3-Modul: O’zbek davlatchiligining shakllanishi va dastlabki taraqqiyot bosqichlari


O’zbek xalqining etnogenezi. “O’zbek” atamasi


Download 328.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/11
Sana09.01.2022
Hajmi328.04 Kb.
#262375
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
3-мавзу

6. O’zbek xalqining etnogenezi. “O’zbek” atamasi.  

7.  O’zbekistonning  milliy  mustaqillik  davridagi  etnik  holati  va  bu  sohadagi 

o’zgarishlar. 

 

1. Davlat tuzilmalarining shakllanish shart-sharoitlari va omillari. 

O’rta  Osiyoda  davlatchilik  eramizdan  oldingi  IX-VIII  asrlarda  vujudga  keladi. 

Davlatning  vujudga  kelishiga  sabab,  dehqonchilik  bilan  chorvachilikning  rivojlanishi 

bo’ldi. Qadimgi, ya’ni ilk davlatlar mayda xududiy birlik, “madaniy xo’jalik tumanlari” 

sifatida bo’lib, ularning maydonlari 5-10 km

2

 bo’lib, ular asosan dehqonchilik qilinadigan 



oazislarni  o’z  ichiga  olgan  odatda  bu  davlatlar  tarkibigaaholi  yashaydigan  joylar, 

sug’oriladigan yerlar, sug’orish sistemalari hamda yaylovlar kirgan. 

Davlatlarning  asosiy  vazifasi  etib  irrigatsiya  ob’ektlarini  qurish  va  ulardan 

foydalanishni  ta’minlash,  mamlakat  ichida  iqtisodiy  va  madaniy  aloqalarni 

mustahkamlash,  qo’shni  davlatlar  va  xalqlar  bilan  aloqalarni  doimiy  mustaxkamlab 

aholidan o’lponlar va soliqlar yig’ish qo’shinlarni talash maqsadida urushlar olib borgan, 

o’z chegeralarini tashqi dushmanlardan himoya qilish belgilangan edi. Xullas, yurtimizda 

tashkil bo’lgan qadimgi davlatlar vazifasini quyidagicha edi: 

1. Jamoatchilik (boshqarish) faoliyati  

2. Sotsial- iqtisodiy (xo’jalik) faoliyati  

3. Harbiy (mudofaa) faoliyati  

4. G’oyaviy (diniy) faoliyati  

Tadqiqotchilarning  fikrlariga  qaraganda,  ilk  shaharlarning  paydo  bo’lishi  dastlabki 

davlatchilik shakllanishishida eng muhim va asosiy omil bo’lib, bu ikkala jarayon uzviy 

bog’liq holda kechgan. 

Ma’lumki,  mil.  avv.  II  ming  yillikka  kelib  qadimgi  O’zbekistonning  dehqonchilik 

vohalarida  o’troq  qabilalar rivojlanib, aholining joylashuv tizimi shakllanadi.  Aholining 

alohida joylashuv manzilgohlarida ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar-o’troq dehqonchilikning 

rivojlanshi, aholi zichligining yuqori darajasi, hunarmandchilikning taraqqiy etish, ijtimoiy 

tabaqalanish va boshqaruv tizimining murakkablashib borishi, o’zaro almashinuv, savdo-

sotiq  va  madaniy  aloqalarning  kuchayishi  hamda  harbiy–siyosiy  vaziyat  O’zbekiston 

hududlarida dastlabki shaharlarining paydo bo’lishida asosiy omillardan hisoblanadi. 

Jamiyat  hayotida  sodir  bo’lan  ijtimoiy-iqtisodiy  o’zgarishlar  mil  avv.  III  ming 

yillikning  ohiri  –  II  ming  yillikning  boshlariga  kelib,  O’rta  Osiyo  hududlarida  dastlabki 

shaharlarining paydo bo’lishiga olib keladi. Shahar madaniyatining shakllanishi ham huddi 

jamiyat  taraqqiyotida  bo’lgani  kabi  uzluksiz  taraqqiyot  yo’li  bilan  rivojlangan.  Bu 




qonuniyatga  ko’ra  shaharsozlik  madaniyatining  shakllanishi,  uzoq  bosqichma-bosqich 

davrlarni bosib o’tgan. Mil avv. II ming yillikka oid O’rta Osiyodagi Jarqo’ton, Sopolli, 

Dashli, Gonur, Namozgoh, Oltintepa, Ulug’tepa kabilarda ilk shaharsozlik madaniyatining 

shakllanishi va rivojlanishi uchun quyidagi olimlar muhim ahamiyatga ega bo’ldi:  

 

Aholining o’troq dehqonchilikka o’tishi va keng vohalar bo’ylab yoyilishi; 



  Hunurmandchilikning rivojlanishi va ayrim sohalariga ixtisoslashishi

 

Qadimgi savdo  yo’llarining rivojlanishi natijasida  iqtisodiy va  madaniy  aloqalar 



hamda savdo-sotiqning taraqqiy etishi; 

  Tabiiy-geografik hamda harbiy-strategik shart-sharoitlar. 



Shahar  madaniyati  dastavval  O’zbekistonning  janubida,  Surxondaryo  hududida 

shakllandi,  so’ngra  esa  shimolga  So’g’d  (Qashqadaryo,  Samarqand,  Buxoro),  Xorazm, 

Shosh  va  Farg’ona  hududlariga  tarqaldi.  Bu-aynan  yurtlar  va  xalqlar  taraqqiyotidagi 

notekislik kabi tarixiy qonuniyaga zid emas. 

Ko’p  sonli  arxelogogik  topilmalarning  dalolat  berishicha,  O’zbekistondagi  ayrim 

ko’hna shaharlarning yoshi 2700-3000 yildan kam emas. Ularga Afrosiyob (Samarqand), 

Qiziltepa  (Surxondaryo),  Uzunqir,  Yerqo’rg’on  (Qashqadaryo)  kabilar  kiradi.  Qadimgi 

shaharlar-tarixiy  rivojlanishdagi  urbanistik  jarayonda  muhim  ahamiyatga  ega  bo’lgan 

jamiyat taraqiyotining ijtimoiy asos xisoblanadi.  

Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, sun’iy sug’orishgaasoslangan dehqonchilik 

O’rta Osiyo xo’jaligining asosi hisoblanib, bu jarayon janubiy Turkmaniston, Tojikiston 

va O’zbekistonning janubida bronza (mil. avv. III- II yilliklar) davrida, Toshkent vohasi 

va  uning  atroflarida  esa  ilk  temir  (III-IV  asrlar)  davrida  shakllanib  rivojlandi.  O’rta 

Osiyoda  ilk  davlat  uyushmalari  sun’iy  sug’orish  birmuncha  qulay  bo’lgan  Amudaryo 

(yuqori, quyi, o’rta)  oqimlari bo’ylarida,  Murg’ob vohasida, Zarafshon va Qashqadaryo 

vohalarida shakllanib rivojlanadi. Bunday holatni dunyo tarixidagi dastlabki davlatlar-Misr 

(Nil) va Mesopotamiya (Dajla va Frot) misolida ham kuzatish mumkin. 

Hozirgi kunga kelib, O’rta Osiyoning juda ko’plab bronza va ilk temir davriga oid 

yodgorliklaridan  (Sopolli,  Jarqo’ton,  Anov,  Qiziltepa,  Qo’zaliqir,  Afrosiyob,  CHust, 

Dalvarzin, Daratepa va boshq.) ishlab chiqaruvchi xo’jalik bilan bevosita bog’liq bo’lgan 

metall qurollar topib  o’rganilgan. Metall qurollarining mehnat qurollari sifatida jamiyat 

keng  yoyilish  mehnat  unumdorligining  yanada  yuksalishi  uchun  o’lkan  imkoniyatlar 

yaratib, bu jarayon davlatchilik paydo bo’lishini yanada tezlashtirdi. 

So’nggi bronza davriga kelib kulolchilik charxining ishlatila boshlanishi natijasida 

Sopolli,  Oltintepa,  Gonur,  Jarqo’rg’on  kabilarda  kulolchilik  mahallalari  paydo  bo’ladi. 

SHuningdek,  xunarmandchilikning  toshga,  metallga,  yog’ochga,  suyakka  ishlov  berish 

turlari ham keng tarqaladi. Hunarmandchilikning ixtisoslashuvi, alohida xo’jalik tarmog’i 

sifatida shakllanib rivojlanishi jamiyatdagi iqtisodiy taraqqiyot uchun muhim ahamiyatga 

ega  bo’lib  davlatchilik  paydo  bo’lishi  uchun  muhim  bo’lgan  qo’shimcha  mahsulot 

ko’payishiga turki bo’ldi.  

O’rta  Osiyo  hududlarida  yashagan  aholi  qadimgi  davrlardan  boshlab  o’zaro 

munosabatlarini  rivojlantirib  kelganlar.  Bronza  davriga  kelib,  shimoldagi  ko’chmanchi 

chorvador  qabilalar  va  janubdagi  o’troq  dehqonchilik  aholisi  o’rtasida  o’zaro  mol 

ayriboshlash va madaniy aloqalar yanadajadallashdi. Bu o’rinda o’sha davrda shakllanib 

keyinchalik yanada rivojlangan qadimgi yo’llarning ahamiyati beqiyos bo’ldi. Bu yo’llar 

orqali O’rta Osiyo qadimgi aholisi mintaqadan tashqari qo’shni davlatlar Mesopotamiya, 

Misr, Hindiston, Eron, Afg’oniston kabilar bilan turli aloqalar rivojlantirilgan. 

 




Download 328.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling