardan suv olib, himoyani mardonavor davom ettiradilar. Shunday sharoitda 

Davanning  o’sha  paytdagi  hukmdori  Mug’va  qo’shni  davlat  hukmdorlardan  yordam 

so’raydi. 

Qattiq  qarshilikka  uchragan  xitoyliklar  Davandan  chekinishga  majbur  bo’ladilar. 

Lekin  Davanga  “samoviy”  arg’umoqlar  berish  majburiyatlarini  qo’yadilar.  Bu 

majburiyatni  bajarish  borasida  davanliklar  orasida  nizo  chiqadi  va  natijada  Mug’va 

o’ldiriladi (aftidan u xitoyliklarga soliq to’lashga qarshi bo’lgan bo’lsa kerak). Xitoyliklar 

bir  necha  o’n  “samoviy”  arg’umoq  va  3  mingta  boshqa  otlarni  olib  Davanni  tashlab 

chiqadilar. 

SHunday qilib, qo’shni davlatlar tomonidan qo’llab-quvvatlangan Davanliklar mil. 

avv. II asrda Xitoyliklar ta’siriga tushmasdan o’z mustaqilliklarini saqlab qoldilar. Davan 

davlatining  keyingi  taqdiri  haqida  ma’lumot  deyarli  yo’q.  Ayrim  rivoyatlarga  ko’ra 

milodimizning II asrida bu davlatni ko’chmanchilar egallagan. 

 


Download 328.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling