2-mavzu: Transformatorlar
Reja
1. Transformatorlarning ish holatlari: salt ishlash holati. Salt ishlash toki.
2. Uch fazali transformatorning fazifasi va qo‘llanish sohalari.
3. O‘zgarmas tok elektr mashinalari
4. O‘z- o‘zidan uyg‘otishli generatorlar
5. Asinxron mashinalar
6. Asinxron mashinani ishga tushirish
7. Sinxron mashinalar.
8. Sinxron geniratorining tavsiflari va elektromagnit quvvati.
Elektr energiyani elektrostansiyadan uzoqda joylashgan iste’molchilarga
uzatishda tarmoq
ishlaridagi isroflar xamda elektr uzatish tarmoqlari qurilishiga ketadigan
xarajatlarni kamaytirish
uchun kuchlanish bir necha yuz ming voltga oshiriladi.
Iste’mol qilinadigan joy ( axoli yashash joylar, sanoat va qishloq xo‘jalik korxonalari)larda
esa yuqori kuchlanish iste’molchilar kuchlanishi (380,220,127 V) ga qadar pasaytiriladi.
Kuchlanish transformatorlar yordamida kuchaytiriladi va pasaytiriladi.
Oddiy bir fazali transformator (1-rasm) elektrotexnik po‘lat listlardan yig‘ilgan o‘zakdan
iborat bo‘lib unga bir-biridan va o‘zakdan izolyasiyalangan ikkita chulg‘am o‘ralgan. Tok
manbaiga ulangan 1-cho‘lg‘am
birlamchi,iste’molchiga ulangan chulg‘am
ikkilamchi deb
ataladi.
1-rasm. Birfazalitransformatorni elektromagnitsxemasi:
1-birlamchi chulg‘am; 2-o‘zak; 3-ikkilamchi chulg‘am; 4-iste’molchi ( yuklama)
Transformatorni ishlash prinsipi elektromagnit induksiyasi xodisasiga asoslangan.
Birlamchi cho‘lg‘amdan o‘zgaruvchan tok oqganda uzakda o‘zgaruvchan magnit oqimi F xosil
bo‘lib ikkala chulg‘amlarni kesib o‘tadi va ularda EYUK lar (o‘z induksiya E
1
va o‘zaroinduksiya
E
2
ni induksiyalaydi.Ma’lum chastota va o‘zgarmas magnit oqimida
EYUK qiymatlari xar bir
chulg‘amda ularni chulg‘amlar soniga bog‘liq bo‘ladi.
Birlamchi chulg‘amdagi EYUK ni ikkilamchi chulg‘amdagi
EYUKka nisbati ular
chulg‘amlari soni nisbatiga teng bo‘lib
transformatsiyalashkoeffitsienti deb ataladi: