3-Modul: O’zbek davlatchiligining shakllanishi va dastlabki taraqqiyot bosqichlari
Download 328.04 Kb. Pdf ko'rish
|
3-мавзу
Kushon davri madaniyati. Kushon davri Markaziy Osiyo halqlarining moddiy va
ma’naviy madaniyatida jiddiy o’zgarishlar bo’lganligi bilan izohlanadi. Buyuk Kushonlar saltanatining taqdiri, ma’naviyati nuqtai nazaridan ayanchli tugadi, ya’ni o’z davrida uning tarixi va madaniyati deyarli yozilmagan. U haqda qadimgi ma’lumotlar juda kam, yozuv (epigrafik) yodgorliklar ham unchalik ko’p emas. Ma’lumki Markaziy Osiyoda miloddan avvalgi IV-II asrlarda oromiy yozuv asosida Xorazm, Parfiya va so’g’d yozuvlari paydo bo’ladi. Kushon davriga kelib ular safiga yana bir yozuv-Kushon (Baqtriya) yozuvi paydo bo’ladi. 22 harfdan iborat va ko’pgina tangalarda uchraydigan bu yozuv, olimlar fikricha, Kanishka davrida paydo bo’ladi. Tangalarda zarb qilingan miniatyura tasvirlarda badjahl va sersoqol podsholar siymolarini, yunon, hind, fors, Markaziy Osiyoning turli xudolari va ular ismlari, pordsholarning nomlari va unvonlari yunon va hind alifbosida, mahalliy tilda bitilganini ko’rishimiz mumkin. Kushon tangalari madaniyatning o’ziga xos tomonari yozuv, til, diniy qarashlar haqida ma’lum xulosalar chiqarish imkoniyatini yaratadi. Ammo, tangalar Kushon madaniyati qay darajada bo’lganligi haqida to’la ma’lumot berolmaydi. Buning uchun san’at yodgorliklariga murojat etamiz: san’at yodgorliklari dastlab Hindistonning shimoli- g’arbida ko’plab ochildi va bu turkum san’at yodgorliklari “Qandahor haykalchilik maktabi” deb nomlandi. Bu hududdan juda ko’plab san’at asarlari topilgan bo’lib, bu asarlarda buddiylik xudolari, monarxlar tasvirlangan. Undan so’ng kushon davriga oid buddiylik manzilgohlari Xodda va Shotaraka (Afg’oniston), Butqara (Pokiston)dan yuzlab haykallar topilib, kushon madaniyati haqidagi tasavvurlar birmuncha kengaydi. Ammo, Markaziy Osiyo Kushon davri madaniyati qay darajada bo’lgan edi? Markaziy Osiyoning janubi va Shimoliy Afg’onistondagi arxeologik tadqiqotlar Yunon-Baqtriya va Kushon-Baqtriya madaniyati gullab yashnaganidan dalolat beradi. Dastlabki yodgorliklar Ayritom va Ko’hna Termizda 30-yillarda ochilib, 60-yillarda davom ettirildi. Keyinchalik ko’hna Termiz yaqinidagi Qoratepa buddiylik ibodatxonasi, Fayoztepa, Holchayon va Dalvarzin ko’hna o’aharlari ochilib nihoyat darajada yuksak bo’lgan kushon madaniyati butun dunyoga mashhur bo’ldi. Ayritom ko’hna shahridan topilgan uylarning peshtog’ig’a ishlangan tosh tasvirlar (sharafa) asrimizning 30-40 yillaridayoq ma’lum edi. Bu peshtoqlarda gullarga burkangan, musiqaasboblari chalib turgan qizlar va do’mbira chalib turgan bolalarning tasviri tushirilgan. Qazishmalar natijasida ibodatxona va inshootlarning me’moriy jihatdan nihoyatda mohirlik bilan barpo etilganini ko’ramiz. Surxandaryo viloyatining Devon nohiyasi paxta dalalarining birida qachonlardir yirik shahar bo’lgan Holchayon yodgorligining qoldiqlarini saqlanib qolgan. Shaharning paydo bo’lishi mil. av. I ming yillikning o’rtalariga to’g’ri keladi. Rivojlanish jarayoni Kushon davriga to’g’ri kelib, bu davlat inqirozga yuz tutish bilan shahar ham yemirila boshlaydi. Qazib olinga bino ichida I asrda qurilgan, unchalik katta bo’lmagan saroy alohida qiziqish uyg’otadi. Saroyda devoriy rasmlar yaxshi saqlanib qolmagan. Insonning yuzi va yomon saqlangan qomati, gullar tasviri bor holos. Lekin saroydagi badiiy madaniyat namunalari ko’plab topilgan. Haykalllar loydan ishlanib ustki qismi bo’yalgan. Haykallardan eng kattasi 2 metrga yaqin bo’lib, kichik haykallardan o’nlab topilgan. Bu san’at asarlarida podsho geray avlodlari tasvirlangan (haykallar tangalardagi tasvirlar bilan solishtirilgan). Markazda taxtlarda o’tirgan podsho va uning xotini, ularning o’ng va chap tomonlarida podsho oilasi a’zalari, xotinlar va erkaklar, shuningdek mahalliy zodagorlar va Gerakl hamdaAfisha haykallari joylashgan. Termiz-Dushanba katta yo’lining o’ng tomonidan katta maydon bo’lib u yerga tabiat va vaqt ta’sirida yemirilib ttepalikkaaylangan qo’rg’on bor. SHaharning mustahkam devorlar, hokim saroyining xarobalari, imoratlar qoldiqlari-bular yirik Kushon shahri qoldiqlaridir. Bu Dalvarzin ko’hna shahari bo’lib, u Kushon davlatining dastlabki poytaxti bo’lgan degan fikrlar ham mavjud. 1972 yilgi qazishmalar paytida bu yerdan umumiy og’irligi 30 kg. dan ortiq tilla buyumlar xazinasi topilgan. Bu xazinada hammasi bo’lib 115 ta bilakuzuk, xalqalar, to’g’alar, bo’yin taqinchoqlari, oltin qo’ymalan bor edi. Dalvarzin ko’hna shahidan uncha uzoq bo’lmagan joydan juda qiziq va o’ziga xos qabr topildi. Bu qabrdagi ko’mish an’analari buddiylardan farq qilgan holda, ba’zi hollarda Markaziy Osiyo an’analariga ham o’xshamaydi. Sag’analarda uch xildagi dafn mavjud bo’lib, ulardan ohirgisi mil. av. I-III asrlardagi zardushtiylarning dafn an’analariga to’g’ri keladi. Dalvarzin sag’anasi qabrlari o’ziga xos go’zalligi bilan, dafn marosimi inshootining barcha me’morlik o’xshashliklari bilan zardushtiylik dafn marosimlariga mo’ljallangan bo’lib, “zardushtiylik dunyosi” maydonidagi eng qadimgi dafn etish joyidir. To’g’ri, Xorazmda ham bu davrga oid ehtimol bu davrdan ham ilgarirooq davrlarga oid qabrlar topilgan, lekin ular dahmalar emas, ularda inson suyaklari sopol astodonlarda ko’milgan. Milodning I asrlariga oid astodon qo’yilgan sag’analar Mavr va Marg’iyonadan topilgan, Xuddi shu tarzdagi qabrlar Eron arxeologlari topilmalarida ham uchrab, ular ham mil. av I asrlarga oiddir. Dalvarzin dahmasi noyob me’morlik inshooti, o’ziga xos bo’lib, gumbaz shaklidagi hujra, nafis terilgan peshtoqli kirish joyi bilan kushon davri Shimoliy Baqtriya me’morlik san’atini aks ettiruvchi inshoatdir. Download 328.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling