3-Modul: O’zbek davlatchiligining shakllanishi va dastlabki taraqqiyot bosqichlari
O’rta Osiyoda dastlabki davlatlarning paydo bo’lishi. Qadimgi Baqtriya
Download 328.04 Kb. Pdf ko'rish
|
3-мавзу
2.O’rta Osiyoda dastlabki davlatlarning paydo bo’lishi. Qadimgi Baqtriya,
Xorazm, Qadimgi So’g’d. Bronza davriga kelib aholi ishlab chiqarishning ma’lum bir sohalariga–dehqonchilik, chorvachilik va xunarmandchilikka ixtisoslashib bordi. Bu jarayon ishlab chiqaruvchi kuchlarning o’sishi va ularning bir yerga to’planishi uchun zamin yaratadi. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning o’sishi o’z navbatida mahsulot hajmining o’sib, qo’shimcha mahsulot paydo bo’lishiga sabab bo’ldi. Demak, qadimgi xo’jalikning ixtisoslashuvi, sug’orma dehqonchilikning rivojlanishi, metallning hayotga jadallik bilan kirib kelishi va yoyilishi, hunarmandchilikka turli tarmoqlarning rivojlanishi, o’zaro ayirboshlash va savdo-sotiq taraqqiy etish natijasida jamiyat hayotida ijtimoiy-iqtisodiy yuksalish kuzatiladi. Bu yuksalish ilk davlatchilikning asosiy poydevori hisoblanadi. O’rta Osiyoning janubida joylashgan o’nlab yangi tipdagi voha-davlatlar so’nggi bronza va ilk temir davrida (ITD 1) ba’zan yirik siyosiy birlashmalar-podsholikklarga birlashar edilar. O’rta Osiyo janubida bular Baqtriya, Marg’iyona va “Katta Xorazm” edi. “Avesto”da O’rta Osiyodagi, shu jumladan, O’zbekistondagi ko’plab jug’rofiy nomlar va xalqlarning nomlari tilga olinadi. Unda shunday deydilar: “eng yaxshi yerlar va mamlakatlarning birinchi qilib, men Axura, Mazda, Ar’yanem Vaychaxni yaratdim... Yaxshilarning ikkinchisi so’g’dlar yashaydigan Gava... yaxshilarning uchinchisi.. Mauru (Mavr)... yaxshilarning to’rtinchisi.. Bahdi (Baqtriya)... Beshinchisi mamlakat-Nisoya (Niso)... ” va hokazo. Hammasi bo’lib “Avesto”da 16 ta mamlakat sanab o’tiladi, ular orasidaAr’yaem Vaychax, Sug’d (Gova), Baqtriya va Marg’iyondaaniq lokalizatsiyaga egadir. “Ar’nem Vaychax” - “ariy kengliklari” degan ma’noni anglatadi. Ko’p tadqiqotchilar uni Xorazm deb tushunadilar. Lekin tadqiqotchilar uni Xorazm deb tushunadilar. Lekin boshqacha nuqtai nazar ham bor. Masalan, I.M.D’yakonovning fikricha “oriylar kengliklari” bu o’rinda bir mamlakat yoki viloyat tushunchasidan ko’ra kengroq ma’noda qo’llagan va butun O’rta Osiyoda dastlabki yirik davlat birlashmalaridan biri Qadimgi Baqtriya podsholigi edi. “Avesto”da Baqtriiya “Go’zal, tug’lari yuksak ko’tarilgan” deb tasvirlanadi. “Avesto”da olingan mamlakatlardan yoki markazlardan biri Bahdi deb ataladi, o’sha yerda “araxtra” atamasi ham uchraydi, ehtimol, bu “baxtar” atamasiga mos kelsa kerak. Baqtriya haqidagi eng qadimgi ma’lumotlar ahmoniylar bitiklarida, xususan, dunyoga mashhur Naqshi Rustamdagi Behistun qoyasida uchraydi. Perespolda Baqtriyaliklar 15 joyda idish ko’targan holda va ikki o’rkachli Baqtriya tuyalari bilan tasvirlangan. Baqtriya mustaqil satraplik sifatidaAxmoniylar imperiyasining iqtisodiy va madaniy hayotida muhim rol o’ynagan. U haqidagi eng hilma-hil ma’lumotlar qadimgi yunon tarixchilari-Geradot, Ktisey, Strabon, Diodot, Pliniy, Arrian, Kvint Kurtsiy Ruf, Skilat va boshqalarning asarlari mavjud bo’lib ular mazkur mamlakatning qadimiyligi va madaniyatining yuksak saviyasini ta’kidlaydilar. Masalan, Ktisey Ossuriya podshosi Ninaning Baqtriyaga qilgan yurishi Baqtriya podshosi Oksiart va uning xazinasi haqida xabar beradi. Ktisey tomonidan tasvirlangan xalqlar orasida baqtriyaliklar birinchilardan bo’lib tilga olinadi. Baqtriyalik o’zini esa Sharqqa joylashtiradi.: G’arb tomonidan Baqtriya “tekisligiga” boradigan yo’lni “tog’lar” to’sib turadilar, ularni faqat “dovonlar” orqali o’tib boriladi. Baqtriya Tnaisdan Xind daryosigacha cho’zilgan, Tanis uni Yevropadan ajratib turadi, Hind daryosi esa - Hindistondan. Gerodot “Tarix” asarida Ahamoniylar imperiyasi tarkibiga kirgan 20 satraplik va 70 xalqlarning ro’yxatini keltiradi. Ular orasidaAmudaryo qirg’oqlarida joylashgan mamlakat – Baqtriya va baqtriyaliklar bor.
“Baqtriya” nomi Esxillning eramizgacha bo’lgan 472 yilda sahnaga qo’yilgan “Forslar” tragediyasida hamda Gekatey, Skilak asarlarida uchraydi. Strabon Baqtriyani Ariananing javohiri sifatida ta’riflaydi. Baqtriyaliklarga esa ko’plab mualliflar “ko’p sonli”, “jangovor”, va “botir” xalq sifatida bir xil tavsif beradilar. Mamlakatda mustahkamligi sababli “zabt etib bulmaydigan” ko’plab joylar, shu jumladan, poytaxt Baqtra (Balx) bor edi. Geradot ahamoniylar podshosi Kir Midiyaning bo’ysundirgandan so’ng uning yo’li ustida Vavilon, Baqtriya xalqi, saklar-massagetlar konfederatsiyasi Misr yoki Bobil singari eng yirik davlatlar bilan bir qatorda turgan. Aftidan, Baqtriya tarkibiga, bir muncha vaqt Marg’iyona Sug’d va hatto Areya ham kirgan va bu arxeologik topilmalar tomonidan tasdiqlangan. So’nggi yillarda Markaziy Osiyoning janubida olib borilgan arxeologik qazishmalar natijasida Qadimgi Baqtriya hududidan o’ttizdan ziyod Ahamoniylar davriga oid manzilgohlar ochilgan. Ularning har birida o’zlashtirilgan maydonlar va sug’orish tartibidan tashqari turar joylar va xo’jalik xonalari, mehnat va harbiy qurollar, kulolchilik buyumlarining qoldiqlari mavjud edi. Qadimgi Baqtriya aholisining asosiy mashg’uloti dehqonchilik edi. Kuchuktepa, Qiziltepa, Qizilcha, Bandixon, manzilgohidan ko’plab mehnat qurollari-o’roqlar, yorug’choq va dehqonchilik dalolat berib, dehqonchilik asosan sun’iy sug’orishga asoslanganligini ko’rsatadi. Baqtriyaning poytaxti qadimgi Baqtra (hozirgi Balx) shahrida qazish ishlari olib borilib, u yerdan topilgan kulolchilik buyumlari ko’xna shahar eng qadimgi qatlamlari miloddan avvalgi 1 ming yillikning o’rtalariga oid ekanligidan dalolat beradi. Juda ko’p o’troq manzilgohlari va ulardagi topilmalar viloyatdaaholi kulolchilik, temirchilik, bronza quyish, to’qimachilik, shuningdek sug’orma dehqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullanganligidan dalolat beradi. Xuddi shu davrda O’rta Osiyo hududida mavjud bo’lgan davlat qadimgi Xorazm davlatidir. Bu davlatning hududi haqida 2 ta nazariya mavjud: Kichik Xorazm. Uning hududi S.P.Tolstov fikricha Amudaryoning o’rta oqimida to Orol dengizgacha bo’lgan yerlardan iborat (ya’ni hozirgi Xorazm viloyati yerlari). Katta Xorazm – Amudaryoning quyi oqimi bo’yidagi hamda Murg’ob daryosi bo’yidagi yerlar, shuningdek, Parfiya podsholigi (hozirgi Turkmaniston) yerlari. Katta Xorazm davlati uning hududlari haqida Geradot ma’lumot beradi: “Osiyodahamma tomoni tog’lar bilan o’ralgan tekislik bor. Bir vaqtlari bu tekislik Xorazmiylarga qaragan” Shuning bilan birga Geradot sharqiy Eron qabilalarini birlashtirgan katta davlat uyushmasi- “Katta Xorazm haqida taxmin qiladi”. “Katta Xorazm” davlati Xorazmning o’zini hududigina o’z ichiga olmasdan uning markazi Marv va Hirotgacha cho’zilgan bo’lgan. Hali Geradotgacha ham “Katta Xorazm” to’g’risida ma’lumot bergan yana bir grek muarrixi, bu Gretsiyaning Mulet shahridan bo’lgan Gekateydir (eramizdan oldingi 500 yillarga yaqin). U ham bir qismi Parfiyaliklardan Sharqiy tomondagi tekisliklardir, ikkinchi qismi tog’li yerlardan yashagan Xorazmiylar to’g’risida eslatib o’tadi. Xorazmliklar o’zlarining zargarlik, kulolchilik, qurolsizlik, qiruvchilik hunarlari bilan mashhur bo’lganlar. Shuningdek, ular ustasi farang dexqonlar bo’lishgan. Xorazm shaharlarida savdo-sotiq rivojlangan bo’ldi. “Xorazm” so’zi va xorazmliklar to’g’risida ilk yozma manbalar, qadimgi yunon tarixchilari miletlik gekatiy (eradan oldingi VII asrning ohiri-VI asrning boshlarida yashab o’tgan) va “tarixning otasi” deb nom qozongan Gerodot (eradan oldingi V asrlarda) asarlarida ilk bor uchraydi. Bu tarixchilarning guvohi berishicha, o’rta va quyi Amudaryo mintaqasida beshta yirik qabilalardan iborat qabilalar ittifoqi mavjud bo’lgan, bu qabilalar derbiklar, saqoravaglar, xorasmiya, xaumvaraga, saki va sian qabilalari deb atalib, ittifoqning markazida o’rtoqlashgan madaniyatga ega bo’lgan xorasmiya qabilasi turgan. Atoqli olim S.P.Tolstov “Xorazm-Xvari-zamin-Xvarri qabilasining yeri, degan ma’noni bildiradi deydi. B.Grekov “Xorazm” so’zi ikki qismga bo’ladi: “hur-zamin, xur- hurshid-oftob-quyosh, zamin-er, ya’ni “Xorazm” quyosh o’lkasi degan ma’noni beriladi, deydi. Olim shu mulohazasini tasdiqlash uchun “Xuroson” so’zini ham ikkigaajratib, xur- oson kun chiqadigan tomon, ya’ni sharq degan ma’noni bildiradi, deydi. Xorazm so’zining asl ma’nosini tushuntirishga, uning qadimiy madaniyatini yoritishga mashhur arab sayyohi Yoqut Hamaviy va buyuk sharqshunos olim V.V. Bartold ham harakat qilganlar. Yoqut Hamaviy o’zining o’lmas asari “Ma’jam al-buldon” (“Mamlakatlar lug’ati”) asariga Xorazm va uning shahar, qishloqlari haqida o’z davriga nisbatan to’liq va qimmatli ma’lumotlar beradi. Jumladan, “Xorazm” so’zi haqida bunday deydi: “Xorazm bu muayyan bir shaharning nomi emas, balki o’lka nomidir. Uning katta shahari al-Jurjoniya deb ataladi” Yoqut Hamaviyning bu fikridan “Xorazm” so’zi ma’lum hudud nomi bilan bog’liq, degan fikriga kelish mumkin. Shuningdek “Xorazm” so’zining kelib chiqishi tarixi va mazmuni haqida gap ketganda shuni qayd etish zarurki, bu masalada Eron tillarining ham ta’sirii bo’lganligi ehtimoldan uzoq emas. Akademik V.V. Bartol’d o’z ijodida O’rta Osiyo xalqlarining tarixini, jumladan, Xorazm tarixini o’rganishga salmoqli o’rin bergan. U Xorazm so’zining etimologiyasi haqida fikr yuritib, shunday deydi: “Beruniy keltirgan kalendar terminlar, bayram nomlari va boshqalar bir vaqtlar Xorazmda Eron dialektida gaplashilgani haqida ba’zi bir tasavvurlar beradi. Masalan, “Gau xovara” so’zi Gau-sigir, Xovara-em, yemish ma’nosida keladi”. Bu fikrlardan qaysi biri haqiqiy ekanini aytish keyin albbatta qadimgi Xorazm tarixini yoritishga yirik o’zbek arxeolog olimlardan akademik Yahyo G’ulomovich G’ulomov samarali hissa qo’shgan. U o’zining “Xorazmning sug’orilish tarixi” asarida miloddan avvalgi birinchi ming yillikning ikkinchi choragida Xorazmda katta suv inshoatlari qurilib, shaharlar hayoti barq urgani va mustaqil Xorazm davlati gullab-yashnagani haqida yozadi. O’tmishdagi ko’pgina tarixchilar Xorazmda istehkomlari bor shaharlar mavjud bo’lganligi to’g’risida ma’lumot beradilar. Xususan tarixiy manbalarda Xorazmning qadimy poytaxti Kot (xozirgi Beruniy shahri), Gurganj (Ko’hna Urganch), Xiva, Hazorasp va boshqa shaharlar haqida ma’lumotlar bor. Arxelogik qazishmalar jarayonida Xorazm hududida topilgan va o’z hajmi, ishlanish san’ati bilan kishini hayratga soluvchi qal’alar, saroylar va boshqa inshootlarning juda ko’p xarobalari bu ma’lumotlarni yana bir qarra tasdiqlaydi. Xorazm hududida olib borilgan arxeologik qazishmalar va tarixiy manbalar shundan dalolat beradiki, bu qadimiy tuproqda kishilar ancha ilgari o’troq hayotga o’rganib, davlat barpo qilganlar. Yuqorida eslatilgan viloyatlardan tashqari Sug’diyona (Qashqadaryo va Zarafshon vohalari), Marg’iyona (Murg’ob daryosi vohasi) kabi yirik davlat uyushmalari ham bor edi. Bu viloyatlarning aholisi o’troq hayot kechirib dehqonchilik, uy chorvachiligi va hunarmandchilik bilan shug’ullangan. Markaziy Osiyoda eng qadimgi davlat uyushmalarining paydo bo’lishi juda muhim masaladir. Davlat tuzimi vujudga kelishini yoritib beradigan asosiy yozma manba “Avesto” va qadimgi dunyo mualliflari qoldirgan ma’lumotlardir. Miloddan avvalgi VI—IV asarlarda eronchilik So’g’uda deb atalgan davlat haqida fors podsholari yozuvlari, yunon-rim tarixchilarning asarlari ma’lumotlar beradi. Ahmoniylar davrida So’g’diyonada (Zarafshon va Qashqadaryo vohalari) ko’plab shahar va qishloqlar bo’lib, ular fors podsholariga katta-katta soliqlar to’lab turardilar. Arxeologik tadqiqotlar natijasida Zarafshon va Qashqadaryo vohalaridan miloddan avvalgi VI—IV asrlarga oid Uzunqir, Yerqo’rg’on, Daratepa, Sangirtepa, Lolazor, Xo’jabo’ston, Afrosiyob, Qorovultepa, Qo’rg’oncha kabi 50 dan ziyod ko’hna shahar shahar va manzilgohlar ochib o’rganilgan. So’g’diyonaning poytaxti bo’lgan Afrosiyob (Samarqand) ko’hna shahri XX asrning 40-yillarridayoq ochilgan edi. Afrosiyobda miloddan avvalgi I ming yillik o’rtalaridaaholi yashaganligining izlari juda ko’p. Ko’hna shahar aholisi asosan xunarmandchilik va savdo- sotiq bilan shug’ullangan. Afrosiyob atrofidagi aholi dehqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullangan, dushman hujum qilgan paytlarda ular chorva mollarini va mol-mulklarni qal’a ichida saqlaganlar. Afrosiyob shahar hayotning rivojlanishi Sug’diyona va butun Markaziy Osiyodagi siyosiy va iqtisodiy hayotning yuksalishi va inqirozi bilan muvofiq tarzda kechgan, chunki Samarqand o’sha davr mamlakatlari o’rtasidagi aloqalarning muhim markazi edi. Samarqand jahon savdo va madaniy markazlaridan biri sifatida o’z mavqeini to’la darajada, lekin uzilishlar bilan o’rtaasrlarda ham saqlab qoldi. Sug’diyonaning “ikkinchi poytaxti” bo’lgan Yerqo’rg’on (Qashqadaryo) tadqiqotlari dastlab M.E.Masson tomonidan boshlanib, keyinchalik uning shogirdlari tomonidan davom ettiriladi. Miloddan avvalgi VI—IV asrlarda umumiy maydoni 40 gektarga yaqin bo’lgan ma’muriy markaz Yerqo’rg’onni ko’pchilik tadqiqotchilar Yunon-rim tarixchilari tomonidan eslatilgan Ksenippa viloyatining markaziy shahri deb xisoblaydilar. Yerqo’rg’on ko’hna shahridan topilgan moddiy madaniyat buyumlari aholining dehqonchilik, hunarmandchilik va chorvachilik bilan shug’ullanganidan dalolat beradi. So’g’diyona hayotida dehqonchilik kattaahamiyat ega edi. Shunisi muhimki, dehqonchilik sun’iy sug’orishgaasoslangan bo’lib bu haqda yozma manbalardan ma’lumotlar olishimiz mumkin. Strabonning yozishicha, Politimen (Zarafshon) daryosi vohadagi eng katta suv manbai bo’lib, sug’oriladigan yerlarga kanallar orqali suv chiqarilgan. Qishloqlarning rivojlanishi natijasida shahar ko’rinishidagi manzilgohlar va shaharlar paydo bo’la boradi. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, Afrosiyob, Yerqo’rg’on, Xo’ja-Bo’ston, Uzunqir So’g’diyonadagi asosiy markazlar bo’lib, bu ko’hna shaharlarda hunarmandchilik va savdo-sotiq ayniqsa rivojlanib borgan.
Download 328.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling